Sh. X. Xushmurodov atom yadrosi va zarralar fizikasi


-§. Radioaktivlik yemirilish qonunlari



Download 0,75 Mb.
bet23/132
Sana28.07.2021
Hajmi0,75 Mb.
#131472
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132
Bog'liq
atom yadrosi va zarralar fizikasi (4)

3.1-§. Radioaktivlik yemirilish qonunlari
Radioaktivlik vaqtida yadro bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi, bu bilan yadro o‘z tarkibida bo’lgan va radioaktivlik vaqtida vujudga keluvchi zarralar (masalan: alfa, proton, beta,...) yengil yadrolar hamda fotonlarni chiqarishi mumkin. Buning natijasida yemirilayotgan yadrolarning tarkibi yoki ichki energiyasi o‘zgaradi.

Radioaktivlik tabiiy sharoitda ro‘y berib qolmay, uni sun’iy yo’l bilan ham hosil qilish mumkin. Ammo ikkala radioaktivlik orasida farq yo‘q. Radioaktivlik qonunlari radioaktiv izotopning qanday olinishiga bog’liq emas.

Radioaktivlik yadroning ichki xususiyati bo’lib, har bir yadro o‘ziga xos yemirilish turi, intensivlikka ega. Radioaktivlik xususiyati tashqi ta’sirlarga (temperatura, bosim, elektr yoki magnit maydon) bog’liq emas. Ko‘pgina radioaktiv yadrolar nishon yadroni turli tezlashtirilgan zarralar bilan bombardimon qilishlik bilan hosil qilinadi.

Dastlabki radioaktiv nurlanishlar tahlili tabiiy radioaktivlik vaqtida alfa, beta zarralar va qisqa to’lqinli gamma fotonlar chiqishini ko‘rsatdi.

1939-yildaG.N.Flerov, K.A.Petrjaklar og’ir yadrolarning (A=240) o‘z-o‘zidan ikkita o‘rtacha yadroga bo’linishligini kashf etdilar:

.

Qaysiki yadrolarda protonlar soni otrib ketsa bir proton, ikki proton yemirilish mumkin. GF.Flerov 1963-yilda proton yemirilishini kuzatgan:











Albatta, proton yemirilish ehtimolligi rakobatlashuvchi alfa va beta-yemirilishlarga nisbatan juda kechik bo’ladi.
1984-yilda Oksford universiteti xodimlari radiy yadrolarining alfa zarralarga nisbatan yirik 14C yadrosining nurlanishini qayd qildi:
209Pb+14C; 224Ra 210Pb+14C.

1985-yilda Dubna va Amerika fiziklari Ne yemirilishni kashf etdi.


Radioaktiv yemirilish saqlanish qonunlarining bajarilishi bilan ro‘y beradi.
Radioaktiv yemirilish statistik xususiyatga ega bo’lgan jarayondir. Yemirilayotgan yadrolardan qaysi birini qachon yemirilishini ayta olmaymiz. Lekin vaqt birligi ichida nechtasi yemirilishini aniqlash mumkin. Shuning uchun radioaktivlikni yemirilish ehtimoligiga ko‘ra, o‘rganish mumkin.
Radioaktiv yadrolar qarimaydi, yoshga ega emas, yemirilish intensivligi vaqt birligida yemirilgan yadrolar soniga bog’liq.
Vaqt birligida yemirilayotgan (dN) radioaktiv yadrolarning soni shu radioaktiv yadrolarning umumiy soni N ga proporsional. Masalan, dt vaqt

oralig’ida dN ga kamayayotgan bo’lsa:



(3.1.1)

Bo’ladi. Bu yerda radioaktiv yemirilish doimiysi, o’lchami [s-1], vaqt birligida yemirilishlar soni, nisbiy kamayish tezligini ifodalaydi; manfiy ishora vaqt o‘tishi bilan radioaktiv yadrolar sonining kamayishini ko‘rsatadi.


(3.1.1) tenglamani yechish uchun quyidagicha yozamiz:

Integrallasak

t=t0 bo’lganda N=N0; lnN=lnC=lnN0; N=N0=C



N= (3.1.2)

(3.1.2) formula radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi. Bu qonunga ko‘ra, radioaktiv yadroning modda miqdori vaqt o‘tishi bilan eksponensial ravishda kamayib boradi. Formula istalgan vaqt momentida yemirilish ehtimoligini aniqlashi mumkin. Lekin (3.1.2) formula orqali radioaktiv yadrolarning yemirilish intensivliklarini bevosita taqqoslab bo’lmaydi, u aniq fizik ma’noga ega emas. Shu maqsadda yarim yemirilish tushuncha

kiritilgan. Yarim yemirilish davri shunday vaqtki, bu davr ichida dastlabki radioaktivlik yadro soni ikki marta kamayadi.
U holda (3.1.2) ifodani yoza olamiz:

. (3.1.3)
(3.1.3) ifoda yarim yemirilish davri bilan yemirilish doimiysi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
Radioaktivlik yana o‘rtacha yashash vaqti deb ataluvchi τ kattalik bilan
ham xarakterlanadi. Biror t vaqt momentida yemirilmay qolgan yadrolarning yashash vaqti t dan katta bo’ladi. Shu vaqt momentiga qadar yemirilgan yadrolar esa t dan kichik yoki unga teng yashash vaqtiga ega. Bunday yadrolar soni

dN(t)= =


O’rtacha yashash vaqti


. τ=1/

τ ning qiymatini (3.1.2) ifodaga qo‘ysak:


.
Demak, o‘rtacha yashash vaqti radioaktiv yadrolarning e marta kamayish vaqti ekan.
Shunday qilib, radioaktivlikni yemirilish doimiysi, yarim yemirilish davri va o‘rtacha yashash vaqti bilan xarakterlash mumkin ekan. Bu kattaliklar o‘zaro quyidagicha munosabatda bo’ladi:



3.2-§. Aktivlik
Radioaktiv namunaning vaqt birligida yemirilishlar soni aktivlik deb ataladi.

(3.1.1) formuladan



= .
Aktivlik birligi qilib SI sistemasida bekkerel (Bk) qabul qilingan:
1 Bk = 1 yemir/s. Hosilaviy birliklari kyuri (Ku), rezerford

(Rd): 1 Ku=3,7 1010 Bk, 1 Rd=106 Bk.

Bkbbbbbb

Tajribada radioaktiv manba yarim yemirilish davrining katta yoki kichikligiga ko‘ra, turlicha uslublar qo’llaniladi. Masalan, aktivlikning pasayishi (T1/2 soat, kun, oylarda bo‘lsa), qisqa yashovchi bo’lsa, hosil bo’lgan ion toklariga ko‘ra, radiometr, mos tushish usullari va h.k.

Radioaktivlik hodisasining eng ajablanarli tomoni yadro ta’sirlashuv vaqtiga nisbatan juda katta kechikishidir. Haqiqatan ham yemirilishlarning barcha turlari yadroda kechadi. Ma’lumki, yadro kuchlari uchun ta’sirlashuv vaqti ~10-21 c, lekin radioaktiv yemirilish davri esa 1010 yillar (Masalan: 238U uchun T1/2 = 1010 yil, bu 1017 s) bo’ladi. Ya’ni 238U yadrosidan chiquvchi α - zarra yadroda 1038 marotaba aylanadi, navbatdagi 1038+1 aylanishda yadrodan chiqishi mumkin ekan.
Radioaktiv yemirilishlarda nurlanishlaming kechikishi quyidagi sabab-larga ko‘ra, deb qaraladi:


  1. Zaryadli zarralar yadrodan chiqishda kulon to‘sig’iga uchrashligi. (Kulon to‘sig’i og’ir yadrolarda 30 MeV, yemirilish energiyasi 4 MeV. Klassik fizika qonunlari bo‘yicha yadrodan zarra chiqishi mumkin emas, kvant mexanikasi bo‘yicha zarra to‘siqdan sizib o‘tishi mumkin).

  2. Radioaktivlik kuchsiz ta’sirlashuvga ko‘ra, ro‘y berishi (Yadroda beta-yemirilish kuchsiz ta’sirlashuvga ko‘ra, amalga oshadi, shunga ko‘ra, yadro ta’sirlashuvdan kuchsiz ta’sirlashuv necha marta kechik bo’lsa, yemirilish vaqti shuncha marotaba kechikadi).




  1. Yemirilish energiyasining kichik bo’lishi radioaktivlik vaqtini

kechiktiradi. (Masalan, yuzta nuklonli A = 100 yadro uyg‘onish energiyasi 10 MeV bo‘lsin. Har bir nuklonga 0,1 MeV to‘g ‘ri keladi, bu energiya solishtirma bog’lanish energiyasidan kichik, lekin hamma uyg‘onish energiyani birorta nuklonga berishi, bu bilan nuklon chiqib ketishi ehtimolligi bor).

  1. Radioaktiv yadro va maxsul yadrolar kvant xususiyatlarining (spin, juftlik, orbital moment,...) keskin farq qilishi. Masalan, dastlabki yadro h11/2 holatda, mahsul yadro S1/2 holatda bo’lsin, bunda dastlabki yadro uchun I = 1/2, l =5 P=-1 , mahsul yadro uchun I= 1/2, l = 0, P = +1, ΔI = 5, Δl=5 juftlik o‘zgaradi. Demak, spin, orbital moment, juftlik saqlanmasligi yemirilishni taqiqlaydi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish