Mavzu: Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari
Darsning maqsadi
Ta’limiy-o’quvchilarga uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: o’quvchilarga ta’mirlashda asosiy ish asboblaridan foydalanish va ularning turlarini o’rganish
Rivojlantiruvchi: ish asboblari va ulardan foydalanish, turlari haqida misollar asosida ko’rsatish.
Darsning metodi: Klsater, guruhlarda ishlash
Darsning jihozi: mehnat ta’limi darsligi, tarqatma materiallar, asbob uskunalar, materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
c) Darsga tayyorgarligini tekshirish
III. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
O’tilgan mavzu bo’yicha qisqa savol va kartochkalar orqali javoblar olib borish
IV.Yangi mavzu bayoni:
Uy va xonadonlarni ta’mirlashda ko’p mehnat va sarf-xarajat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shu sababli, bu kabi tadbirni boshlashda ta’mirlashning aynan qaysi turiga ehtiyoj mavjudligi aniq baholab olinishi lozim. Hozirda ta’mirlashning kosmetik, capital, elita turlari mavjud.
Ta’mirlash turiga qarab biz ish asboblarini tayyorlab qo’yishimiz kerak. Alohida aniqlik talab qilmaydigan o’lchash ishlarida yig’ma va rulet metrlardan foydalanish mumkin. O’lchashda metrning to’liq ochilganligi, zarur uzunlikka ega ekanligi hamda tarang tortilganligiga e’tibor qaratish lozim.
Nisbatan aniqroq o’lchashlar uchun shtangensirkuldan foydalaniladi. Xonadonni ta’mirlashda uning yordami bilan bir necha millimetrdan bir necha ditsemetrgacha o’lchamdagi teshiklar dimaetri, detallar qalinligini o’lchash mumkin.
Qurilish sanoatining rivojlanib borishi natijasida yog’och, tosh va g’isht kabi ana’naviy qurilish materiallari qatoriga beton, po’lat, shisha va plastmassa kabi ashyolar qo’shilib bordi. Uning uchun bu kabi materiallarga ishlov berish yangi zamonaviy uskunalar, asboblarni talab etadi. Bularning qatorida
-Drellar, elektrodlar, perfaratorlar, elektroronodlar, elektroarralar, silliqlash mashinalari mavjud.
Elektrodril – duradgorlik, metalga ishlov berish ishlarini bajaradi.
Elektroranda-elektr dviagtel yordamida aylanib ikki yoki to’rt pichoqdan iborat.
Pereforator- zarba mashinasi, zarba bilan birga ish asbobining aylanishini ta’minlab beradi.
Silliqlash mashinasi- yog’och, metal, plastmassa, tosh, shisha kabi buyum yuzlarini silliqlash uchun va polirobka qilishga mo’ljallangan va uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarida keng qo’llaniladi. Bu asboblar bilan ishlaganda texnik havfsizlikka rioya qilish talab etadi.
V. Dars yakuni:
VI. Yangi mavzuni mustahkamlash
Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qanday o’lchash asboblar ishlatiladi?
Qurilish san’oatining rivojlanib borish natijasida qanday materiallar ishlatiladi?
Zamonaviy ish asboblarini aytib bering?
VII. Uyga vazifa: O’tilgan mavzu bo’yicha puxta ma’lumotlarga ega bo’lsih.
VIII. O’quvchilarni baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |