21- rasm. Donni g‘alvirda ajratish o‘lchamlari:
a-urug‘ning asosiy o‘lchamlari; b va v- urug‘larni qalinligi va eni bo‘yicha ajratish; 1, 2 va 3-urug‘ning teshikdan o‘tishi; 4-teshikdan o‘tmagan urug‘.
G g‘alviri ko‘zlarining kattaligi B2 va V g‘alvirlaridan kelgan mahsulotdagi mayda qo‘shindi (singan don...) ni asosiy don to‘liq qoladigandek elab pastga tushiradigan, ammo g‘alvir ustida asosiy don to‘liq qoladigandek tanlanishi kerak.
Mashina 30 ta cho‘zinchoq (to‘rtburchakli) va 6 ta aylana teshikli maxsus g‘alvirlar bilan jihozlangan. Turli xildagi ekinlar donini dastlabki tozalashda qo‘llaniladigan g‘alvirlarni birlamchi tanlashda mashinaga qo‘shib beriladigan maxsus ko‘rsatmalardan (13-jadval) foydalaniladi.
13- jadval
Gʻalvir tanlash uchun ma’lumotlar
Ekin
turi
|
Gʻalvir teshikining o‘lchami, mm
|
|
|
V
|
G
|
Bug‘doy
|
4,0...6,0
|
5,0...7,0
|
2,0...2,5
|
2,5...3,0
|
▭2,2...3,0
|
▭3,0...6,0
|
▭1,7...2,2
|
▭2,0...2,4
|
Arpa
|
4,0...5,0
|
5,0...8,0
|
2,5
|
3,0
|
▭2,4...3,0
|
▭3,6...5,0
|
▭2,0...2,4
|
▭2,2...2,6
|
Makkajo‘xori
|
8,0...9,0
|
10,0
|
5,0
|
6,0
|
-
|
▭6,0
|
▭3,0...5,0
|
▭4,0...5,0
|
Kungaboqar
|
,0...9,0
|
,0...10,0
|
5,0
|
,2...3,6
|
▭4,0...5,0
|
-
|
▭1,7...2,2
|
▭4,0
|
Suli
|
5,5
|
,0
|
2,5
|
|
▭2,2...2,4
|
▭2,6...3,6
|
▭1,7...2,0
|
▭2,0...2,2
|
No‘xot
|
5,0...8,0
|
8,0...9,0
|
4,0...5,0
|
5,0...6,0
|
▭5,0...6,0
|
▭7,0
|
▭2,4...3,6
|
▭4,0...5,0
|
Don turiga qarab g‘alvirlarni tanlashda kerakli o‘lcham va teshiklarga ega bo‘lgan maxsus laboratoriya moslamasidagi g‘alvirlardan ham foydalanish mumkin.
Tozalanmagan don olib (mayda urug‘li ekinlar uchun 200...300 g va yirik urug‘li ekinlar uchun 1000...1500 g) 1...2 minut davomida laboratoriya moslamasi yoki qo‘lda elaklab tanlangan B1 g‘alviridan o‘tkaziladi. Agar g‘alvir to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, g‘alvirdan barcha mayda qo‘shindilar va o‘rtacha o‘lchamdagi 50% donlar o‘tishi kerak. B1 g‘alvirda qolgan massa tanlangan B2 g‘alvirdan o‘tkaziladi. Bunda barcha donlar g‘alvirdan o‘tishi, g‘alvirda esa katta qo‘shindilar qolishi kerak.
B1 g‘alvirdan o‘tkazilgan material oldin V va keyin G g‘alvirlarndan o‘tkazilganda G g‘alvirda toza don qolishi, mayda qo‘shindilar esa to‘liq o‘tishi zarur.
Tanlangan g‘alvirlar mashinaga o‘rnatiladi va unga tozalanishi kerak bo‘lgan 60 kg don solinadi va ishlatib ko‘riladi. Tozalangan donning sifat ko‘rsatgichlari aniqlanadi. Agar ko‘rsatgichlar agrotexnik talablarga mos kelmasa, u holda mashina g‘alvirlari qayta tanlanadi. So‘ngra ishlatib ko‘riladi va donni tozalash sifati baholanadi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Talabalar guruhlarga bo‘linib, ularga don turi__________ga qarab don tozalash mashinasini g‘alvirlarini tanlash, ularni o‘rnatish va mashinaning tozalash qismlarini sozlash va tozalangan donning sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash topshirig‘i beriladi.
2. Laboratoriya ishi elektrlashtirilgan yuritmasi bilan jihozlangan don tozalash mashinasi yoki laboratoriya g‘alvirlarining to‘plamida o‘tkaziladi.
3. Berilgan topshiriqqa asosan birlamchi ma’lumotlar va olingan natijalarga ko‘ra mashinaning B1, B2, V va G g‘alvirlari tanlanadi.
4. Tanlangan g‘alvirlar mashinaga o‘rnatilib, uning ishi tekshiriladi va tozalangan donning sifati bo‘yicha xulosa beriladi.
Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlarga asosan 14- jadval ko‘rinishida natijalar yoziladi hamda tozalangan donning sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra xulosa beriladi.
Nazorat savollari:
Qanday sababga ko‘ra don tozalashda g‘alvir ko‘zlarining shakli va o‘lchamlari
turlicha bo‘lganlaridan foydalaniladi?
2. Havo quvurining asosiy vazifasi nimadan iborat deb hisoblaysiz?
3. Havo quvuridan olib chiqarilgan yengil aralashmalar qanday tindirilib,
cho‘ktiriladi?
5. Gʻalvir ko‘zlariga don tiqilib qolishini oldini olish uchun qanday chora ko‘riladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |