Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi


-MAVZU. SAMARQAND AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SALTANATINING POYTAXTI



Download 0,92 Mb.
bet5/16
Sana01.05.2023
Hajmi0,92 Mb.
#933747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi

4-MAVZU. SAMARQAND AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SALTANATINING POYTAXTI
Reja:

  1. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxti

  2. Amir Temur tomonidan Samarqandda olib borilgan bunyodkorlik ishlari

  3. Amir Temur davrida Samarqand shahri shuhratining yanada ortishi

AmirTemuratoqlidavlatarbobi, iste’dodliharbiyqo‘mondonvadiplomat, ilmvasan’athimoyachisisifatidaalohidaajralibturadi. PoytaxtiSamarqandbo‘lgan, ulkandavlathukmdorio‘tkirzehnvaidroksohibibo‘libo‘zdavlatinimohirlikbilanboshqargan. Shuboisdanhammamlakatdatinchlikvaxotirjamlikhukmsurgan. Savdovahunarmandchiliknihoyatdarivojtopgan. Uhamishaadolattarafdoribo‘lgan, ilm, madaniyatvasan’atahliniqadrlaganhamdaularningijodiniqo‘llab-quvatlagan.


XIV asr ikkinchi yarmida mo‘g‘ullar istibdodi tugatildi. Bu hodisa qobiliyatli sarkarda va davlat arbobi, Markaziy Osiyoda kuchli va markazlashgan davlatni tuzishga muvaffaq bo‘lgan Amir Temurning siyosat maydoniga kirib kelishi tufayli sodir bo‘ldi. Amir Temurning Movarounnahrni ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan tadbirlari uning shaharlarining qaytadan tiklanishiga va yuksak darajada rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Samarqand Amir Temur davrida u tuzgan imperiyaning poytaxtiga aylantirildi. Bu davrda shahar qiyofasi, undagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi.
Geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan Samarqand qit’alararo o‘tadigan Buyuk ipak yo‘lining tarixiy chorrahasida edi. Bundan tashqari, Samarqandning mo‘tadil ob-havosini, zilol suvlarini, unumdor tuprog‘i, mard va shijoatli xalqi ham Amir Temurni o‘ziga rom qilgan bo‘lsa ajabmas.
Amir Temur Samarqandga kelganida, bu yerda mug‘ullar istilosidanna mudofaa devorlari va na biror bir hashamatli bino saqlanib qolgan edi. Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilari Samarqandning qadimgi o‘rni - Afrosiyobni shu darajada vayron qilgan ediki, u yerda hayot kechirishning imkoni yo‘q edi. Bu bosqindan omon qolgan aholi shaharning janubidagi rabotda istiqomat qilardi. Amir Temur Chingizxon buzgan Afrosiyobni qayta tiklashdan ko‘ra yangi shahar bunyod qilishni ma’qul ko‘radi.
1370- yilning kuzida Amir Temur Samarqandda katta qurultoy chaqiradi va unga barcha amirlar, beklar, lashkarboshilar, olimu ulamolar, shariat peshvolarini chorlaydi. Qurultoyda milliy davlatchilikni qayta tiklash va rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilinadi. Qurultoyda poytaxt Samarqandda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga ham alohida e’tibor beriladi. Shu bois amir Dovud devondagi mansabiga qo‘shimcha ravishda Samarqand dorug‘asi etib tayinlanadi. Amir Oqbug‘o Samarqanddagi qurilishlarga ketadigan xarajatlar bo‘yicha mutassaddi qilinadi. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Amir Temur bunyod qilinadigan shahar atrofini baland va mustahkam mudofaa devori bilan o‘rash haqida farmon chiqargan.
Amir Temur Samarqandni qayta qurishda, shahar istehkomlari, uning obodonchiligi, farovonligi va xushmanzaraligiga alohida e’tibor beradi. Davlatni yaxshi boshqarish uchun devonxona - Arki a’lo zarurligini yaxshi bilgan sohibqiron uni shaharning g‘arbiy tomonidagi tepalik ustida barpo qilishga kirishadi. O‘ttiz to‘rt gektar maydonni egallagan ark ikki qator mudofaa devori bilan o‘ralgan. Mudofaa devorining tashqi tomonidan chuqur va keng xandaq qazilib, u Novadon arig‘ining suvi bilan to‘ldirilgan. Arkning ichi ikki qismga ajratilgan bo‘lib, uning shimoliy tomonida ma’muriy binolar hamda harbiy maqsadda foydalaniladigan inshootlar joylashtirilgan. Janubiy qismida esa zodagonlarning turar joylari qad rostlab turgan.
Arkning ichida Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy nomli ikki ajoyib, hashamatli qasrlar ko‘kka bo‘y cho‘zgan. Ko‘ksaroy to‘rt qavatli bo‘lib, uning moviy gumbazi uzoq-uzoqlardan ko‘rinib turgan. Ko‘ksaroy haqida Mirzo Bobur «Boburnoma» asarida bunday yozadi: «Samarqand arkida Temurbek bir ulug‘ ko‘shk solibtur, to‘rt oshyonlik, ko‘k saroyga mavsum va mashhur va bisyor oliy imorattur». Ko‘ksaroyda Amir Temurning taxti, xazinasi va boy kutubxonasi saqlangan. Bu yerda sohibqiron xorijdan kelgan elchilarni hamda saroy a’yonlarini qabul qilgan. Amir Temurdan keyin ham Ko‘ksaroy Temuriy hukmdorlar uchun rasmiy saroy vazifasini o‘tagan.
Samarqand shahri bosh reja asosida qurilgani bois Bo‘stonsaroy, Ko‘ksaroy, Qutbi Chohordahum, Ruhobod va Amir Temur maqbarasi, Muhammad Sulton madrasasi va xonaqohlari bir qatorda joylashgan. Bu binolarning yuksak va mahobatli ko‘rinishi Samarqandga alohida ko‘rku tarovat, ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Tarixiy manbalarda shaharda maydonlar, hovuzlar, favvoralar, ko‘chalar, masjid va madrasalar barpo qilingani haqida ma’lumot beriladi. Samarqand shahristoni ham mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga oltita darvoza orqali kirilgan. Mudofaa devorining shimoliy qismida Shayxzoda va Temir darvoza (Ohanin) bo‘lgan. Sharqiy tomonda esa Feruza darvozasi qurilgan.
Amir Temurning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan Samarqandda 20 dan ziyod mahobatli me’morchilik inshootlari barpo qilingan. Bu inshootlarning loyihalarini shaxsan Amir Temurning o‘zi ko‘rib chiqib, zarur o‘zgartirishlar kiritgani, loyihalar mukammal holatga keltirilganidan so‘nggina tasdiqlangani to‘g‘risida Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiy kabi tarixchilar qayd etganlar. Oqsaroy, Ruhobod, Amir Temur, Bibixonim, Qutbi Chohardahum, Shohi Zinda kabi maqbara majmualari, Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy kabi qasrlar, Jome masjid, Tuman oqa xonaqohi, Bibixonim va Muhammad Sulton madrasalari shaharga salobat bag‘ishlagan.
Amir Temurning sharq shaharsozligiga kiritgan yana bir katta yangiligi Samarqandning ichkari va tashqarasida biri-biridan go‘zal, bahavo 12 ta bog‘-saroyning barpo qilinganida yaqqol ko‘rinadi. Bu bog‘larning markazida hashamatli ko‘shklar ham barpo qilingani uchun ular bog‘-saroylar, deb atalgan. Bog‘-saroylarning nomlari, joylashgan o‘rni va tuzilishi haqidagi ma’lumotlar, asosan, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy va ispan elchisi Klavixo asarlarida qayd etilgan.
Bog‘-saroylarni bezashda o‘sha zamonning mohir va qo‘li gul ustalari, naqqosh, duradgor hunarmandlari, musavvirlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Bog‘-saroylarning devorlariga Eron, Dashti Qipchoq va Hindistondagi janglavhalari, Amir Temurga elchilar tomonidan sovg‘a keltirish marosimlari, ov manzaralari va sayllar, bazm sahnalari chizilgan.
Samarqand shahrining ichida va atrofida barpo qilingan Bog‘i Naqshi Jahon, Bog‘i Behisht, Amirzoda Shohruh bog‘i, Bog‘i Bo‘ldu, Bog‘i Jahonnamo, Bog‘inav, Bog‘ishamol, Davlatobod kabi bog‘-saroylar XIV-XV asrlardagi Sharq shaharsozligi va me’morligidagi yangi hodisa edi. Bu tajriba keyinchalik Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda ham temuriy hukmdorlar tomonidan keng yoyilgan.
Samarqand, alohida maqomga ko‘ra, davlat ichidagi davlatga o‘xshar edi. Alohida muhtasiblar bozorlardagi tartib-qoidani, tozalikni, tarozi toshlarining to‘g‘riligini, narx-navoni nazorat qilib borgan. Yana bir guruh muhtasiblar esa shariat qonunlari bajarilishini va vaqf ishlarini kuzatib borgan. Shu bois ispan elchisi Klavixo quyidagilarni yozgan: «Samarqandda qonunga qattiq rioya qilinadi, janob (Amir Temur)ning ruxsatisiz bir kishi ikkinchi kishini xafa etishi yoki birovga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas».
Tabiiyki, Amir Temur davridagi Samarqandni ilm-fan, san’at va madaniyat, ma’naviyat rivojisiz tassavur qilib bo‘lmaydi. Amir Temur yuksak madaniyat va ma’naviyat homiysi bo‘lgani uchun bepoyon davlati hududlaridan olimlar, shoirlar, musavvirlar, musiqachilar, me’morlar, iqtidorli usta, hunarmandlarni Samarqandga chorlaydi. Ularga g‘amxo‘rlik qiladi. Amir Temurning o‘zi, xotinlari, o‘g‘il va nabiralari Samarqandda muhtasham madrasalar, xonaqohlar, bog‘ va hammomlar bunyod qiladi. Ana shunday qulay sharoit tufayli Samarqand XIV-XV asrlarda Sharqning ulkan ilm-madaniyat markaziga aylanadi.
Amir Temur davrida bu yerda Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy, Nu’moniddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, Olovuddin Koshiy, Jalol Hiriy, Xo‘ja Muhammad Zohid kabi mashxur olimlar yashab ijod qilgan. Bu davrda Samarqand Abdulmalik Samarqandiy, Ismat Buxoriy, Bisotiy, Lutfulloh Nishopuriy singari shoirlari bilan she’riyat olamida dong taratgan. Agarda Amir Temur davrigacha Samarqandda fors tilli nazm rivojlangan bo‘lsa, Sohibqiron va uning vorislari davriga kelib esa turkiy tildagi she’riyat ham yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan. Chunonchi, To‘g‘li Xo‘ja, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Xalil Sulton kabi shoirlar turkiy she’riyatni rivojlantirgani ma’lum.
Arki a’loning ichidagi Ko‘ksaroyda sohibqironning bir necha ming nusxa noyob qo‘lyozmalarni o‘zida jamlagan ulkan kutubxonasi bo‘lgan. Bu yerda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan xattotlar, miniatyurachi rassomlar, qo‘lyozmalarni bezaydigan naqqoshlar, muqovachilar mehnat qilgan. Ular noyob kitoblarni Samarqand qog‘oziga ko‘chirgan, yangi kitoblarni esa ko‘p nusxada ko‘paytirgan. Shu sababli Amir Temur kutubxonasini o‘sha davrning noyob ijodiy ustaxonasi edi, deyish mumkin. Sohibqironning nabirasi Boysunqur Mirzo bobosidan ibrat olib, 1420 yili Hirotda xuddi shunday kutubxona tashkil qilgan. Umuman, Amir Temur, Boysunqur Mirzo va Mirzo Ulug‘beklar davrida Samarqand hamda Hirotda yaratilgan noyob kitoblar bugungi kunda dunyoning mashhur kutubxonalari va muzeylarida saqlanmoqda.
Samarqand rang-tasvir san’ati XIV-XV asrlarga kelib jadal rivojlanadi. Ayniqsa, devoriy, syujetli va manzarali rangtasvir ravnaq topadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, musavvirlar saroy devorlariga Sohibqironning hayoti va faoliyati, oila a’zolarining turmush tarziga hamda aslzodalar turmushini aks ettiradigan rang-barang suratlar chizgan. Bu suratlarda Amir Temurning olimu ulamolar, elchilar bilan qurgan suhbatlari tasvirlangan. Shahardagi Shirinbeka oqa, Tuman oqa va Bibixonim maqbaralarining ichki devorlari manzarali lavhalar bilan bezalgan. Ganchdan qilingan oq fonga ko‘k buyoqlar bilan chizilib, oltin suvi yuritilgan bu manzaralar barchani lol qoldirgan. Maqbaralar devorlariga chizilgan manzarali rangtasvirda, asosan, afsonaviy jannat bog‘lari tasvirlanganini tadqiqotchilar qayd qilganlar. Amir Temur davrida paydo bo‘lgan manzarali rangtasvir san’ati an’analari XVII asrda yangi bosqichga ko‘tarilib, Yalangto‘shbiy Bahodir bunyod qilgan Sherdor va Tillakori madrasalari peshtoqida o‘z ifodasini topgan.
Temuriylar davrida miniatyura san’ati ham tez taraqqiy qildi. Bu san’at turi qo‘lyozmalarni badiiy bezash ishlari bilan uyg‘un holda kamol topib borgan.
Samarqand milliy miniatyura san’ati rivojida musavvir Abulhayning xizmatlari katta bo‘lgan. Abdulhay 1396 yildan boshlab Samarqandda yashagan va ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Uning shogirdlaridan Pir Ahmad Bog‘ishamoliyning nomi bizga yaxshi ma’lum. U Amir Temur barpo ettirgan Bog‘ishamol bog‘idagi ko‘shkni bezashda ishtirok etgan va bog‘ning nomini o‘ziga taxallus qilib olgan.
Amir Temur davrida yaratilgan noyob miniatyuralar bugun Istambul, Parij, London, Vashington, Sankt-Peterburg kabi shaharlarning muzey hamda kutubxonalarida saqlanmoqda.
Amir Temur va temuriylar davrida Samarqand kulolchiligida badiiy sopolchilik alohida ajralib turgan. Rang-barang bezaklar, buyoqlar bilan bezatilgan idish-tavoqlar kundalik ro‘zg‘or idishlaridan ko‘ra ko‘proq san’at namunalariga yaqin turgan. Shu o‘rinda buyuk nemis shoiri Gyotening «Madaniyati yuksak bo‘lgan xalqlarning ro‘zg‘or buyumlari ham san’at asarlariga aylanib ketadi» degan gaplarini eslash o‘rinli. Amir Temur va temuriylar davri badiiy kulolchiligiga nazar soladigan bo‘lsak, bu davrda yangi uslublar, shakllar, bezaklar kashf qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Samarqand kulollari mahalliy koshin asosida oq-sutrang xom ashyo yaratib, unga kobalt bilan surat chizishni kashf qilishadi. Bunday usulda yasalgan idishlar jarangi va nafisligi bilan xitoy chinnisidan qolishmagan. Bu davrdagi kulolchilik idishlari XII-XIII va XVI-XVIII asrlardagi sopol idishlardan alohida ajralib turadi va O‘rta Sharq kulolchiligida o‘z o‘rniga ega. Shu sababli bu uslub hunarmandchilik tarixida «temuriylar uslubi» degan nom bilan alohida belgilangan.
Metallga badiiy ishlov berish san’ati Amir Temur davlatida, ayniqsa, poytaxt Samarqandda juda rivojlangan tarixiy manbalarda va keyingi davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qayd qilingan. Mohir ustalar oltin, kumush, mis va bronzadan har xil idish-tovoqlar, shamdonlar, qurol-yarog‘lar yasagan. Qimmatbaho metallardan ishlangan idish-tovoqlar, qadah, ko‘za va oftobalar Amir Temur uyushtirgan sayl, bazm, to‘ylarda hamda elchilarni qabul qilish marosimlarida ishlatilgan. O‘sha davrda yasalgan qandillar juda hashamatli, qimmatbaho bo‘lganini tarixchi Ibn Arabshoh yozib qoldirgan.
Registon maydonida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar paytida topilgan 60 dan ziyod metall buyum XIV-XV asrlardagi Samarqand chilangarlik maktabining yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganini yaqqol isbotlaydi. Bu yerda topilgan bronza va misdan yasalgan ko‘zalar, oftobalar, laganlar, kosalar, shamdonlar, eshik dastalarining sirtiga ustalar nozik kumush iplardan ajoyib naqshlar solganki, ular jilosi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur davrida Samarqandda zargarlik, shishasozlik, sangtaroshlik, temirchilik ham yaxshi rivoj topgan. Ularning ayrim namunalari dunyoning turli muzeylarida saqlanmoqda.
Temurning harbiy yurishlari, bazm, sayl va to‘ylari, qabul marosimlari musiqasiz o‘tmagan. Samarqandda iste’dodli bastakorlar, sozandalar, xonandava raqqoslar yashab ijod qilgan. Mashhur bastakorlardan biri-Abdulqodir Marog‘iy (1340-1435) bo‘lgan. Sohibqiron dovrug‘ini eshi­tib, bu musiqachini Bag‘doddan Samarqandga ko‘chirib kelgan. Xo‘ja Ab­dul­qodir Marog‘iy 200 dan ortiq asar va usul yaratgani ma’lum. U Musiqa nazariyasiga oid «Maqosid ul-alxon», «Jome ul-alxon», «Kanz ul-alxon», «Sharq ul-advor» kabi asarlar muallifi bo‘lishi bilan birga, barcha maqomlarga yangi bo‘limlar kiritgan bastakor hamdir. Aynan shu davrlarda Samarqandda Abdullatif Damg‘oniy, Mahmud Xorazmiy va Jaloliddin Xorazmiy kabi xushovoz xonandalar yashagani ma’lum.
Samarqandda yog‘och o‘ymakorligi ham taraqqiy qilgan. Yong‘oq va tut kabi pishiq yog‘ochlardan yasalgan eshiklarning sirtiga geometrik va o‘simliksimon naqshlar solingan, husnixat bilan ishlangan yozuvlardan esa qo‘shimcha bezak sifatida foydalanilgan. Samarqanddagi Shohi Zinda va Amir Temur maqbaralariga o‘rnatilgan yog‘och eshiklar yuksak darajadagi san’at asarlari sifatida qadrlanadi. Ularning ayrim namunalari bugungi kunda Angliyada, Nyu-Yorkdagi metropoliten, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeylarida saqlanmoqda.
Qisqacha aytganda, Amir Temur oz fursat ichida Samarqandda san’at va madaniyatni shaharsozlikni, me’morchilikni yuksak cho‘qqilarga ko‘tardi. Bu yerdagi madaniy jarayonlarning dunyo olimlari tomonidan «Temuriylar Renessansi» deya baholanishi ularning umumbashariy tafakkur rivojida qanchalik ulkan ahamiyat kasb etganining haqqoniy e’tirofidir.
Sohibqiron Amir Temurdan so‘ng bobosining bunyodkorlik, homiylik ishlarini davom ettirib, Samarqandning, umuman, temuriylar davlatining shon-shuhratini yuksak cho‘qqilarga ko‘targan Mirzo Ulug‘bekdir.
U 1411- yildan 1447- yilgacha Movarounnahrni o‘zi boshqargan bo‘lsa-da, lekin tangalarni otasi Shohruh nomidan zarb qildiradi, juma namozidagi xutbaga ham uning nomi qo‘shib o‘qiladi.
Amir Temurdan keyin poytaxt Samarqandning obodonchiligi, ilm-fani va madaniyatining gullab-yashnashi borasida eng katta xizmat qilgan temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bek hisoblanadi. Tarixiy manbalarda Ulug‘bek davrida Samarqand hayoti xuddi Amir Temur davridagidek davom etgani haqida yozilgan. To‘ylar, bayramlar avvalgidek kuy-qo‘shiqlar bilan o‘tgan. Mirzo Ulug‘bek islom dini va ilm-fani taraqqiyoti yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Uning shaxsiy tashabbusi bilan hozirgi Registon maydonida hashamatli madrasa, Muqatta masjidi va xonaqoh barpo qilingan, shu xudud atrofida karvonsaroy va hammom qurilgan. Bundan tashqari, Ulug‘bek sohibqiron bobosiga taqlid qilib, Cho‘ponota tepaligining g‘arbiy etagida Bog‘imaydon va Chinnixona nomli ikkita bog‘-saroy bunyod qildirgan.
1417-1420 yillarda qurib bitkazilgan Ulug‘bek madrasasining birinchi mudarrisi Mavlono Xavofiy bo‘lgan. Keyin bu madrasaga uzoq vaqt mobaynida mashhur alloma Qozizoda Rumiy mudarrislik qilgan. Tarixiy manbalarda Qozizoda Rumiyning ma’ruzasini eshitish uchun Abdurahmon JomiyHirotdan Samarqandga maxsus kelgani aytilgan.
1420- yilda Obi Rahmat arig‘ining yoqasida rasadxona qurilishi boshlanadi. Silindr shaklli, uch qavatli bu inshoot 9 yil mobaynida qurilgan. Qurilish tugashi bilanoq, binoda ilmiy ishlar boshlanadi. Bu yerda Mirzo Ulug‘bek boshchiligida Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy kabi mashhur olimlar kechayu kunduz yulduzlar ilmi bilan shug‘ullanadi. Rasadxonada olib borilgan uzoq va mashaqqatli ilmiy kuzatishlarning natijasida «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», ya’ni «Ko‘ragoniyning yangi jadvali» nomli fundamental asar yozib tugallanadi.
Tarixiy manbalarda aytilishicha, Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda 100 dan ziyod yetuk alloma ilm-fanning turli sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Mirzo Ulug‘bek yaratgan bu ilmiy maktab fan tarixiga «Dorul Hikma» («Donishmandlar uyi») nomi bilan kirgan.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandga Xitoy va Tibetdan bir necha bora elchilar kelgan. O‘z navbatida Ulug‘bekning elchilari ham Xitoyga borgan. U hukmronlik qilgan davrda poytaxt Samarqand, Mova­rounnahr xalqining iqtisodiy ahvoli birmuncha yaxshilangani ma’­lum. Ulug‘bek, xuddi bobosi Amir Temur kabi, «tamg‘a» solig‘ini joriy qi­lib, boshqa soliqlarni yengillashtirdi. Ulug‘bekning adolatli siyosati tufayli 1449- yilgacha Movarounnahrdabiror marta ham xalq qo‘zg‘oloni bo‘lmagan.
“Temur va uning saltanati”, “Amir Temur davlati”, “Samarqandga, Temur davriga sayohat” kitobining muallifi, Parijdagi Temuriylar davri tarixi va san’atini o‘rganish bo‘yicha assosiatsiyaning asoschisi va prezidenti, professor Lyusyen Keren 1961-yilda YuNESKO dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga, Samarqandga keladi:” U paytlarda o‘zbeklarning uyida mehmon bo‘lganimda Amir Temur haqida ko‘p gapirilmasdi, ammo men har doim ularning qalbidagi hayajonni his etardim va buning sababini tushunmasdim, - deb xotirlaydi Lyusyen Keren – Nihoyat, mening orzuim ushaldi va men Samarqandni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bu yerdagi mahobatli inshootlarni ko‘rib lol qoldim. Eshitganlarimdan ko‘rganlarim ming karra ortiq bo‘lib chiqdi. Shuni anglab yetdimki, bunday muhtasham saroylar va maqbalarni faqat buyuk davlatda faqat dono yo‘lboshchi rahnomaligida barpo etish mumkin”.
Xulosa qilib aytganda, Samarqand shahrining 2750 yillik tarixidan 130 yili temuriylar saltanati poytaxti sifatida shonu shav­kat­ga yo‘g‘rilgan holda o‘tdi. Ayniqsa, Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek hukmron­ligi davrida bu yerda bunyodkorlik, ilm va madaniyat misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, keyinchalik bu davr butun dunyoda «Temuriylar Renessansi» deb nom oladi. Shu sababli Samarqand 1370- yildan to 1500- yillargacha bo‘lgan davr shahar tarixining eng yorqin sahifasiga aylandi.



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish