Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlarining xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
Gumanitar bilimlarning asosiy xususiyati ularning
noformal xarakterda ekanligidadir. Gumanitar fanlar boʻyicha oʻquv
adabiyotlari asosan matnli koʻrinishda boʻlib, keng illyustrativ axborotga ega
boʻladi. Bu xususiyat elektron oʻquv nashrlari tayyorlashda qiyinchilik
tugʻdiradi, chunki bunday matnlarni oʻquv materialini gippermatnli tashkil qilish
uchun zarur boʻlgan strukturalash jarayoni qiyin boʻlib, oʻquv nashrlari
108
mualliflarining maxsus didaktik tayyorgarlikka ega boʻlishini talab etadi.
Tarixiy fanlarni oʻqitishda asosiy elektron oʻquv nashri - multimediyali elektron
darslik hisoblanadi. Uning asosini gipermatn, video va audio ilovalar,
animatsiya, katta xajmdagi illyustrativ materiallar tashkil etadi. Tarixiy fanlar
boʻyicha elektron oʻquv nashrlari koʻp funksiyali boʻlib, taʻlim oluvchilarning
turli kategoriyalariga moʻljallangan.Ularning gipermatnli strukturasi standart
oʻquv materialini maxsus oʻquv bloklari bilan toʻldirishga imkon beradi.
Masalan, informatika (kasb taʻlimi) yoʻnalishida taʻlim oluvchi talabalar uchun
moʻljallangan tarix kursi fan va texnika tarixi boʻlimini, filologlar uchun tarix
kursi esa madaniyat tarixi boʻlimlarini oʻz ichida saqlashi mumkin va
hokazo. Elektron oʻquv nashrlarni yaratishda Internet tarmogʻi katta
imkoniyatlar yaratadi. Elektron nashrlarning tabiati ularning ichida Internet
tarmogʻidagi maxsus sahifalarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat etish imkonini
beradi va talabalarning soha boʻyicha kerakli maʻlumotlarni qidirish malakasini
hosil qilishga yordam beradi. Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlari
oʻquv-uslubiy kompleks sifatida yaratilishi, yaʻni ular oʻz ichida darslik bilan
birga xrestomatiya, praktikum, lugʻat, test dasturi hamda nazorat savollari va
vazifalari bankini saqlashi kerak.
Oʻquv jarayonining asosiy turi maʻruza hisoblanadi. Maʻruza - talabalar
tomonidan oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan oʻquv materiali uchun yoʻnaltiruvchi
asos boʻlgan bilimlarni shakllantiruvchi oʻquv jarayonining tashkil qilinish
shaklidir
.
Maʻruzaning uchta asosiy turi mavjud boʻlib, ular kirish maʻruzasi,
infomatsion maʻruza va tahliliy maʻruzadir. Oʻrganilayotgan fan predmeti va
didaktik maqsadlardan kelib chiqib, maʻruzalarninng quyidagi shakllaridan
foydalanish mumkin: muammoli maʻruza, visual maʻruza, press-konferensiya
maʻruza va hokazo. Maʻruzalarda qoʻllaniluvchi elektron oʻquv nashrlari bayon
etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish,
maʻruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak.
Nazariy materialni oʻrganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elektron
oʻquv nashlaridan foydalanish mumkin:
109
Video maʻruza. Maʻruza videokamera yordamida yozib olinadi.
Ushbu maʻruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish
mumkinlgi va qiyin joylariga toʻxtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.
Multimedia maʻruza. Mustaqil taʻlim uchun oʻrgatuvchi interaktiv
dasturlar yaratilishi mumkin. Bunday oʻquv qoʻllanmalardan foydalanishda har
bir talaba oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrganish traektoriyasini, optimal oʻrganish
tempini va usulini tanlashi mumkin. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi koʻp jihatdan
nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham koʻtarilishi mumkin.
Anʻanaviy nashrlar: elektron maʻruza matnlari, tayanch konspektlar,
nazariy materialni oʻrganish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va hokazo.
Amaliy mashgʻulot – nazariy bilimlarni manbalarni muhokama qilish va amaliy
masalalarni yechish orqali mustahkamlashga qaratilgan oʻquv jarayonining
tashkil etilish shaklidir. Amaliy mashgʻulotlarda foydalanuvchi elektron oʻquv
nashrlari oʻrganuvchiga mavzu boʻyicha, mashgʻulotni oʻtkazish tartibi va
maqsadi toʻgʻrisida maʻlumot berishi, bilimlarni nazorat qilishi, kerakli nazariy
material va amaliy koʻrsatmalarni taqdim etish, oʻrganuvchilar bilimini
baholashi kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari professor-oʻqituvchilar uchun
amaliy mashgʻulotlar oʻquv rejaning asosiy qismi boʻlib hisoblanadi. Ushbu
taʻlim shakli oʻquv va ilmiy materialga nisbatan tadqiqot nuqtai nazarini
shakllantiradi. Seminar mashgʻulotlarida foydalaniladigan elektron oʻquv
nashrlari qatoriga xrestomatiyalarni, xujjat va materiallar toʻplamlarini,
maʻruzalarning tayanch konspektlarini, elektron darslik va boshqalarni kiritish
mumkin. Oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi
talabalarning mustaqil oʻzlashtiradigan bilimlari xajmining ortib borishi bilan
birga ketmoqda. Aslida elektron oʻquv nashrlarning barcha mavjud turlari
mustaqil taʻlimni tashkil etish uchun asos boʻlishi mumkin. Bu jarayonda
axborot texnologiyalaridan foydalanish elektron nashrlar, Internet tarmogʻi
resurslari, elektron berilganlar bazalari, kutubxonalar katalog va fondlari,
arxivlar va hokazolardan foydalaniladi.
Talabalarning
axborot
110
texnologiyalari asosidagi mustaqil taʻlim olishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
elektron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audio
fayllarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuter testlaridan
foydalanib bilimlarini mustahkamlash va boshqalar. Hozirgi paytda bilimlarni
nazorat qilishning barcha turlarini elektron oʻquv nashrlari yordamida maxsus
ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin. Ayniqsa,
elektron oʻquv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida foydalanishning
samarasi yuqoridir.
Kompyuter test dasturlari oʻrganuvchilar uchun oʻz-oʻzini nazorat
vositasigina boʻlib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini bajaradi.
Bunday test dasturini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan mustaqil programma
boʻlishi yoki oʻqituvchi tomonidan toʻldirib, modifikatsiyalanadigan qobiq
dastur ham boʻlishi mumkin. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi
boʻlib xizmat qiladi. Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga,
etnografik materiallar yigʻish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari
bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin. Arxiv va
muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini masofadan
oʻtkazish imkonini yaratadi. Oʻquv elektron vositalari qatorida oʻquv-uslubiy
majmualar muhim oʻrin tutadi. OʻUM lar nazariy material bilan birga amaliy
vazifalar, testlar, ilovalar va boshqalarni saqlaydi. OʻUM lar strukturalangan
mantiqan bogʻlangan didaktik elamentlardan tashkil topgan raqamli va analog
shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin. Zamonaviy oʻquv
multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv
materialgina boʻlmay, undagi oʻquv materiallari turli shakl va turli axborot
tashuvchilarda joylashtirilishi kerak. Multimedia kurs taʻlim oluvchiga
illyustrativ, maʻlumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida
kompleks taʻsir oʻtkazish vositasi hisoblanadi. OʻUMning asosini uning
interaktiv qismi egallaydi. Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi.
Unga quyidagilar kiradi:
-elektron darslik;
111
- elektron maʻlumotnoma;
- trenajerli majmua;
- misol va masalalar toʻplami;
- elektron laboratoriya praktikumi;
- kompyuterli test tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |