Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib, juft so‘zlar
yasang.
Katta-…, mo‘l-…, nari-…, nom-…, dori-…, zeb-…, aytdi-…,
chora-…, mehr-…, nasl-…, ilm-…, noz-…, ozmi-…, yo‘l-
…, bilar-…, bor-…, ust-…, bosh-…, ahd-…, yalt-…, el-…,
achchiq-… .
2-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib yozilgan qo‘shma so‘zlarning
yozilishiga e’tibor qarating.
Har qanday reklama matnining yaratilishida u yoki bu
tovush, so‘z, gap+tasvir yordamida xaridor diqqatini torta bilish,
matnning originalligi, mantiqiyligi, sarlavhaning ifoda tarziga
e’tibor qaratiladi. 2. Kichik Osiyo xalqlari qadimdan chorvachilik
bilan shug‘ullanganlar. 3. O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham
notiqlik san’ati o‘ziga xos mavqega egadir. 4. Yildan yilga bizning
hayotimizga axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadal kirib
kelmoqda. 5. G‘arbiy Yevropa asarlarining Sharq xalqlari tillariga
qilingan son-sanoqsiz tarjimalari yanada chuqurroq o‘rganilishi
lozim bo‘lgan muhim masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |