72
kategoriyasi
soni
(%da )
3 ming kishigacha
3
6,8
1,9
3-5 ming kishigacha
13
49,7
14,5
5-10
ming
kishigacha
4
29,8
8,7
10-20
ming
kishigacha
6
92,6
27,1
20-50
ming
kishigacha
3
96,6
28,2
50-100
ming
kishigacha
1
65.9
19,3
Jadval O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari
asosida tuzilgan.
Hudud shahar manzilgohlarining vujudga kelishi qo‗riq Mirzacho‗l dashtini
o‗zlashtirish, energetika bazasi va transport omillari asosida shakllangan. Aynan
shu maqsadda «bo‗sh» joyda poytaxt Yangier shahri loyihalashtirilgan va barpo
etilgan (1957 y.). 1963 yili Sirdaryo viloyatining tashkil etilishi bilan Yangier
shahri ―markaz‖ deb belgilandi. Ammo, tabiiy omillar (Xovos
yoki Ursatevsk
shamollari) shaharning rivojlanishiga to‗sqinlik qildi. 1972 yilda hududning yirik
energetika bazasi (Sirdaryo GRESi) negizida Shirin shahri, transport
infratuzilmasining rivojlanishi esa Baxt shahrining shakllanishiga asos bo‗lgan
(1980 y.).
Mintaqada shahar hosil qiluvchi omillar ta‘sirining kuchsizligi bois katta
shaharlar bo‗g‗ini shakllanmagan. Jumladan, viloyatda 2009 yilgacha 5
ta shahar
(ularning 3 tasi viloyatga buysunuvchi maqomiga ega) va shuncha shaharcha
mavjud bo‗lgan. Ularda jami aholining 31,1 foizi istiqomat qilgan. 2009 yilga
kelib, mamlakatimizda yuz bergan urbanistik o‗zgarishlar tufayli shaharchalar soni
25 ta, urbanizatsiya darajasi esa 43,2 foizga etgan (2-ilovaga qarang).Mazkur yilda
viloyatning 72,2 ming qishloq aholisi shahar aholisi ro‗yxatiga kirdi. Bu xususda
Oqoltin tumani oldinda (25,3 ming kishi), Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari ham
yangi shaharchalar soni ko‗proq. Ayni paytda Xovos, Sardoba tumanlarida birorta
qishloq aholi punkti bunday maqomga sazovor bo‗lmagan. Ta‘kidlash o‗rinliki,
yangi agroshaharlar soni Sirdaryo viloyatida uncha ko‗p emas; bu borada u
Qoraqalpog‗iston Respublikasi bilan birgalikda (11 ta) mamlakatimizda oxirgi
o‗rinlarni egallagan. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
sust rivojlanganligi
uning urbanistik tarkibida ham o‗z aksini topadi. Viloyatda birorta katta, ya‘ni
―yuzminglik‖ shahar yo‗q va bu borada u respublikamiz geosiyosiy tizimida
yagona hisoblanadi. Hatto viloyat markazi ham bu darajaga etisha olmagan.
Guliston shahrida 86.5 ming, Yangierda 39.9 ming, Xovos shaharchasida 27.7
ming aholi bor. Qolgan shahar joylarning har birida 20 mingdan oz aholi yashaydi.
Demak, viloyatning urbanistik ―piramidasi‖ juda sust rivojlangan va uning
pog‗onalari to‗liq emas. Bu esa, o‗z navbatida, ishlab chiqarish,
aholini hududiy
tashkil etish va hududiy mujassamlashuv darajasining o‗ziga xosligidan dalolat
beradi; aholi nisbatan zich joylashgan, qishloq va shaharlari esa uncha katta emas.
73
Respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‗oriladigan dehqonchilik,
agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko‗p talab qiluvchi korxonalarini o‗z ichiga olar
ekan. Bunga Mirzacho‗l yoki +arshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy
ishlab chiqarish majmualarida misol bo‗la oladi.
Viloyat markazi Guliston o‗zining huquqiy mavqeiga teng bo‗lgan
shaharlardan ancha orqada. Binobarin, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga,
uning demografik salohiyatini ko‗tarishga ham e‘tibor berish maqsadga muvofiq.
Hozirgi vaqtda bu shahar viloyat jami aholisining 10 foizdan ortiqrog‗ini
mujassamlaydi. Bu, boshqa viloyat markazlariga qaraganda, ancha past ko‗rsatkich
(demak, iqtisodiy jihatdan viloyat ham ―bo‗shroq‖, uning bosh shahri ham zaif).
Sirdaryo viloyatida sanoat uncha rivojlanmagan, uning tarmoqlar va hududiy
tarkibi ham mukammal ko‗rinishga ega emas. Viloyat sanoat ishlab chiqarishining
tarmoqlar tarkibi quyidagicha: mashinasozlik va metalni qayta ishlash 0,9 %,
qurilish materiallari sanoati 1,9 %, o‗rmon va yog‗ochni qayta ishlash 0,4 % va
h.k. Engil sanoat (asosan paxta tozalash korxonalari)
jami sanoat mahsuloti
hajmining 56,1 foizini ta‘minlaydi, oziq-ovqat sanoati 25,6 % va un-krupa, omuxta
em 11,0 foizini beradi.
Sanoat mahsulot turlari ham uncha boy emas; viloyat sanoati asosan
mintaqaning ixtisoslashgan tarmog‗i-qishloq xo‗jaligi, aniqrog‗i paxtachilik bilan
chambarchas bog‗liq. Jumladan, qurilish materiallari va don mahsulotlari
ishlab
chiqarish (Yangier), paxta tozalash (qishloq tumanlari markazlarida), yog‗ ishlab
chiqarish (Guliston shahri) kabilar aynan shu etakchi tarmoq bilan birgalikda
alohida ishlab chiqarish majmuasini shakllantiradi. Shirin shahridagi Sirdaryo IES
respublikamizda eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi.
Sanoat geografiyasida Gulistonning hissasi 13,6 %, Yangier shahriniki - %.
Viloyat sanoatining hududiy tashkil etilishida Guliston shahri sanoat markazi
sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo, Yangier shaharlari ham xuddi
shunday maqomga ega. Bu shaharlarda mintaqaning yirik sanoat korxonalari:yog‗-
moy va qurilish materiallari korxonalari joylashgan. Aholi soni bo‗yicha
kichik
sanoat markazlari qatorida Shirin va Baxt shaharlari turadi. Yuqoridagilardan
tashqari, Sirdaryo shahridagi sut zavodi va qurilish materiallari korxonalari,
tibbiyot sohalari uchun momiq-paxta, doka, bint, dori-darmonlar ishlab
chiqaruvchi korxonalarni ham mavjud.
So‗nggi yillarda Sirdaryo tumani salohiyatining oshib borishi ham mazkur
masalaning echimini biroz engillashtiradi.
YAqinda bu yerda Xitoy Xalq
Respublikasi bilan hamkorlikda ―PENG SHENG‖ QK faoliyatini boshladi.
Poytaxtdan 70 km masofada industrial park ham tashkil etildi. 2013 yilda Prezident
farmoni asosida "Jizzax" maxsus industrial zonasining shakllantirish munosabati
bilan Sirdaryo industrial parki uning filialiga aylantirildi. Majmua keramik plitalar,
natural teri va undan poyafzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U to‗la loyiha
quvvatiga ega bo‗lgach yiliga 100 mln AQSH dollari miqdorida turli xil mahsulot
ishlab chiqaradi, uning deyarli yarmi eksportga yo‗naltiriladi. Mazkur loyihalar
istiqbolda mintaqaning to‗liq siklga ega bo‗lgan hududiy ishlab chiqarish
majmuasi shakllanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: