Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruhga
boʻlinadi:
- bosma oʻquv nashrning elektron analogi – mos oʻquv bosma
nashrning elektron nusxasi;
- mustaqil elektron oʻquv nashr – bosma ekvivalentga ega boʻlmagan
oʻquv nashr;
Asosiy axborot tabiatiga koʻra elektron nashrlar quyidagi turlarga
boʻlinadi: - matnli (belgili) – asosan matnli maʻlumotni saqlaydi;
- tasviriy elektron nashr – asosan grafik tasvirlardan iborat maʻlumotlarni
saqlaydi;
- ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi;
- dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;
- multimediyali elektron nashr - turli tabiatdagi axborotning oʻzaro
bogʻlangan majmuasi.