Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Inqirozni bartaraf etishga ajratilgan mablag'larning yo'nalishlari



Download 61,19 Mb.
bet228/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Inqirozni bartaraf etishga ajratilgan mablag'larning yo'nalishlari

Mamlakat

Kredit mablag'ia­riga davlat kafolati

Moliyaviy institutlar ustav kapitallariga no'vilmalar

Yuqori riskli,
shubhali aktivlarning xaridi

Boshqalar

Jami

mlrd. doll.

jami-
ga
nisb.
%

mlrd. doll.

jami-
ga
nisb.
%

mlrd. doll.

jami-
ga
nisb.
%

mlrd. doll.

jami-
ga
nisb.
%

mlrd. doll.

Rossiya

-

• -

185

84

11

5

25

11

222

Buyuk Britaniya

393

39

79

8

-

-

549

54

1020

AQSH

1769

50

714

20

663

19

394

11

3539

Germaniya

539'

60 '

177

20

-

-

176

20

893

Yaponiya

303

53

-

-

-

-

237

47

576

Xitoy

-

-

-

-

-

-

570

100

570

Jami

3004

44 .

1155

17

674

10

1951

29

6820

19.5. Jahon moliyaviy inqirozining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos boigan omillar


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri borasida Prezidentimiz o'z asarlarida quyidagicha ta'kidlaydilar: «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlaka- timizga ta'sir ko'rsatmaydi, bizni chetlab o'tadi, degan xulosa chiqar- maslik kerak. Masalani bunday tushunish o'ta soddahk, aytish mumkinki, kechirib bo'lmas xato bo'lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yeti- shimiz lozim — O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Buning tasdig'ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko'magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qihsh, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirilayotganligida, O'zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsu­lot va tovarlar importi va eksportining o'sib borishida va boshqa misollar- da yaqqol ko'rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta'sir etayotganidan ko'z yumib bo'lmaydi»1.
Biroq, o'z o'rnida ta'kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respub- Jikamiz iqtisodiyotiga ta'siri boshqa rivojlangan va ayrim qo'shni davlat- lardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. .Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko'plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon boisa, O'zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta'siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlaming keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqa­rishi orqah namoyon bo'ladi. ■»■
«Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O'zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar , paxta, uran, neft mah­sulotlari, mineral o'g'itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bor­moqda. Bu esa, o'z navbatida, xo'jalik yurituvchi subyektlarva investor- laming eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ular- ning foyda ko'rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarimizning o'sish sur'atlari va iqtiso- diyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta'sir etadi)/. Shu bilan birga, bugungi kunda ko'plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta'sirini pasay- tiradigan omillar mavjudligi ta'kidlanmoqda. Ba'zi mutaxassislarning fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta'sirlardan tashqari biz uchun ijobiy ta'sirlarga ham ega bo'lishi, yangi imkoniyatlarni vu­judga keltirishi mumkin. AQSH va yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o'z aktivlarini bo'shatmoqdalar. Mohiyatiga ko'ra, qay- tadan qandaydir ishga jalb etihshi zamr bo'lgan resurslarni bo'shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlami izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning muqobil yoilarini qidiradilar. G'arb bozorlari turg'unlikka yuz tutgan chog'da rivojla- nayotgan mamlakatlar bozorlari o'sishning ijobiy dinamikasini ko'rsatadi. Shunday mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko'plab investorlar O'zbekiston bozoriga e'tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas»1. Shu­ningdek, jahon moliyaviy inqirozining O'zbekistonga ta'sirining jid­diy bo'lmaganligini qo'yidagi omillar bilan izohlash mumkin:

  • ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yoiining tanlanganligi;

  • davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi zamrligining aniq belgilab olinganligi;

  • O'zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shu­ningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining bar­qaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun yetarli darajada mus- tahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;

  • oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;

  • aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste'mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o'sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;

davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechogiiq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi

.

Hozir O'zbekistonning umumiy tashqi qarzi val • • nisbatan 13,3% ni tashkil etmoqda, eksport hajmi "Chki mahsulotga dan oshmaydi. Bu o'z navbatida mamlakatirniZn; n|sbatan esa 31% to'lov qobiliyatga egaligini ifodalaydi. g Xalciaro darajadagi
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spew.1


-v ^miiznmg xalqaro kredit-


, .,rsa keskin bogiiqligining va moliyaviy in­to bozoridagi W^aga ^ ^
qirozning salbiy ^Sshtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 2007 -2008-yilVarda o t ^^ ^jjliy lqtisodiyotimizning yuqon in- martadan ko'proq osU0\ nl,aVOtganligiva hukumatimiz tomonidan yara- vestitsion salohiyatg3 muhit bilan bevosita bog'liqdir. Natijada 2008- tilavotgan qulay mVf^ H dollari tniqdorida xorijiy investitsiyalar vilda 1,7 milliard AVtj. triton_to'g'nja\b qUinadiganinvestitsiya-
o'zlashtirildi,^3?^Jaft) qiiingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy inves­tor ulushiga to'g n \ iQtisodiyotining rivojlanishi uchun strategik titsiyalar O'zbekiston nujwfH^ modemizatsiya qilishga yo'nalhrilgan. Svatgaegabo-lganreal^ 2009.yilda 1>8 milliard AQSH dollari-
Investitsiya dastun aou_ . olzlashtirish mo'ljallanganligi istiqbol- dan ortiq xorijiy ;arayonlari kuzatilishi kutilayotganligi-
dagi barqaror ^isodiy o s J investitsiyalarning 75% to'g'ridan- dan dalolat beradi Madg^ to-g'n keladi.
to'g'ri investitsiyalar uiusl^ dunyo bilan ikki tomonlama o'zaro Darhaqiqat, hozirgi iku^ bormoqda- Iqtisodiyotni modernizatsiya manfaatli aloqalarimiz n J jihoziash bo'yicha dasturlami amalga ailish texnik va teXlW^mlakatlaming ilg'or texnologiyalariga asoslan- osliirishimizda xorijiy max QolaVersa, jahon bozoridagi talab-
eaninvestitsiyalanga em ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning
ning pasayib bons^ivta'sir ko'rsatadi.
pksnort koiamiga Jl0tuy ,, hukurnatimiz tomonidan inqirozga qarshi
Shunga asoslangan n bo'hb, mazkur dasturda talabni
choralar dasturi ishlab ^ qator moliyaviy imliy0zlar va bar-
raa'batlantirishga y0 n ,atlarini ta'minlovchi-fchora-tabdirlar majmui
qaror iqtisodiy o'sish su
o'zaksinitopdi.

1. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot r-
an hnshlanih hirin-ketin hir neclia fa-»~i J'SniSlUr

Xulosalar
latidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazaia *7ujmnisluning bir ho-
o'tib, o'zining

dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o'tgan davr tushuniladi. Iqti­sodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to'xtab qolmaydi, balki u to'xtovsiz toiqinsimon harakat sifatida davom etadi.



    1. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o'ziga xos xusu- siyatlarga ega bo'ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg'unlik, jon­lanish, yuksalish fazalari ajratib ko'rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o'tish uchun sharoit yuzaga keladi.

    2. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushun- tiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.

Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiri- tiladi, ya'ni: urushlar, inqilobiy o'zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog'liq ravishda aholi mig- ratsiyasi, yer shari aholisi son i ning o'zgarib turishi; ijtimoy ishlab chi­qarish tarkibini tubdan o'zgartirishga qodir bo'lgan texnologiya, tad- qiqotlar va innovatsiyalardagi qudrath o'zgarislilar.

    1. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o'ziga xos ichki omillari tug'diradi deb hisobiaydi va quyidagi omillarni ajratib ko'rsatadi: asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati; shaxsiy iste'molning o'zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); investitsiyalar, ya'ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo'naltiriladigan mablag'lar hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta'sir ko'rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o'zgarishi.

    2. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek, sof monetar nazariya, nomonetar nazariya, yetarlicha iste'mol qil­maslik nazariyasi, jamg'arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi.

    3. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta'kidlanadi. Ularning ko'pchilik iqtisodchilar to­monidan tan olingan eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets, Kondratev sikllarini keltirish mumkin.

    4. Iqtisodiy inqiroz, deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro'y bersada, ularni umumiy, o'xshash tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: xo'jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko'ra umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilisliini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko'ra davriy, orahq, nomuntazam inqirozlar; takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsi.figa ko'ra ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlari.

    5. 2008-yilda dastlab, AQSH ipoteka bozorlarida namoyon bo'lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yetarlicha to'lov layoqatiga ega bo'lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo'lgan qarzdor- larga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro'y berdi.

    6. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sabablari bo'lib rivoj­langan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkiniashti­rish siyosati, ya'ni «o'z-o'zini boshqaruvchi bozor» g'oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozor- larga aralashuvining cheklanganligi; moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; noratsio- nal pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stavkasining su- mnkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashash- ning odatga va kundalik holatga aylanishi; moliyaviy institutlarning maj- buriyatlari bilan ustav mablagiari o'rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog'ozlar bo'yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berihshi va boshqalar hisoblanadi.

    7. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtiso­diyotiga ta'siri boshqa rivojlangan va ayrim qo'shni davlatlardagiga qa­raganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatiarda bu jarayon- lar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajrn- larining keskin qisqarib ketishi, ko'plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon boisa, O'zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta'siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlaming keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqa­rishi orqali namoyon bo'ladi.

    8. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O'zbekistonga ta'sirining jiddiy boimaganligi quyidagi yumshatuvchi omillarning mavjudligi bi­lan izohlanadi: ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'hning tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida mas'uhyatni o'z zimmasiga ohshi zarur- hgining aniq belgilab olinganligi; O'zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zamr resurslar bazasining mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste'mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o'sishining oldini olishga doir chora-tadbirlaming izchillik bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechogiiq barqaror va ishonchli ekanligi, ularning himoya mexanizm- laijning qanchalik kuchliligi.

Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy inqiroz - ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi.
Iqtisodiy sikl — ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ik- kinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon ha­rakati.
Turg'unlik (depressiya) — ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart- sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi.
Jonlanish — iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror ken- gayib borishiga o'tishini tavsiflovchi fazasi.
Yuksalish — iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to'liq bandlikka erishi- lisM, islilab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to'lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.
Tarkibiy inqirozlar — iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o'rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqti­sodiy holat.
Agrar inqirozlar — qishloq xo'jaligida ro'y beradigan iqtisodiy in­qirozlar bo'lib, siklli tavsifga ega bo'lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

      1. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishishning qanday yo'llari mavjud?

      2. Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?

      3. Iqtisodiy sikl bo'yicha qanday nazariyalar mavjud? Ekstemal va internal nazariyalarning farqi nimada?

      4. Iqtisodiy siklning ta'rifini bering va uning har bir fazasining o'ziga xos belgilarini ko'rsating.

      5. Iqtisodiy sikllarning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgi- larini ko'rsating.

      6. Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang.

      7. Inqirozlarning umumiy jihatlariga ko'ra qanday guruhlarga ajratish mumkin?

      8. Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. siklli tebranishlar vujudga keli- shining sabablarini ko'rsating.

      9. Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.

      10. Ortiqcha va taqchil ishlab chiqarish inqirozlarining kehb chiqish sabablarini ko'rsating va o'zaro taqqoslang. Ushbu inqirozlarni bartaraf etish chora-tadbirlaridagi farqlarni bayon eting.

      11. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujud­ga kelishining asosiy sabablarini tushuntirib bering.

      12. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmuni va koiamlari to'g'risida jahonning yetakchi ekspert va tahlil markazlari tomonidan qanday xulosalar chiqarildi?

      13. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlangan mamlakat- larga ta'sir yo'nalishlari va darajasini tavsiflang.

      14. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O'zbekiston iqtiso­diyotiga ta'siri nimalarda namoyon bo'ldi? Uning ta'sir oqibatlarini yum- shatuvchi omillarni izohlab bering.

20-bob. YALPI ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA
ISHSIZLIK
Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisob­lanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o'tkaziladi, yangi qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jara­yonida yangi mahsulot ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shu sabablu mamlakat miqyosida yalpi ishchi kuchining mazmuni, tarkibi, ishchi kuchi bozorini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Ushbu bobda ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo'lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xusu- siyadari bilan bog'liq muammolar, ishchi kuchi bozori va ishsizli k muam- molari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masala- larga ham e'tibor qaratiladi.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish