Sh. N. Fayzimatov


Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM)



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/92
Sana02.06.2023
Hajmi5,06 Kb.
#948277
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Sh. N. Fayzimatov

Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM)
- dastur yordamida 
boshqaruvchi 
avtomatlashtirilgan 
qurilma 
va 
texnologik 
jarayonni 
avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan, birgina texnologik jihozdan to’zigan 
moslashuvchan ishlab chiqarish tizimidir. 
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniya (MAL)
- avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha moslashuvchan ishlab 
chiqarish mudullardan tashkil topgan ishlab chiqarish tizimi. Bunda 
moslashuvchan ishlab chiqarish modulilar texnologik operatsiyalar ketma - 
ketlikda joylashtiriladi. 
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastka (MAU)
- avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha moslashuvchan ishlab 
chiqarish modulidan to’zi lgan ishlab chiqarish tizimi. Ushbu tizim texnologik 
marshrut bo’yicha ishlab ularda texnologiya’ning ketma - ketligini o’zgartirish 
ko’zda tutiladi. 
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MAS)
belgilangan nomenklaturadagi 
buyumlarni tayyorlash uchun mo’ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan 
liniyalar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar majmui. 
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonasi (MAZ)
asosiy 
ishlab chiqarish rejasiga muvofiq tayyor buyumlar ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan sexlar majmui. moslashuvchan 
avtomatlashtirilgan 
ishlab 
chiqarish 
korxonasida 
alohida 
ishlovchi 
avtomatlashtirilgan uchastka va sexlar ham bo’lishi mumkin. 
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar umumiy struktura sxemasi 
quyidagicha: Sonli dastur yordamida boshqariladigan oltita dastgohdan tashkil 


244 
topgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarga ma’lum marshrut bo’yicha 
yuradigan induksion tizimli uchta transport roboti hizmat qiladi. SHtabeler avtomat 
ombor dan zagotovkani olib, qabul stoliga uzatadi. Stolda zagotovka universal 
palet (moslama) larga mahkamlanadi. 
Transporter zagotovkalar o’rnatilgan paletlarni polda joylashgan uchta 
transport robotidan biriga qo’yadi. Bu robot zagotovka markazlariga ishlov 
beruvchi dastgohning stoliga uzatadi. Ishlov berilgandan so’ng zagotovka qaytadan 
transport robotiga uzatiladi. 
Transport robotlari zagotovkani keyingi operatsiya’ni bajarish uchun sonli 
dastur bilan boshqariladigan ko’p maqsadli dastgohlarning burilma yuklash 
stollariga uzatadi. Tayyor buyumni transport roboti nazorat qilish uchastkasiga 
uzatadi. 
Moslashuvchan 
avtomatlashtirilgan 
sex 
(MAS). 
Moslashuvchan 
avtomatlashtirilgan sex to’rtta moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalardan 
tashkil topgan. Ularda detallarga mexaniq va slesarlik ishlovlari beriladi. 
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex qabul qiluvchi - uzatuvchi qurilma, 
avtomatik qabul qiluvchi- uzatuvchi stol, IR-50 ishlov berish yacheykasi, kran - 
shtabeler, avtomat - aravacha, stellajlararo uzatuvchi qurilma, slesarlik dastgohi, 
qabul qiluvchi uzatuvchi qurilma, dispetcher pulti, smena boshlig’ining ish o’rni, 
asboblar tayyorlab qo’yiladigan bo’lim, yuvish bo’limi, texnik - tekshiruv bo’limi, 
texnik 
ta’minot bo’limi, avtomatlashtirilgan uchastka, moslashuvchan 
avtomatlashtirilgan uchastka hamda stellajdan tashkil topgan. 
Texnik ta’minot bo’limida moslamalar va asboblar tayyorlanadi, texnik 
tekshiruv bo’limida mahsulotni nazorat qilinadi, detallar yuviladi va germetikligi 
sinab 
ko’riladi. Tashish operatsiyalari uchastkalarning yuqori qismida 
joylashtirilgan uzatuvchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasini oshirish, 
ma’lum bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun avtomatlashtirilgan 
texnologik asbob-uskunalarni o’z ichiga olgan MICHM ni yaratishga olib keladi, 
bu ularning namunaviy hususiyatlarining ma’lum bir oralig’ida o’zgarishi mumkin. 


245 
MICHM avtonom tarzda ishlaydi, bir nechta sikllarni amalga oshiradi va MICHZ 
ga qo’shilishi mumkin. MICHM qo’shimcha ravishda avtomatik o’lchash va ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish, asbob-uskunalar, mexanizmlar 
va asbob-uskunalarning o’zi holatini aniqlash, shuningdek, avtomatik qayta ishlash 
jarayoni va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uskunalarni 
avtomatik ravishda qayta ishlashni ta’minlaydi. MICHM adaptiv boshqaruv 
elementlari bilan barcha yordamchi, nazorat va diagnostika operatsiyalarini 
avtomatlashtirishning yuqori darajasiga ega bo’lgan RTK sifatida qaralishi 
mumkin. 
Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM) RDB va jarayonni 
avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan texnologik uskunalar birligidan 
iborat.
Umuman olganda, mashina moduli – MICHM tarkibiga quyidagilar kiradi:
* RDB Dastgohi;
* mashina avtomatik yuklash va tushirish vositalari; 
* transport va saqlash tizimi;
* asboblar magazini va ularning avtomatik o’zgartirish qurilmasi;
* qayta ishlangan qismlar hajmini avtomatik nazorat qilish qurilmalari;
* chiqib ketish vositasi o’lchamlarini nazorat qilish qurilmasi;
* ish qismlarini aniqlash tizimi;
* chiqib ketish jarayoni holatini nazorat qilish tizimi;
* siqish apparatlarining elementlarini avtomatik o’zgartirish mexanizmi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish