11
КIRISH
Jahon taʻlim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan
jamiyatda oʻqitishning zamonaviy didaktik vositalarini
kengroq joriy etish va
ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini koʻrsatmoqda.
Jahonda “E-learning” taʻlim dasturlari boʻyicha mutaxassislarning
mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish muammolari pedagogika
nazariyasi va amaliyotida dolzarb hisoblanadi. YUNESKO ning taʻlim, fan va
madaniyat masalalariga oid “Texnikaviy va kasb-hunar taʻlimi toʻgʻrisida” gi
Konvensiyasiga (Convention on Technical and Vocational Education) muvofiq
globallashuv sharoitida mehnat bozori talablari asosida taʻlim xizmatlarining
innovatsion texnologiyalarini yaratish va amaliyotga joriy etish orqali taʻlim
oluvchilarning kasbiy fikrlashi va ijodiy yaratuvchanlik
qobiliyatlarini
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro pedagogik amaliyotda
texnika sohasidagi taʻlim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kasbiy va
shaxsiy muhim sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan texnikaviy
multimediali dasturlar muhim oʻrin egallaydi. Shu nuqtai nazardan bugungi IV
texnik inqilob (The Fourth Industrial Revolution) sharoitida boʻlajak kasb
taʻlimi oʻqituvchilarining malakaviy tayyorgarlik sifatlariga qoʻyilayotgan
talablarning tez-tez oʻzgarishi natijasida ularda kasbiy mustaqillik va texnik
fikrlash koʻnikmalari muhim hisoblanadi. Bunda ularning kasbiy motivatsiyasi,
tashxislash va ixtirochilik, texnologik
xaritalash va boshqarish, vizual
modellashtirish (Visual Simulation), oʻz-oʻzini faollashtirish, mobillik,
ijobiy
“Men-Konsepsiyasi” (I-conception), texnik axborotlarni izlab topish va ularga
ishlov berish kabi kognitiv va refleksiv qobiliyatlarini shaklantirish jarayonida
zamonaviy didaktik vositalar va elektron axborot resurslaridan samarali
foydalanish integrativ texnik bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Respublikamizda mustaqillik yillarida kadrlar tayyorlashning yangi
tizimi yaratilib, mutaxassislar sifatiga quyiladigan zamonaviy talablarga javob
12
beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh, tanlagan taʻlim yoʻnalishi boʻyicha
mustaqil
ishlay oladigan, mamlakatning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy rivojlanishiga munosib hissa qoʻshishga qodir, jadal ilgarilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga moslasha oladigan, yuksak madaniy va
maʻnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash izchil amalga
oshirilmoqda. Mamlakatimiz taʻlim tizimida kompetensiyaviy talablarga javob
beradigan
mustaqil va erkin fikrlaydigan, ilgʻor texnik-texnologik tajribalarni
puxta oʻzlashtirgan, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi isloh
qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha
Harakatlar strategiyasida “uzluksiz taʻlim tizimini yanada takomillashtirish,
sifatli taʻlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini davom
ettirish” ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Shu sababli boʻlajak kasb
taʻlimi oʻqituvchilarida texnik fikrlash koʻnikmasini shakllantirish va
rivojlantirishning amaldagi metodlari va vositalarini takomillashtirish hamda
amaliyotga joriy etish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni
taqozo etmoqda.
Mazkur oʻquv qoʻllanma “Pedagogik dasturiy vositalar” fanidan
maʻruza mashgʻulotlar oʻtkazish, mashgʻulot
samaradorligini oshirish,
“Pedagogik dasturiy vositalar” ixtisoslik boʻyicha bilimlarni egallash;
pedagoglarni kasbiy faoliyati bilan tanishtirish, ularni oʻquv-tarbiya
jarayonida dasturiy vositalar bilan tanishtirish bilan bir qatorda ularning bilim,
koʻnikma va malakalarini oshirish yoʻllarini koʻrsatib berish masalalarini
qamraydi. Oʻquv qoʻllanma “Pedagogik dasturiy vositalar” fani
oʻqituvchilari uchun zarur manba sifatida moʻljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: