Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli



Download 61,19 Mb.
bet211/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli


Chizmada iqtisodiy muvozanatga ye nuqtada erishiladi, ya'ni aynan shu nuqtada islilab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste'mol qilingan mahsulot hajmiga (C+In)E teng keladi.


To'la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmas- ligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko'rinishida ifodalangan. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam boigan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo'lgan miqdori inflatsion farq deyiladi.
Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shun­daki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday'hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste'mol qilmasdan jamg'armaga qo'yishi mumkin. Jamg'arma «sarflar — daro- madlar» oqimidan potensial sarflarni olib qo'yish hisoblanadi. Bunda jamg'armaga qo'yilgan mablag' investitsiyalar bilan to'liq qoplansa, yal­pi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng boiadi (18.3-chizma).
Investitsion sarfiarning ko'payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o'sishiga ohb keladi. Bu o'zaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi. Multiplikator tushunchasi «ko'paytiruvchi» degan ma'noni anglatadi. Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajmining o'sishi jamiyat milliy daromadining unga nisbatan ko'proq o'sishiga olib kelishi orqah ifodalanadi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning jamg'arma va investitsiyalarni
taqqoslash usuli
Jamg 'arma (S) va investitsiya (1^) 4

S

SMMe Real ishlab chiqarish hajmi, SMM



Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot o'zgarishining in­vestitsiya sarflaridagi o'zgarishga nisbati:
w , , , Real sof milliv mahsulot o 'zgarishi
Multiplikator samarasi = ; 1
Investitsiya sarflaridagi o 'zgarish
Yoki, multiplikator koeffitsiyentini quyidagicha ifodalash ham mumkin:
k = = ■
1 -MPC MPS
Bundan kelib chiqqan holda:
Real SMMdagi o'zgarish = multiplikator koeffitsiyenti x x investitsiyaiardagi o'zgarish.
Investitsion sarflardagi o'zgarishdan tashqari iste'mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o'zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta'sir ko'rsatadi.Multiplikator samarasi ikkitaholatgaasoslanadi.Birinchidan, iqtisodiyotda bir subyekt tomonidan qilingan sarf boshqa bir subyekt tomonidan daromad shakhda olinadi. Ikkincfiidan, daromaddagi har qanday o'zgarish iste'mol va jamg'armada xuddi shunday yo'nalishda o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, jamg'arma va investitsiya darajasi ham o'ziga xos chegaralarga ega bo'lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutianadi. Klassik nazariya qarashlariga ko'ra, jamg'arma investitsiya manbai bo'hb, jamg'armaga nisbatan mo- yillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning yuksa- lishiga olib keladi.Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihat­dan rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o'zgacha kechishi ta'kidlanadi. Chunki, rivojlangan mamlakatlarda jamg'armaga bo'lgan intilish in- vestitsiyalashga boigan intilishdan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo'yilmalarning mu­qobil imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg'arishning o'sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo'shilgan samaradorligi pasayib boiadi;
ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o'sishi bi­lan jamg'armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko'ra, jamg'arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg'arma egalari muvaffa- qiyatsizlikka duchor bo'ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «te- jamkorlik paradoksi» tushunchasi orqah izohlanadi. Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milhy daro­mad hajmi va uning o'zgarishiga bogiiq bo'lmasa, hosilaviy investitsiya­lar milliy daromadning o'zgarishiga ham bogiiq boiadi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo'shimcha ravishda o'sib boruvchi hosilaviy inves­titsiyalar iqtisodiy o'sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi ro'y beradi («akselerator» tushunchasi jadallash- tiruvchi degan ma'noni anglatadi).
Hosilaviy mvestitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o'ziga xoshk shun­daki, u milhy daromadning o'sishiga qanchalik uzviy bog'hq bo'lsa, uning qisqarishiga ham shu darajada ta'sirchan boiadi. Ya'ni, iqtiso- diyotdagi daromadlarning qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan ham tezroq qisqarishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqa­rish resurslarining bandlik darajasi pasayadi. Bunday sharoitda jamg'armaga boigan moyillikning o'sishi o'z navbatida iste'molga boigan moyillik- ning pasayishini anglatadi. Iste'mol sarflarining qisqarishi esa mavjud tovar va xizmatlarning sotilmay qolishiga, ya'ni ishlab chiqarish za- xirasining ko'payisliiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo'yilmalar amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o'sishi va daromadlarning pasayishi ro'y beradi. Aholi tomonidan jamg'armaning haddan ortiq ko'paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy ja­rayonlar, ya'ni - <Chizmaning yotiq o'qida milliy daromad, tik o'qida esa jamg'arma va investitsiyalar hajmi joylashtirilgan boiib, F chizig'i iqtisodiyotdagi
to'la bandlik sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi. E'tibor beril- sa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig'i yotiq o'qqa parallel emas, balki o'sib boruvchi ko'rinishda namoyon bo'lmoqda. Bu esa, avtonom investitsiyalardan farqli o'laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga bog'liqligini ko'rsatadi.Chizmadan ko'rinadiki, iqti­sodiyotdagi jamg'arma hajmi S dan Sj ga qadar o'smoqda. Natijada jamg'armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan E( ga ko'chdi. Biroq, bu o'sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi ON ning Et nuq- tadagi 0Nt hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda in­vestitsiya hajmi ham EN darajadan E^N, darajaga qadar qisqardi. yerE0E nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil bo'luvchi uchburchak yuzasi jamg'arma hajmining o'sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqa- rishini, EE0 kesma esa investitsiyalarning qisqarishini ko'rsatadi. Aynan shu holat, ya'ni jamg'armalarning o'sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanathk darajasini aniqlashda yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash, jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usullaridan tashqari balans usuli, xarajat va natijalarni taqqoslash usu- lidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotning turli tomonlari o'rtasidagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish