78
Orenburg-Toshkent (1906 y.) temir yo‗lining qurilishi uni transport tuguniga
aylantirdi. Transport va iqtisodiy geografik o‗rnining qulayligi, Qo‗qon
vohasi va
qishloq xo‗jalik rayonlari markazida joylashganligi uning sanoat ixtisoslashuvini
belgilab berdi. Hozirda mazkur yirik shahar negizida Qo‗qon aglomeratsiyasi
shakllanmoqda.
G‗arbiy Farg‗onada markaziy o‗rin tutuvchi ushbu shahardan janubda
Yaypan, g‗arbda Beshariq, sharqda Uchko‗prik, va shimolda Dang‗ara kabi
yo‗ldosh shaharlarning vujudga kelishiga ―aglomeratsiya yadrosi‖ asos bo‗lgan.
Vodiydan karvon yo‗llarining kesib o‗tganligi savdo shaharlari (Marg‗ilon,
Quva), ma‘muriy, harbiy-strategik markaz sifatida Farg‗ona shahrining (1877 y.)
shakllanishiga sabab bo‗lgan. Dastlab Farg‗ona vodiysi Rossiya tomonidan bosib
olingandan so‗ng ―Yangi Marg‗ilon‖, ―Skobelov‖ nomi ostida faoliyat yuritgan.
Viloyat markazi funksiyasini bajaruvchi shahar deyarli ―bo‗m-bo‗sh‖
joyda
Marg‗ilon shahridan 8 km janubdagi Yormozor va Sim qishloqlari yaqinida rus
askarlari uchun harbiy shaharcha sifatida bunyod etilgan. 1919 yildan boshlab
shahar hozirgi rasmiy maqom bilan atala boshladi. Shaharning arxitekturasi radial
aylana ko‗rinishda (mudofaa uchun), asosiy ko‗chalar markazga yo‗naltirilgan
holda amalga oshirilgan.
Mustaqillik yillarda Qo‗qon va Farg‗ona shaharlari sanoati tarmoq tarkibida
birmuncha o‗zgarishlar sodir bo‗lgan: yoqilgi-energetika sanoatining ulushi ortgan,
engil sanoat ham ustuvor rivojlanib borgan. Shu bilan birga, shahar uchun
ana‘naviy sanoat tarmoqlaridan biri – to‗qimachilik
sanoatining ahamiyati
pasaygan.
Mintaqa sanoat mahsulotining 60,2 foizi birgina Farg‗ona shahri zimmasiga
tushadi; Shuningdek, Qo‗qon, Marg‗ilon, Quvasoy shaharlarining sanoat
ko‗rsatkichlari, urbanistik mujassamlashuv darajasi yuqori; Quvasoy viloyat yalpi
sanoat mahsulotining 11,8 %, Qo‗qon 7,3 % ni beradi.
Farg‗ona – Marg‗ilon va Qo‗qon sanoat tugunlari mintaqa sanoatining
hududiy tashkil etishda etakchi o‗ringa ega. Farg‗ona
viloyati hozirgi vaqtda
o‗zining sanoat ishlab chiqarish salohiyati bo‗yicha respublikamizda oltinchi
(Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Navoiy, Qashqadaryo) o‗rinda turadi (2015
yilda – 7.6 %).
Farg‗ona viloyati urbanistik piramidasida ―ellikminglik‖ shaharlar
rivojlanmagan (-rasm). Quvasoy shahrida 87.5 ming, Rishtonda 36.4 ming,
qolganlarida aholi soni bundan kam. 2009 yilgi ―urbanistik to‗lqin‖ dan keyin
birdaniga 196 ta qishloqlarga yangi shaharcha maqomi berildi. O‗zbekistonda jami
966 ta yangi shaharchalarning 1/5 qismi birgina Farg‗ona viloyatiga tegishli (-
ilova).