Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet216/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Iqtisodiy sikl fazalari

turg'unlik


* Vaqt


Milliy i, mahsulot hajmi

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o'sib boradi. Naixlar ham asta ko'tarilib, ssuda foizi o'sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmi-
19.1-chizma

ning tezlik bilan o'sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o'sib o'tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang'ich nuq- tasi hisoblanadi.


Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo'lgan talabning kengayishi ish- sizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o'sishiga ohb keladi- ki, buning oqibatida iste'mol tovarlariga to'lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o'z navbatida, iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to'planib borishidan iborat zanjirh reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo'yi­cha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil faza- larga ega bo'ladi.
19.2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikilarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikilarning kelib chiqish sabablari va ularga ta'sir ko'rsa­tuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko'ri- nishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kehshiga ohb keldi.
Ko'pchihk hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikilarning obyektiv tavsifmi tan olib, bu hodisani unga ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o'rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiri- tiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilami ajratib ko'rsatish mumkin:

  • urushlar, inqilobiy o'zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;

  • oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;

  • yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog'liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o'zgarit) turishi;

  • ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o'zgartirishga qodir bo'l­gan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o'zgarishlar.

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o'ziga xos ichki omillari ta'si­rida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirib, xizmat mud­dati tugashi va uning yangilanishi ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan iqti­sodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan bid sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o'sish boshlansa, tabiiy- ki, bu hoi mashina va uskunalar to'hq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. Shuningdek, quyidagi boshqa ich­ki omillar ham ajratib ko'rsatiladi:

  • shaxsiy iste'molning o'zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);

tf - investitsiyalar, ya'ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangi­lash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo'naltiriladigan mab­lagiar hajmi;

  • ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta'sir ko'rsatishga qara­tilgan davlat iqtisodiy siyosatining o'zgarishi.

Iqtisodiy sikharning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqah tushuntirish to'g'ri bo'lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o'zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta'siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqti­sodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator naza- riyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarim ko'rib chiqamiz.

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish