Sh. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi


-Mavzu: Samarqand va Buyuk Ipak yo‘li



Download 0,92 Mb.
bet9/16
Sana01.05.2023
Hajmi0,92 Mb.
#933747
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
SH. S. G‘offorov I. G‘. Sattarova samarqand tarixi

8-Mavzu: Samarqand va Buyuk Ipak yo‘li.

Buyuk Ipak yo‘lining insoniyat taraqqiyotida ulkan o‘rni bor. Bu yo‘l tufayli Sharq yashaydigan xalqlar G‘arb madaniyatidan, G‘arbda yashaydigan xalqlar esa Sharq madaniyatidan boxabar bo‘ldilar. Qaysidir bir mamlakatda qilingan kashfiyot bu yo‘l tufayli butun insoniyatga yetib bordi. Bu yo‘l yoqasida barpo qilingan shaharlar, karvonsaroylar, qal’a va qasrlar hamda manzilgohlarda insoniyatning bir necha ming yillik tarixi mujassamdir. YuNESKOning sobiq bosh direktori Federiko Mayor: “Qachonlardir dengizlar va dashtu sahrolarni kesib o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li insoniyat yaratgan har xil sivilizasiyalar o‘rtasidagi muloqot va bir-birlarini madaniy jihatdan o‘zaro boyitish uchun noyob imkoniyatlar eshigini ochgan edi. Aynan bugun o‘sha tarixiy muloqotni qayta tiklash insoniyat oldida turgan eng dolzarb vazifadir” degan edi.


Ushbu fikrlardan kelib chiqib, BMTning YuNESKO qo‘mitasi o‘zining Bosh konferensiyasi XXIV sessiyasida 1989-1999-yillarni “Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” nomli keng ko‘lamli ilmiy-madaniy xalqaro loyihani amalga oshirishga qaror qildi.
1991 yilning aprel-may oylarida “Cho‘l yo‘nalishi” nomli loyiha amalga oshirildi. Xorijiy 30 davlatdan kelgan olimlar, jurnalistlar va boshqa soha vakillari ikki oy mobaynida Markaziy Osiyodagi besh respublika hududlari bo‘ylab safarga chiqdilar. Turkmanistonning Ashxobod shahridan boshlangan bu xalqaro ekspedisiya Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida yakunlandi.
Shu davr mobaynida Urganchva Olma-Ota shaharlarida 2 ta xalqaro seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda jahonning taniqli olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ikki oy mobaynida ekspedisiya ishtirokchilari Marv vohasi, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Sug‘d, Qadimgi Horazm hamda Qoraqalpog‘iston, Shosh, Ustrushona, Tohariston, Farg‘ona, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istonda saqlangan noyob arxeologik yodgorliklar va moddiy-madaniyat namunalari bilan tanishdilar.
Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish borasida YuNESKO tomonidan tashkil etilgan xalqaro ekspedisiyalarga misol tariqasida, 1987 yili Istanbul-Pekin o‘rtasida uyushtirilgan “Marko Polo izidan” ekspedisiyasini, Buyuk Ipak yo‘lini dengizlar orqali o‘tgan marshrutlarini o‘rganishga bag‘ishlangan, 1990 yilning 23 oktyabridan 1991 yilning yanvarigacha o‘tkazilgan ekspedisiyani, 1992 yili Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan ekspedisiyani misol qilish mumkin. Bu borada tashkil etilgan xalqaro konferensiyalarga misol tariqasida, 1990 yilning oktyabrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyoda qadimda va o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘lining shakllanishi va rivojlanishi”, 1994 yili Kiprda o‘tkazilgan “Ipak yo‘li yoqasidagi xalqlarning eposlari”, 1996 yili Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi: madaniy turizm va O‘zbekiston merosining tiklanishi”, 2000 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Buyuk ipak yo‘li – 2000” kabi xalqaro ilmiy konferensiyalarni e’tirof etishimiz mumkin.
YuNESKO yuqoridagi loyiha doirasida dunyoning turli mamlakatlarida bir necha ilmiy tadqiqot markazlarini barpo qildi. Bularga misol tariqasida “Dengizlar orqali o‘tgan Ipak yo‘lini o‘rganish Markazi (Fuchjou shahri, Xitoy), Buddashunoslik Ilmiy markazi (Kolombo shahri, Shri-Lanka) Ipak yo‘lini o‘rganish instituti (Nara shahri, Yaponiya) aytish mumkin.
Buyuk ipak yo‘lining eng serqatnov qismida joylashgan Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Buni shundan ham bilsa bo‘ladiki, so‘g‘d tili Ipak yo‘lida xalqaro til vazifasini bajargan. Sharq va G‘arblik savdogarlar, karvonboshilar, tijoratchilar so‘g‘d tili orqali bir-birlari bilan muloqot qilishgan. Shu sababli, Samarqandda savdo sotiqqa, tijoratga katta e’tibor berilar edi. Milodiy 7 asrda Samarqandga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Vey Sze bu shaharliklar haqida: “Kan (Samarqand podsholigining xalqi mohir savdogardirlar. Oilada o‘g‘il tug‘ilib 5 yoshga yetganida unga ‘xat-savod o‘rgatilar, u savodli bo‘lgach unga savdo-sotiqni o‘rgatishga jalb etilar, savdodan foyda olish ajoyib qobiliyat hisoblanadi”-deb yozadi. Boshqa bir tarixchining yozishicha, Samarqandda oilada o‘g‘il tug‘ilsa, uning kaftiga oltin tanga yopishtirib, tiliga asal yalatish odati bor ekan. Bu bilan yosh go‘dakka, tiling asaldek shirin bo‘lib, qo‘lingdan doim pul arimasin, deya tilak bildirilarkan. Bu faktlar Samarqandda savdogarchilik va tijoratchilik yuksak darajada qadrlanganligini ko‘rsatib turibdi.
So‘g‘d savdogarlari vatanlaridan uzoqlarda, ya’ni, Yettisuv, Sharqiy Turkiston va Xitoyda juda ko‘plab kichik savdo shaharlari qurishgan. Bu shaharchalarning aholisi savdo-sotiqni hamda sug‘d madaniyatini chekka mamlakatlarga tarqalishga katta hissa qo‘shishgan.
Qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi uchun Samarqand qadimda dunyoning eng boy shaharlaridan biriga aylangan edi. Bu shaharning xazinalari, saroylari va ibodatxonalari oltin, kumushu zarlarga to‘la edi.
Samarqandda somoniylar, qoraxoniylar va xorazmshohlar davrida ham savdo-sotiq tez sur’atlar bilan rivojlandi. Bu davrda samarqandlik savdogarlar o‘z mollarini dunyoning yirik shaharlariga eltib sotishgan.
Amir Temur va temuriylar davriga kelib esa samarqandlik savdogarlarning Buyuk ipak yo‘lidagi faoliyatlari yanada kuchayib ketdi. Davlatni qudrati va farovonligini oshirishda savdo-sotiqning ahamiyati katta ekanligini yaxshi anglagan Amir Temur Buyuk ipak yo‘lining taraqqiyotiga katta e’tibor berdi. Sohibqiron savdo yo‘lidagi qaroqchilarni yo‘qotdi, karvon yo‘llarining yoqasida yangi-yangi karvonsaroylar, sardobalar, daryolar ustiga ko‘priklar qurdirdi. Yirik shaharlarda shinam bozorlar va timlar qurdirdi. Shu sababli, Amir Temur davrida Samarqand bozorlarida dunyoning turli tillarida so‘zlashuvchi, har xil dinlarga sig‘inuvchi savdogarlarni ko‘rish mumkin edi.
Samarqandlik hunarmandlar qimmatbaho metallardan yasalgan idish-tovoqlar, qurol-yarog‘lar, kiyim-kechaklar, egar-jabduqlar, teridan tikilgan kiyimlar, o‘tovlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan turli-tuman bezaklar, taqinchoqlar tayyorlashgan va ular dunyo bozorlarida xaridorgir edi. Ayniqsa Samarqandning nafis va pishiq qog‘ozlari juda qadrlangan. Boldek shirin mevalarinig ta’rifi yetti iqlimga mashhur edi. Dastlab ipak yetishtirish faqatgina xitoyliklarning qo‘lida bo‘lgan, tez orada samarqandliklar ipakning sirini topishib, bu sohaning xo‘jayiniga aylanishgan va samarqandda tayyorlangan ipak matolar xitoy ipak matolari bilan bemalol raqobatlasha olar edi. Samarqandlik san’atkorlar dunyoning ko‘pgina davlatlaridao‘z san’atlarini namoyish qilishgan. Samarqandda yasalgan ko‘plab cholg‘u asboblari Xitoy va Koreyaga tez tarqalgan, vaqtlaro‘tib bu asboblar ularning musiqa asboblariga aylangan. Bulardan tashqari samarqandlik savdogarlar dunyo bozorlariga har xil buyoqlar, dori-darmonlar, otlar, tuyalar, nafis gilamlarni ham yetkazib berardilar... Shu tariqa, Samarqand tashqi dunyoni o‘z mahsulotlari bilan ta’minlar va o‘zi ham ajnabiy molu matohlardan bahramand bo‘lar edi.
Ammo 16-17 asrlarga kelib, Buyuk ipak yo‘lining taqdirida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu davrlarga kelib, Buyuk ipak yo‘lining okean va dengizlar orqali o‘tuvchi yo‘nalishlari rivojlana boshladi. Chunki, suv orqali muloqot qilish ancha arzon, tez va xatarsiz edi. Lekin o‘z maydonida dengiz yo‘llari yo‘q bo‘lgan davlatlar uchun Buyuk ipak yo‘lining quruqlikdan o‘tuvchi yo‘nalishlari hamon katta mavqyega ega edi. Samarqand orqali o‘tuvchi bu savdo-karvon yo‘li to 1868 yillargacha gavjum bo‘lib turdi. 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiyaning vassaliga aylangach, Buxoro amirligi xorijiy davlatlar bilan mustaqil aloqalar qilish huquqidan mahrum bo‘ldi. Shundan so‘ng, Ipak yo‘lining Movarounnahr, jumladan, Samarqand orqali o‘tadigan qismi batamom to‘xtab qoldi.
Oradan 1 asrdan ziyod vaqt o‘tib, 1991 yili O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Buyuk ipak yo‘li ham tiklana boshlandi. Samarqandni ham bu yo‘ldagi o‘rni yana tiklandi.
Buyuk ipak yo‘li miloddan avvalgi ikkinchi asrdan, milodiy XVI asrga qadar insoniyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, turli davlat va xalqlarni tarixiy, jug‘rofiy va madaniy jihatdan bog‘lagan xalqaro yo‘ldir. Tarixdan ma’lumki, Sug‘d, jumladan, Samarqand Buyuk ipak yo‘lining muhim strategik markazlaridan biri bo‘lgan. Chunki Sug‘d va uning poytaxtiSamarqand o‘z tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida Sharq va G‘arb xalqlarining o‘zaro munosabatlarida, ular o‘rtasida savdo va madaniy aloqalar o‘rnatishda muhim rol o‘ynagan. Buyuk Ipak yo'li tashkil topmasdan avval O'rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo'llar mavjud bo'lgan.Eng qadimgi yo'llardan biri miloddan avvalgi III—II ming-yillikda vujudga kelgan La'l yo'lidir. U Pomir tog'laridan boshlanib, Eron va Old Osiyohamda Misr orqali o'tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la'l toshi Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la'li ishlatilgan buyumlar Misr fir'avnlari. maqbaralaridan topilgan. Boshqa bir karvon yo'li Eron Ahamoniylari sulolasining yo'li bo'lib, Shoh yo'li deb atalgan. U miloddan avvalgi VI— IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O'rtayer dengizi bo'yidagi Efes. Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri —Suza bilan bog'lab turgan. Tag'in bir yo'l Eron, Baqtriya orqali So'g'diyona, Toshkent vohasi va Qozog‘iston hududidan o'tgan va Oltoygacha borgan.
Arxeologlar Tog'li Oltoydagi ko'chmanchilar zodagonlarining qo'rg'onlaridan miloddan avvalgi V—IV asrlarga oid Paziriq qo'rg'onini o'rganganda kigiz, gazlamalar, oltin, jez va_kumush buyumlar O'rta Osiyo va Eron matolaridan tikilgan kiyimlar qoldiqlarini topishgan. Barcha buyumlar yaxshi saqlangan, chunki qo'rg'onda2500 yil davomida erimagan qalin muz qatlami yuzaga kelgan edi.
Buyuk Ipak yo'li 12 ming kilometr uzunlikda bo'lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo. Eron, Mesopatamiya orqali Q'rta yer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo'lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samar-qand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlar joylashgan edi.
So'g'diyonadan Xitoyga jun, gilam,zeb-zeynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg'onadan naslli otlar, Badaxshondan la'l; Hindistondan O'rta Osiyoga ip-gazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O'rta Osiyodan Xitoyga uzum,yong'oq, anor va boshqa dehqon-chilik mahsulotlari tashilgan.
Buyuk Ipak yo'lida joylashgan me'morchilik yodgorliklarini o'rganganda har xil hunarmandchilik buyumlari, turli mamlakatlarning tangalari topilgan. Masalan, Xexmtzclan Rim tangalarj xazinasi, Afrosiyobdan Rim sopol shamdonlari, Misr muhrlari topilgan. Miloddan avvalgi 138-yili Xitoyiimperatori U Di elchi Chjan Syanni Chjan Syan ko'chmanchixunnqabilalariga tavsifida qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo'natadi. Xunnlar Xitoyningshimoliytumanlarinitalon-taroj qilaredilar. Elchi xunnlar qo'liga asir tushadi va o'n yilcha hibsda yotadi. Uasirlikdan qochib, Markaziy Tyanshandovonlariorqali Issiqko`lga chiqadi. Norin darvosi bo'ylab Farg'ona_vodiysiga keladi. Bu yerda o'zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg'ona podsholigiga qarashli ekanligini bilib bo`ladi.Tabiiyki,elchi Xitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg'ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo'ladi. Lekin Farg'ona hukmdori faqat savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish istagini bildiradi. Chjan Syan janub sari sayohatinidavom ettiradi. Oloy vodiysidan o'tib, yana xunnlar qo'liga tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko'rgan-bilganlarini so'zlab beradi. U Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va beda urug'idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar «samoyiy» deb ataganlar. Imperator U Di o'z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun.sliimoli bo'ylab ekiladigan bo'ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yongloq ekishni ham yo'lga qo'yadilar.
Shunday qilib, Chjan Syan yurgan yo'l bo'ylab miloddan avvalgi II—I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G'arbiy Osiyo bilan bog'lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo'li deb ataluvchi karvon yo'li o'tadigan bo'ldi. Farg'ona vodiysida Ipak yo'li ikki tarmoqqa bo'lingan. Birinchisi O`zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi jannhiy tarmoq bo`lib, O`zgandan O`sh, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Quxoroffa o'tgan. Asosiy karvon yo'llaridan tashqari ichki savdo yo'llari ham bo'lgan. Biri Axsidan Koson orqaliChust vohasiga o'tgan.Qurama va Oloy tog`lariqazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yo'l tarmog'ini «Oltin yo`l” deb atashgan.
Arxeologlar ibodat tartiblari bilan bog'liq jez milga qo`ndirilgan qimmatbaho toshlar qadalgan qush shaklini topganlar. Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan «Kumush yo'l» ham bo'lgan. Bu yo'l Xazar xoqonligj vaBulg`or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. Bu Buyuk Ipak yo'lining shimoliy tarmog'i hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan. Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati Buyuk Ipak yo'lining tarixi Sharq va G'arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu tarix o'zaro hamkorlik, almashish va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo'lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O'zbekiston hududi bu yo'lning chorrahasida turadi. Bu yerga turli mamlakatlar savdogarlari, hunarmandlari, olim va musiqa bilimdonlari qadami tekkan.
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo'li tufayli Sharq va G'arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo'lganlar. G'arb mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o'zlari uchun kashf qildilar. O'zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So`g`iyona gilamlar, jun gazlamalar, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bo'lgan.
Samarqandning shimoldan janubga, g‘arbdan sharqqa tomon yo‘l olgan karvon yo‘llari kesishadigan chorrahada qulay jug‘rofiy o‘rin egallagani alohida ahamiyat kasb etadi. Cha-masi, bu yo‘lning faoliyat boshlashi miloddan avvalgi II asrga borib bog‘lanadi. Aynan shu davrda diplomat va xabarchi Chjan Szyan Xitoy uchun ilgari noma’lum bo‘lgan «G‘arbiy o‘lkalar»O‘rta Osiyoni kashf qiladi. Undan ham ilgariroq, Aleksandr Makedonskiy yurishlari vaqtida yunonlar Yaksart,Sirdaryo sohillarigacha keladi. Shundan so‘ng yunon sivilizasiyasi alomatlari Xitoyga, hatto Koreyaga ham yetib bora boshlaydi. Shu tariqa ikkita buyuk yo‘l yagona va yaxlit bo‘lib birlashadi. Ularning biri yunonlar tomonidan ochilgan O‘rta dengizdan, O‘rta Osiyogacha, undan Sariq dengiz tomonga yo‘nalgan G‘arbdan keladigan yo‘l; ikkinchisi esa ko‘chmanchi xalqlar tomonidan kashf etilgan, lekin birinchi bor Chjan Szyan tomonidan tasvirlab berilgan, Xan imperiyasidan O‘rta Osiyoga kelib tutashadigan sharqiy yo‘l edi. Makedoniyalik savdogar Maes Tatianos miloddan avvalgi I asrdayoq uning Suriya shahri Hiyeopolis (Giyeropolis)dan Sera Metropolis (Xitoy)gacha bo‘lgan ulkan qismining tasvirini ilk bora tasvirlagan.
Ikki buyuk yo‘l,ikki buyuk sivilizasiya Sharq va G‘arb tamaddunlarini birlashtirish borasida O‘rta Osiyo xalqlari baqtriyaliklar, parfiyaliklar, xorazmiylar faol ishtirok etgan. Ular Turkiston vohalari va Xitoy shaharlariga o‘z sivilizasiyalarining ko‘pgina madaniy yutuqlarini olib borgan. Sug‘diylar u yerlarda ham o‘z sivilizasiyasiga asos soladi. Bu sivilizasiya turk, xitoy, tibet sivilizasiyasini boyitadi.
Sug‘diylarning Sharqqa qarab ko‘chishi miloddan avvalgi va milodning birinchi asrlari bilan aniqlanadi. Bu davrda Buyuk ipak yo‘lida o‘sha paytda faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan ipak savdosi orqali dastlabki diplomatik va madaniy munosabatlar boshlanadi. Savdoda sug‘diylar asosan vositachilik qilgan. Chunki Buyuk ipak yo‘lining muhim tarmog‘i Sug‘d, jumladan, Samarqand orqali o‘tgan.
Sug‘diylar Xitoyda buddaviylikning tarqalishida ham muhim rol o‘ynaydi. Xitoy yozma manbalarida to‘rt sug‘dlik buddaviy monax qayd etiladi. Ularning Qang‘ deb atalishiga qaraganda, samarqandlik sulolalarga mansub bo‘lgan. Ular orasidagi eng mashhuri Qang‘ Sengkuy (milodning 280 yili vafot etgan) bo‘lgan. Uning ota-onasi Sug‘ddan Hindistonga ko‘chib borgan, mashhur monax o‘sha yerda tug‘ilgan. Ota-onasining o‘limidan keyin u tarki dunyo qiladi va monax bo‘ladi. 247 yilda Nankinga ko‘chib boradi, u yerda monastir va budda maktabiga asos soladi. Qang‘ Sengkuy Janubiy Xitoydagi birinchi buddiylik targ‘ibotchisi edi. Imperator Sun Xaoning buddaviylikka o‘tishi, ko‘plab monastir va hujralar qurilishi, buddiylik asarlari va ularning sharhlarining xitoy tiliga tarjima qilinishini unga nisbat berishadi.
Ilk o‘rta asrlarda Sug‘d va Uzoq Sharq mamlakatlarining savdo va madaniy aloqalari yanada kuchayadi. Shu davrdan boshlab sug‘diylarning Buyuk ipak yo‘lining Sharqiy qismiga tinch ravishda ko‘chish jarayoni boshlangani haqida gapirish mumkin. Kuchodan to Turfongacha, Loyan va Chan’angacha (Pekin atrofida). ehtimol, Sariq dengiz va Tinch okeangachabutun Ipak yo‘li bo‘ylab sug‘diylar maskanlari paydo bo‘ladi. Bu davrda sug‘diylarning Koreya va Yaponiyaga kirib borishi, Janubi-Sharqiy Xitoyni o‘zlashtirishi haqida ma’lumotlar bor.
Sug‘diylar Xitoy uchun yangilik bo‘lgan lyutnya, arfa, ko‘ndalang nay kabi musiqa asboblarining ommalashishiga ko‘maklashadi. Xitoyda O‘rta Osiyoning turli hududlaridan jumladan, Samarqanddan va Qobuldan (Samarqand yaqinidagi viloyat bo‘lgan) borgan, Xitoyda Sao deb atalgan musiqachilar boshqa davlatlardan borgan musiqachilardan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan. Samarqand musiqasi Xitoy imperatori saroyida ijro etiladigan rasmiy musiqalar qatoriga kirgan.
Xitoyda ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvon turlaridan foydalanishda sug‘diylar, jumladan, samarqandliklar salmoqli rol o‘ynagan. Masalan, xitoyliklar uzum va vinoni, chamasi, miloddan avvalgi ikkinchi asrda Chjan Szyan Farg‘ona va Sug‘ddan olib kelganidan so‘ng bilishgan. Uzum va vino so‘zlarini xitoyliklar sug‘dcha,bu-davso‘zidan pu’-taotarzida o‘zlashtirgan, keyinchalik u yapon tiliga ham o‘tgan.
Shi (Kesh)dan borgan sug‘diylar tomonidan esa hozirgi Xitoy hududi Giyenda anchagina turarjoy maskanlari bunyod etilgan. Buyuk Ipak yo‘li Sharqiy qismining boshqa joylarida ham shunday manzilgohlar barpo etiladi. Sug‘diylar Xitoy shaharlarining ichiga ham joylashadi. Ayniqsa, Chan’an, Dunxuan, Lyanchju kabi shaharlarda sug‘diylar ko‘p bo‘lib, ular alohida jamoaga birlashib yashagan. Faqat Dunxuanning o‘zida VI asr boshida qariyb ming nafarlik sug‘diylar jamoasi bo‘lgan.
Bir so‘z bilan aytganda, sug‘diylar, jumladan, samarqandliklar Buyuk ipak yo‘lining umumiy tarmog‘iga kiradigan yangi karvon yo‘llarining o‘sishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Shu tufayli sug‘diylar tomonidan yoki ular orqali Sharqiy, Janubiy, G‘arbiy Xitoy va boshqa Uzoq Sharq mamlakatlariga diniy dunyoqarash, G‘arb olamining moddiy va badiiy yutuqlari keng yoyiladi.
Milodning VI asri ikkinchi yarmidan boshlab sug‘diylar O‘rta dengiz mamlakatlariga olib boradigan yangi yo‘llarni o‘zlashtiradi. Bunga o‘sha paytda vujudga kelgan siyosiy vaziyat sosoniylar sulolasi boshqarayotgan Eron va Turk xoqonligi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ladi. VI asrning ikkinchi yarmida Sug‘dda ipak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Uning savdosini Maniax va uning oilasi nazorat qilar edi. Maniax turk xoqoni Istaminga savdo masalasini va Vizantiyaga uni olib o‘tishni hal etish uchun Xusrav Birinchi Anushirvon huzuriga borish taklifi bilan murojaat qiladi. Lekin bitim imzolanmaydi. Bu vaziyatda turklarning vositachiligi tufayli Vizantiyaga Maniax boshchiligidagi elchilar yuboriladi. Ular Sug‘ddan ipakni Eronni chetlabo‘tgan holda olib borish va uni Vizantiyada sotish imkoniyatini kelishib olishi zarur edi. Maniax boshchiligidagi elchilar 568- yili Samarqanddan Hazar (Kaspiy) dengizini aylanib yo‘lga chiqadi. Keyin Shimoliy Kavkazning dasht va tog‘lari orqali Sebastopolis (hozirgi Suxumi) shahriga yetadi. U yerdan Qora dengiz orqali Vizantiya poytaxti Konstantinopolga kelishadi. Samarqandlik savdogar Maniaxning safari muvaffaqiyatli o‘tadi. Vizantiya imperatori turklar bilan ittifoqni mustahkamlash uchun Istamin xoqon huzuriga javob tashrifi bilan sarkarda Zemarxni yuboradi. Vizantiyalik tarixchi Menandrning ma’lumot berishicha, Vizantiya va turklar o‘rtasida keyinchalik ham elchilar boribkelib turadi. Maniaxning o‘limidan so‘ng diplomatik va savdo ishlarini olib borish Tamg‘a Tarxonga topshiriladi. Uning boshchiligidagi elchilarning eng muhim natijalaridan biri Kavkaz ipak yo‘li deb ataladigan yo‘nalishning o‘zlashtirilishi bo‘ladi. Bu yo‘l bo‘ylab Buxoro yaqinidagi Zandona qishlog‘ida tayyorlangan «Zandanachi» sug‘d matolari Vizantiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga olib borib sotiladi. Laba daryosining yuqori qismida joylashgan Xrusheva Balkadagi hamda Kislovodsk yaqinidagi Xasautdagi Shimoliy Kavkaz alanlar qabrlaridan topilgan «zandanechi»dan tikilgan kiyimlar, shuningdek, G‘arbiy Yevropa monastirlarida aniqlangan shu xildagi matolar ham bu haqiqatni tasdiqlaydi. O‘sha davrlarda Qrimda Sudak shahri tashkil topgan yoki qayta nomlangan bo‘lsa ajab emas.
Biroq bu yo‘l uzoq davom etmaydi. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarishdagi yetakchiliko‘rnidan mahrum bo‘ladi. Chunki u kabi Sug‘d ham o‘z ipak matolari bilanG‘arbda shuhrat topa boshlaydi. So‘ngra bunga Eron va Vizantiya qo‘shiladi. Xitoydan ipak keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Bu esa ma’lum ma’noda Buyuk ipak yo‘lidagi savdoga ta’sir etadi. Mo‘g‘ullar istilosi ipak yo‘lidagi harakatlarni ancha cheklagan bo‘lsa, XV—XVI asrlardagi buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar, yangi suv yo‘llarining rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalarning kashf etilishi Buyuk ipak yo‘li ahamiyatining pasayishiga sabab bo‘ldi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Sug‘d va birinchi galda Samarqand shahri Buyuk ipak yo‘li tarixida katta o‘rin tutgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, shahar aholisi ipak savdosida nafaqat vositachi, balki yangi karvon yo‘llarini ochgan dastlabki kashfiyotchilar ham hisoblanadi. Bu yo‘llar orqali ular yer kurrasining turli o‘lkalariga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar, moddiy madaniyat durdonalari bilan birga, o‘z sivilizasiyasining madaniy qadriyatlarini ham olib borgan.
Samarqand qo‘lbola qog‘ozining ilk tarixi VIII asrga borib taqaladi. Ko‘p davlatlarda Samarqandni qo‘lbola ipak qog‘oz vatani deb tan olinadi. Chunki u asosan shu yerda ishlab chiqariladi va butun Buyuk Ipak yo‘li bo‘yicha tarqalgan edi.
O‘rta asrlar davrida Samarqand hunarmandchilik, savdo, ilm-fan va madaniyatning yirik o‘chog‘i hisoblangan. Hunarmandchilikning eng asosiy sohalaridan biri yozuv qog‘ozining tayyorlanishi bo‘lgan.
Qariyib ming yildan ziyod VIII asr o‘rtalaridan XIX asr o‘rtasigacha Samarqandda o‘simlik tolalari va latta bo‘laklaridan turli navlardagi qog‘oz ishlab chiqarilgan. U juda kata hajmda Yaqin va O‘rta Sharq, Yevropa davlatlariga olib chiqilgan. Samarqand qog‘ozi bora-bora taxta va spool taxtachalar, daraxt po‘stlog‘i, papyrus kabi yozish uchun mo‘ljallangan buyumlarni foydalanishdan siqib chiqardi.
Samarqand VIII va IX asrning birinchi yarmida Yaqin va O‘rta Sharqda qog‘oz ishlab chiqarishning yagona va yirik markaziga aylandi. XI-XII asrlarda Yevropada qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ammo bu davrda ham Samarqand avvalgidek qog‘oz ishlab chiqarish markazi hisoblanardi. Tarixiy manbalarda ma’lumki, misrlik vazir Abul Fazlibnal-Furat har yili yozishmalar uchun Samarqanddan qog‘oz sotib olish uchun buyruq berardi. Samarqand qog‘ozi barcha davlatlarda juda qadrlangan. Xususan taniqli hattot sulton Ali Mashhadiy ham bir necha marta bu qog‘ozni sifatini ta’kidlagandi. Qoraxoniylar davrida, ya’ni XI asrda bu qog‘ozni mavqei biroz susayadi, lekin XII asrdan boshlab yana ko‘tariladi. Bu qog‘oz sifati bo‘yicha Yaqin va O‘rta Sharqda birinchi o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, “Samarqand sultoni”, “Samarqand ipagi” navlari taniqli bo‘lib, ular zig‘ir, latta bo‘laklaridan tayyorlanardi va yupqaligi, yumshoqli hamda ipakdek mo‘jazligi bilana jralib turadi. Qog‘oz ochiq sariq rangdan mallaranggacha jiloberadi.Qog‘ozni tayyorlashda xina va atirgulning suvidan foydalaniladi.
Samarqandda qog‘oz sanoatining rivoji unga mahalliy aholining ham talabi oshganligi bilan asoslanadi. Jumladan, turli huquqiy hujjatlar, xususiy yozishmalar, O‘rta Osiyoning klassiklari ijodi, minatyuralar uchun, Zahriddin Muhammad Bobur o‘zining asarlarida “Eng yaxshi qog‘oz Samarqandda ishlabchiqariladi” deb qayd qilgan. Qog‘oz tegirmonlari uchun suv Konigildan kelgan va Konigil Siyob arig‘I qirg‘og‘ida joylashgan. Bu yerda ko‘pgina qog‘oz juvozlari o‘rnatilgan. Keyingi davrlarda ham Samarqand qog‘ozining sifati judaoshdi, Samarqanddan Rossiyaga yuboriladigan qimmatli buyumlar orasidan joy oldi.
XX asrda “Konigilmerosi” qadimgi qog‘ozini tayyorlashishi yana njoyalshtirildi. “Konigil Meros” YuNESKOning Samarqandda yo‘qolib ketgan xalq san’at turlarini qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha hamkori hisoblanadi. Samarqandlik mohir usta Zarif Muxtorov 1998 yil 23 iyunda birinchi paxta matosidan tayyorlangan qog‘oz chiqariladi.



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish