Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet102/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Dendrobacillin - keng qo’llaniladigan, kam ta’sir etuvchi biologik preparat. Bu dori asosan entomopatogen spora hosil qiluvchi mikrob - turingenzus va qo’shimcha bo’r moddalardan tashkil topgan. 1 gramm dorida 30 mlrd mikrob bor. Preparatdan bir gektar tuproqqa 2 kg solinadi.
Paxta dalasida dendrobacillin samolyot yoki traktorlar yordamida sepilsa yoki purkalsa ishlatilgan joydan 2000 metr naridagi havoda ruxsat etilgan miqdordan ko’proq mikroblar 7 kun davomida (Kogay R) aniqlangan.
Dendrobacillinning ishlatilishi tuproqni, suvni havo va turli o’simliklarni ham ifloslantiradi. Masalan, preparat ishlatilgan joydagi suv tarkibida 40 kun davomida bu preparat aniqlangan (1 ml suvda 1,2 mln hujayra). O’simlik yuzasida dendrobacillin 10-kuni ham aniqlangan. Dendrobacillinning 3 x105 koncentraciyasi ruxsat etilgan miqdordir.
Dendrobacillin ishlatiladigan maydonlar bilan aholi turar joylari orasidagi sanitariya himoya masofasi samolyot yordamida sepilsa - 2000 metr, traktorlar yordamida sepilsa - 500 metr bo’lishi kerak. SHundagina aholi turar joylaridagi tuproq, suv, o’simliklar, havo bu preparat bilan ifloslanmaydi.
Entobaktyerin - bu preparat ham entomopatogen mikroblar, baktyer turingaenzis sporasidan iborat. 1 gg dorida 30 mlrd mikrob bor.
Atmosfera havosi orqali katta koncentraciyada o’pkaga tushsa, 5 kunda bu mikrob o’pkaning hamma joyida ko’payishi mumkin, preparatning 2,5-3 grammi hayvonlar o’limiga sabab bo’ladi. 1 m havoda u preparat ishlatilganda ma’lum vaqt o’tgach 1 dan 20 minggacha mikrob topishi mumkin (V. I. Murza).
Bu preparatdagi mikroblar 28-30°S da rN - 4,5 dan - 10,5 gacha bo’lganda yaxshi rivoj lanar ekan. Preparatni o’simliklarga samolyot yoki traktorlar yordamida sepilsa atmosfera havosi anchagina ifloslanadi.
SHuningdek, qishloq xo’jaligida mog’orli sporali dorilardan bi- toksibacillin, bovyerin va boshqalar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Hasharot va o’simliklarning turli kasalliklariga qarshi ishlatiladigan biologik dorilarning hujayralarida oqsil moddalari bo’lganligidan, u moddalar ko’p miqdorda kishi organizmiga turli yo’llar bilan tushib uning sezgirligini oshirib, allyergiya kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ular qisman zaharli bo’lsada, ammo tyeri shilliq qavatlarining yallig’lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi.
SHuning uchun ham gigienistlar tomonidan ishlab chiqilgan gigienik normalarga amal qilib turar joylar bilan dori sepiladigan maydonlar oralig’idagi sanitariya himoya chegaralarining saqlanishi dorilangan maydonlar dan shamol vaqtida dorilarni aholi turar joylariga uchib kelishi oldini oladi.
Biologik preparatlar bilan ishlaganda sanitariya nazoratini olib borish ikki mutaxassisning ya’ni kommunal gigiena va mehnat gigienasi bo’yicha sanitariya vrachining zimmasiga tushadi. Demak, biologik preparatlar bilan ishlayotganda kishilarning mehnat gigienasi bilan birga kommunal gigiena ob’yektlari - havo, suv, tuproqning ifloslanishi, ularning odam organizmiga ta’siri o’rganiladi, laboratoriya yordamida olingan ma’lumotlar, tekshirishlarga asoslanib sanitariya va gigiena tadbir-choralari ishlab chiqiladi.
IX BOB
DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARI
GIGIENASI
Davolash-profilaktika muassasalar gigienasi shu yerdagi mehnat sha.roit.ini tibbiy xizmat xodimlarining sog’lig’iga ta’sirini (kimyoviy va biologik moddalar, fizik omillar va boshqalar), shu muassasalarning qurilish loyihalarini o’rganib ularning gigienik normalarini ishlab chiqadi.
Davolash va kasalliklarni oldini olish muassasalarining gigienasi gigienaning ko’p jihatlarini o’z ichiga oladi, jumladan kommunal gigiena, oziq-ovqat va ovqatlanish gigienasi, medicina xodimlarining mehnat gigienasi, ijtimoiy gigiena va boshqalar.
Kitobning keyingi sahifalarida davolash va kasalliklarni oldini olish muassasalarining gigienasini shifoxonalar gigienasi deb nomlaymiz, maqsad shu bobni soddaroq yoritishdir.
SHifoxonalar gigienasining maqsadi shu sohada yig’ilgan taj-ribalarni o’rganib, sanitariya vrachlarining bilimini oshirishdir.
SHuningdek, gigiena, epidemiologiya, baktyeriologaya va boshqa fanlar yutug’ini, kasallarning sog’ayishiga yordam byeradigan tomonlarini amalga tatbiq etishdir.
SHifoxona gigienasining vazifasiga:
bemorlar bilan xushmuomalada bo’lish;
kasalxonada kommunal xizmatni yo’lga qo’yish;
bemorlarga byeriladigan medicina yordamini gigienik chora-
tadbirlar bilan bog’lab olib borish;
shifoxona xodimlarining hammasini (vrachlar, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari) gigiena qonun-qoidalaridan xabardor qilish va buni amalda ko’rsatish;
kasallar va shifoxona xodimlari o’rtasida sanitariya maorifini tashviqot qilish.
SHifoxonalarda gigiena fani talablarini amalga oshirish bemorlarning tezroq tuzalipshga ma’lum darajada hissa qo’shadi. Bu degan so’z bemorlarni ish qobiliyati yaxshilanib, ishlab chiqarish unumdorligi oshadi demakdir. Bemor shifoxonaga tushib qolganda o’zini yot muhitga tushib qolgandek his qiladi. YAna buning ustiga bemorlik davrida kishining umumiy kayfiyati yaxshi bo’lmaydi. SHuning uchun ham Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli muassa-salarda bemorlarga shunday sharoit tug’dirish kerakki, ular bir oz bo’lsa ham dardlarini unutib, kayfiyatlarini yaxshilashlari kerak. SHifoxona xonalarining tozaliga, yorug’ligi, kasallar bilan shifoxona xodimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar samimiyligi kasalning tezroq tuzalishiga yordam byeradi.
Ayniqsa davolovchi vrachning xushmuomalasi kasalni parvarish qilishda yaxshi natija byeradi. Bundan tashqari, shifoxona hovlisiga daraxtlar va gullar ekilgan bo’lsa, ariqlardan shildirab suvlar oqib tursa, shuningdek shifoxona shovqin-surondan uzoqroqda joylashgan bo’lsa bemor asabiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozir bu sohadagi eng dolzarb masalalardan biri shifoxonalarda ichki infekciyalar tarqalishiga yo’l qo’ymaslikdir, negaki shifoxona ichida tarqalgan infekciya birinchi bo’lib bemorlarga yuqadi, qolavyersa shifokorlarga ham yuqib, ular kasallik tarqatuvchilarga aylanadilar.
SHifokorlar o’zlarini va bemorlarni kasal tarqatuchi manbaga aylanishdan ehtiyot qilishlari kerak. Bu esa tibbiyot xodimlari sanitariya saviyasining yuqori darajada bo’lishini taqozo qiladi.
SHifoxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, poliklinika, ambulatoriya va boshqa davolash muassasalari xodimlarining hamkorligida amalga oshiradigan ishdir. Gigiena yuqtai nazaridan shifoxona xonalaridagi atmosfera havosining sifatiga, kichik iqlim xolatini normada saqlashga, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishiga va shifoxonalarda uyushtirilgan tartib intizomga ahamiyat berish eng zaruriy ishlardan hisoblanadi.
Ayniqsa, shifoxonalarning atmosfera havosiga ahamiyat berish juda zarur. Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha shifoxona xonalarining havosi sutka davomida o’zgarib ketishi aniqlangan. Buning bir qancha sabablari bor. Jumladan, ba’zi bir bemorlarning harakat qilolmay yotishlari oqibatida modda almashuvining buzilishi yoki opyeraciya qilingan bemorlar qabul qilgan dorilarining hidi va boshqalar xona havosini buzib yuboradi. Havo tarkibida ortiqcha gazsimon kimyoviy moddalar, ko’p miqdorda mikroblar aniqlanadi.
Bularning hammasi xona havosini buzadi. Masalan, xona havosida ammiak, is gazi, karbonat angidrid, formal’degid, stirol, fenol, mikroblardan stafilokokk, gemolitik streptokokk va boshqalar aniqlanadi. Palatalardagi bunday ahvol bemorlar sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi.
SHifoxonalarda ichki infekciyaning tarqalishi bemorlarning tuzalish muddatini birmuncha cho’zmoqda. Aleksandrning fikricha Amyerikada, shifoxona ichki infekciyalarining tarqalishi oqi-batidagi ortiqcha xarajat yiliga 10 mlrd dollarga etadi, Loshanciy dalillari bo’yicha Vengriyada 150­180 mln forintni tashkil qiladi, Sobiq SSSR da faqatgina 6 xil tyeri, tyeri osti yiringi infekciyasi tufayli bo’ladigan xarajat 750 mln so’mni tashkil qiladi (L.A. Genchikov). SHu dalillardan ko’rinib turibdiki, hozirda shifoxona, poliklinika, ambulatoriya va boshqa davolash muassasalarining sanitariya holatiga, tibbiyot xodimlari sanitariya madaniyatining darajasiga ahamiyat berish eng zaruriy ish bo’lib qoladi.
SHifoxonalar uchun qulay yer maydonlarini ajratish, ularni yangi tipdagi loyihalar asosida qurish, vrachlardan tortib kichik medicina xodimlarining gigienik ilmini oshirish, shifoxonalarda infekciyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish hozirgi kunning talabidir. Aks holda, shifoxona ichki infekciyasi bemorlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa tug’ruqxona-lardagi ichki infekciya yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’limiga sabab bo’ladi.
Hozir tibbiyot muassasalari sanitariya qonun-qoidalariga rioya qilgan holda hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiq etilgan ko’rsatma va talablar asosida qurilmoqda. Jumladan, 1990- 1992 yilda Sog’liqni
saqlash vazirligi shifoxonalar hamda poliklinikalarning sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqdi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish