2. Ko’p qavatli turar joy binolarining turlari
Ko‟p qavatli turar joy binolari qurilishida ayniqsa ko‟p tavsiya etiladiganlari
sektsiyali,galereya-sektsiyali turkumdir.Bu turkum universal bo‟lib, ko‟p xonali va
kam xonali xonadonlarni to‟liq
yechishga, iqtisodiy tomondan ham yutish
mumkin. Ko‟p qavatli uylarning uzunligi ko‟p masofani egallashi bilan birga
anchagina joyga o‟z
soyasi bilan xalaqit beradi, shuning uchun uzunligini
kamaytirishga to‟g‟ri keladi. Bularni etiborga olsak, bitta sektsiyali uy ko‟proq
to‟g‟ri keladi.Bir-ikki sektsiyali uylar o‟timal variant hisoblanadi. Bu tipdagi uylar
dahalarni har xil ko‟rinishga olib keladi va dahalarda kam qavatli uylar va o‟rta
qavatli uylar orasida joylashtiriladi.
Erdan bog‟liqligi uzilishi tufayli bunday uylardagi
yozgi xonalarga katta
ehtibor berish talab etiladi, yahni ularni maydoni ancha katta bo‟lishi shart.
SHaxsiy yozgi xonalardan tashqari umumiy yozgi xonalar bo‟lishi kerak. Ularning
maydonlarini ko‟paytirib har xil gullar bilan ko‟kalamzorlashtirish kichik
bog‟chalar
hosil qilish kerak, ikki balandlik ayvonlar, yahni ular ikki qavatli
balandlikka ega bo‟lib, hovlilar bo‟lishi mumkin. Ularning ko‟kalamzorlashtirishni
afzalligi
shundan iboratki, ular xonadonni ko‟chadan to‟sib turadi. Yana har xil
chang va tovushlardan asrab turadi. Tekis tom ustidagi ochiq maydonlar umumiy
maydonlarga
aylanib qolishi mumkin, bundan tashqari shu uyda yashovchi
kishilarning dam oladigan joyiga aylanadi.
Tekis tomlarni ko‟kalamzorlashtirish tomlarni yozda isib ketishdan saqlaydi
va xonadonlarning havosini ancha pasaytiradi. Ko‟p
qavatli uylarda kelajak
dasturida ochiq qavatlar yoki umumiy foydalanish uchun har xil maqsadni ko‟zlab,
uyning bir tarafida ochiq yozgi ayvonlar qoldirish ko‟zda tutilmoqda.
Ko‟p qavatli va baland qavatli uylarning qurilishida asosiy talab, ishlatiladigan
materiallarning og‟irligi va qurilmalarni iloji boricha kamaytirishdan iborat. Bu
ayniqsa zilzila tez-tez bo‟ladigan joyda ahamiyatlidir.SHuning uchun ko‟p qavatli
uylarda sinch panelli qurilma, yengillashtirilgan panellar ishlatiladi.
Ularni har xil
usulda joylashtirish mumkin, buning oqibatida mehmoriy
ko‟rinish ancha boyiydi. Keyingi paytda bunday uylarning ko‟pchiligini Sergeli
dahalarida juda ko‟p uchratish mumkin. Hozirgi paytda ko‟pgina
uylar quyma
temir-betondan qurilyapti. Bunday uylarda faqat to‟g‟ri shakl emas, balki boshqa
har-xil shakllarni ham ishlatish mumkin, bu esa mehmoriy ko‟rinishni boyitadi va
bino juda katta zilzilaga bardosh bera oladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: