2.4 Avtomatlashtirish bosqichlari.
Avtomatning avtomatik ishlashi uchun ishchi va salt yurishalarni boshqarish
mexanizmlari bo’lishi va ular ma’lum dastur asosida ketma-ket ishlashini
ta’minlanishi zarur.
2.2-rasmda avtomatning taxminiy struktura sxemasi ko’rsatilgan. Sxemadan
ko’rinib turibdiki, mexanizmlar majmuini, o’z navbatida, har biri ish siklining
ma’lum operatsiyasini bajaradigan bir qancha mexanizmlarga bo’lish mumkin.
Ma’lum vazifani bajaradigan mexanizmlarning soni va vazifasi avtomatning
texnologik vazifasi hamda ish sxemasi bilan belgilanadi.
Hamma mexanizmlarning ish davri taqsimlash vali va kulachoklar sistemasi
orqali mexaniq tarzda boshqarib turiladi.
Birinchi bosqichda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning oliy formasi –
yarimavtomatlar va avtomatlardan to’zi lgan potok liniyalar. Bunda odam
mashinani sozlaydi, texnologik jarayon to’g’ri ketayotganligini tekshirib turadi va
Yuz bergan kamchiliklarni tuzatadi (asbobni almashtiradi, mashina mexanizmlarini
rostlaydi va xokazo).
77
2.3-rasm. Avtomatning struktura sxemasi.
Shunday qilib, birinchi bosqichda texnologik jarayon avtomatlashtiriladi,
avtomatlashtirish esa, odatda, ishning operatsiyalarinigina qamrab oladi.
Texnologik jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi
to’liq (bunda qo’l mehnati mashina mehnati bilan to’liq almashtiriladi) yoki
qisman (qo’l mehnatining bir qismi mashina mehnati bilan almashtiriladi) bo’lishi
mumkin.
Texnologik jarayonni sifat va son jihatidan uchta ko’rsatgich: texnologik
jarayonning turi, bosqichi va kategoriyasi bo’yicha baholash mumkin (GOST
14.309—74).
Turiga ko’ra yakka va kompleks mexanizasiyalashtirish (shartli belgisi M va
KM) hamda yakka hamda kompleks avtomatlashtirish (A va KA) farq qilinadi.
Masalan, bitta operatsiyada faqat zagotovkani yuklash mexanizasiyalashtirilgan
(yakka mexanizasiyalashtirish) yoki detallar ishlashdagi beshta operatsiyadan faqat
bittasi avtomatlashtirilgan (yakka avtomatlashtirish) bo’ladi.
Texnologik jarayonlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishning
o’nta bosqichi (texnologiya’ni yakka operatsiyalardan tortib to butun sanoat
miqyosida tashkil qilishigacha) belgilangan.
78
Buni tushunib olish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Avtomobil
ishlab chiqarishda sanoatni ko’pgina soxalari: xom-ashyo, metallurgiya,
mashinasozlik va avtomobil tarmoqlari o’zaro borliq holda va bir maromda
ishlashlari kerak. Bu birin ketinlik boshqa soxadagi ishlab chiqarish korxonalari
uchun ham taaluqli hisoblanadi
Shuni hisobga olish kerakki avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida
tayyorlov, asbobsozlik, quyish, mexaniqa, yig’ish sexlari, shuningdek transport,
ta’minot hizmatlari mavjud. Sex strukturasi uchastkalar, bo’limlar, guruhlardan
iborat.
Endi tarmoqdan tortib guruhdagi dastgohgacha bo’lgan avtomobil tayyorlash
bo’yicha jarayonlar mexanizasiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan, deb
tasavvur
qilaylik.
Mahsulot
tayyorlashda
mexanizasiyalashtirish
va
avtomatlashtirishni qo’llashning barcha bosqichlarini aniqlaymiz.
Birinchi - to’rtinchi bosqichlardagi bajariladigan ishlar bevosita sex
iChidagi
jarayonlarning
mexanizasiyalashtirilishi
va
avtomatlashtirilishini
belgilaydi. Birinchi bosqichda yakka texnologik operatsiya, ikkinchi bosqichda -
tugallangan texnologik jarayonning sistemasi, uchinchi bosqichda - sex
uchastkasida yoki bo’limida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi va,
nihoyat, to’rtinchi bosqichda - seh ichida to’liq bajariladigan texnologik jarayonlar
sistemasi avtomatlashtiriladi.
Beshinchi bosqichda texnologik jarayonlar sistemasini korxonaning bir
turdagi sexlari (masalan, mexaniqa sexlari) guruhi doirasida, oltinchi bosqichda esa
- korxona doirasida mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish ko’zda tutiladi.
Oltinchi - to’qqizinchi bosqichlarda texnologik jarayonlarning oliy
sistemasini ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari doirasida (ettinchi bosqich),
territorial, region sistemasida (sakkizinchi bosqich) va mamlakatning bitta
tarmog’i chegarasida (to’qqizinchi bosqich) mexanizasiyalashtirish va
avtomatlashtirish nazarda tutiladi.
79
Nihoyat, uninchi bosqichda mamlakatimiz xalq xo’jaligining bir qancha
tarmoqlari sistemasidagi texnologik jarayonlar sistemasi mexanizasiyalashtiriladi
va avtomatlashtiriladi.
Avtomatlashtirish bosqichlarini quyidagicha shartli belgilash qabul qilingan:
1-yakka texnologik operatsiya; 2-tugallanmagan texnologik jarayon; 3-ishlab
chiqarish uchastkasida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi; 4-bitta sexda
amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar sistemasi; 5-bir turdagi texnologik
sexlar doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 6-korxonalar doirasidagi
texnologik jarayonlar sistemasi; 7-ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari qoshidagi
ishlab chiqarish firmalari miqyosidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 8-alohida
birlashmalar doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 9-sanoatning bitta
tarmog’i doirasidagi texnologik jarayonlar sistemasi; 10-mamlakatimizning qator
tarmoqlari miqyosida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi.
Jarayon mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilganda texnologik
jarayonni bajarishga ajratilgan vaqtning bir qismini mashina ishchining ishtirokisiz
sarflaydi (
T
M
) va vaqtning bir qismini ishchi sarflaydi (
T
N
). Mashina sarflagan
vaqtning jarayon operatsiyalari bajarilishi uchun sarflaigai umumiy vaqtga nisbati
mexanizasiyalashtirish koeffisienta deyiladi:
(2.1)
Mexanizasiyalashtirilish va avtomatlashtirilish darajasiga ko’ra hamda
texnologik
jarayonning
tashkil
etuvchilariga
mexanizasiyalashtirish
va
avtomatlashtirish
turining
ta’siriga qarab avtomatlashtirishiiig sakkizta
kategoriyasi: nolinchi, quyi, kichik, o’rtacha, katta, oshirilgan, Yuqori va to’liq
kategoriyalari belgilangan. Ular miqdor jihatdan 0 dan 1 gacha baholanadi.
Agar sexda mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari umuman
yo’q bo’lsa, u nolinchi kategoriyali sex bo’ladi.
Agarda salt Yurishlarni amalga oshiruvchi biror bir asosiy mexanizm yetarli
bo’lmasa avtomatik sikl bo’zi ladi va siklni qaytarish uchun albatta ishchi
aralashishi zarur bo’ladi. Ko’pincha bunday mexanizm, zagotovkalarni ishonchli
80
yuklash mexanizmlari qurishni qiyinligi uchun yuklash mexanizmlari bo’lishi
mumkin
.
Demak yuklash avtomatlashmagan bo’lsa, mashina ishchi siklni
tugatgandan so’ng to’xtaydi va ishchi ishlov berilgan detalni oladi va yangi
zagotovkani maxkamlaydi. Bunday avtomat siklda ishlovchi lekin texnologik
jarayonni qaytarish uchun ishchini aralishi talab qilingan mashinalar
Do'stlaringiz bilan baham: |