BOG'DORCHILIK
Yosh daraxtlarni payvandlash
Admin
-
12.07.2016
2799
0
Ma’lumki, hamma mevali daraxt ko’chatlari asosan kurtak payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi. Hosh tomorqa bog’larida yovvoyi, payvandlanmagan yoki payvand tagdan chiqqan yovvoyi novdalar hisobiga tiklangan daraxtlarni madaniylashtirish uchun nima qilish kerak? Ilmiy tajriba va kuzatishlar natijasida shu narsalar aniqlandiki, daraxt qanchaki yosh bo’lsa, ular shunchalik payvandni yaxshi oladi. Urug’li mevalarga qilingan iskaba payvandlar danakli mevalarga nisbatan yaxshi tutadi.
Olma daraxtlari 15-20 yoshgacha payvandni yaxshi qabul qiladi., bundan keying yillarda esa payvand tutish nisbati ancha kamayadi. 1-2 yoshdagi yovvoyi meva daraxtlarini madaniylashtirish uchun durust natija beradi. Bir tup yosh daraxtga bir necha dona ko’zni kurtak qilish mumkin. Kurtak payvand qilinadigan novdalarning yo’g’nligi 8-10 mm dank am bo’lmasligi, po’stlog’I yaxshi ko’chishi kerak. Buning uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko’riladi. Bir yillik novdalar yosh daraxlarning chetrog’ida joylashgan bo’lishlilgiga erishgan bo’lishi kerak. Chunki darraxtning o’rta qismidan o’sib chiqqan novdalarga payvand qilinsa, ulardan o’sib chiqqan madaniy novdalar haddan tashqari ona daraxt shox-shabbasini qalinlashtirib yuboradi. Buning natijasida ularga to’g’ri shakl berish qiyinlashadi. Shunga yo’l qo’ymaslik uchun, daraxt shox-shabbasining chetki tomonida joylashgan so’rxil bir yillik novdalarning asosiy shoxiga 3-5sm joylashgan (tirsak berib, qisman egilib o’sgan silliq) qismiga kurtak payvand qilinadi. Kurtak payvand qilishdan oldin shoxchalardagi ortiqcha novdalar tok qaychisi yordamida cho’girtaklari qoldirmay olib tashlanadi, daraxt po’stlog’I ko’chishini osonlashtirish maqsadida 3-4 kun oldin sug’oriladi. O’tkir bog’ pichog’I yoki pyvand pichog’I yordamida bir yillik novda tanasida “T” shaklida kesik paydo qilinib, so’ngra ketma –ket bir yillik so’rxil novdalardan kurtak kesilib payvand qilinadi. Kurtak payvand T harfiga o’xshash kesikka qo’yilgandan keyin peshma-pesh politelin lentasi yordamida boylanadi. Bunda kurtakni bog’lanadigan plyonka tagida qolib ketishidan saqlash kerak. 12-14 kun o’tgach payvand qilingan kurtaklar tutgan tutmaganligi ko’zdan kechirilib chiqiladi. Odatda yaxshi tutgan kurtakla ko’m-ko’k rangda bo’rtinqirab turadi, barg bandi qo’l tegizilishi bilan yerga tushib ketadi. Tutib qolgan kurtaklarning bog’lochig’I bo’shatiladi, ammo butunlay olmasdan bo’shatibgina qoldirish mumkin.
Shuni ham qayd qilib o’tish kerakki, havaskor bog’bonlar xohishiga qarab bir daraxtga bir necha nav daraxtlardan qalamcha tayyorlab kurtak payvand qilish mumkin. Masalan, tomorqada madaniylashtirilgan Rozmarin yoki Toshkent borovinkasi o’sayotgan bo’lsa, ularning shoxlaridagi bir yillik novdalarga avgust oyida Renet Simerenko, Red delishes, Nafis, Qandil sinab payvand qilish mumkin. Bitta daraxtda bir necha ollma navlarini payvand qilib o’stirish mumkin. Masalan, kechpishar kechki Rozmarin daraxt novdalariga iyul oyida pishadigan yoki avgust yoki sentabr oylarida pishadigan olma navlarini payvand qilish mumkin.tomorqalarda bir tup olma, shaftoli, behi va o’rik kabilar xar hil muddatlarda pishadigan navlar payvand qilinsa, bunday payvandlashni guldasta payvandlash ham deyiladi. Chunki bir daraxtda olmaning, nokning, o’rikning yoki shaftolining bir necha navlarini omixta holda ko’rish mumkin.
Shunday qilinganda meva daraxtlari biri ikkinchisini yaxshi changlatadi, hosili bo’liq va sifatli bo’ladi, lekin daraxtlardagi xar hil pishadigan olma, nok, behi va o’rik navlari bir muddatda gullaydi.
Bir daraxtda bir necha yong’oq navlari bo’lishiga erishilganda, yong’oq navlarining gullashi yaxshi va hosil ko’p bo’ladi. Daraxtdagi payvand qilingan navlarning bir davrida yoppasiga gullashiga erishish kerak. Yong’oq daraxtida ota gullari ertaroq yoki ona guli kechroq gullashi natijasida gullar yaxshi changlamaydi, natijada yosh g’urralar to’kilib ketadi. Albatta daraxtlarda gullar g’urraga aylanishida ota va ona gullari bir davrda yetilib gullaydigan meva daraxtlaritanlab ekilishi kerak. Daraxtlar 8-10 yoshga kirib qolgan bo’lsa, shox-shabbalari albatta yo’g’onlashadi, ularni kurtak payvand qilish qiyinlashadi. Shuning uchun bunday daraxtlarni mart-aprel oylarida kurtaklar bo’rtishidan bir necha kun oldin iskana payvand qilish tavsiya qilinadi. Iskana payvanda qadimdan qo’llanib kelinadi. Bog’bonlar bu sohada tajribaga egalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |