Sh. N. Fayzimatov


-bob. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/92
Sana02.06.2023
Hajmi5,06 Kb.
#948277
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
Bog'liq
Sh. N. Fayzimatov

3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari. 
3.1 Samadorlik nazariyasining asosiy mazmuni. Texnologik mashinalarning 
samadorlik nazariyasi. 
Avtomat va avtomat liniyalarda ishlov beriladigan har qanday mahsulotni, 
universal avtomatlashmagan dastgohlarda ham ishlov berilishi mumkin. 
Avtomatlashtirishdan maqsad mashinani unumdorligini oshirish va hizmat 
ko’rsatuvchi ishchilar sonini kamaytirish, natijasida avtomatlashmagan ishlab 
chiqarishga nisbatan iqtisodiy samara olishdir.
Avtomatning ish sikli. 
Avtomatlashtirilgan texnologik operatsiyalar, avtomatlashtirilmagan ishlab 
chiqarishlarga nisbatan o’ziga xos harakterga ega bo’lib, avtomat dastgohda yoki 
yarim avtomatda bajariladigan har bir operatsiya to’liq va aniq tartib bo’yicha 
ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilmagan kam miqyosda yoki keng miqyosda 
mahsulot ishlab chiqarishda operatsion kartalarda amalda asosan operatsiyalarning 
asosiy harakatlarigina ko’rsatiladi (xomaki tayyorlash sxema bazasi, ishlov 
beriladigan yuzaga ishlov berish aniqligi, yuza g’adir-budurligi va boshqalar). 
Boshqa masalalar yechimi (ishlov berish ketma-ketligi, ishlov beruvchi asbobning 
bir ish yo’lidan bir aylanishdagi masofa qiymati, ishlov berish rejimi, abrazivni 
berilish soni, ishlov berish vaqti, masalan linzani silliqlashda va boshqalar) ishchi 
ihtiyoriga beriladi. 
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish 
miqyosidan qat’iy nazar, texnologik operatsiyalar to’liq va aniq ishlab chiqilishi 
zarur. Shakl hosil qiluvchi asboblarning ketma-ket ishlashi, uning tezligi va 
harakat traektoriyasi, shpindelning zaruriy aylanish chastotasi va boshqalar 
aniqlanishi shart va zarur. 
Ushbu ma’lumotlar jamlanmasi ma’lum detalga ishlov berish uchun 
avtomatni dastursini tashkil etadi. Ushbu dasturlar zaruriy obrazda qayta ishlab 
chiqilgan, kodlangan va dastur uzatgichda mustahkamlangan, bajariladigan 
operatsiyada avtomat ish siklini aniqlaydi. Har bir operatsiya uchun avtomatning 
o’z ish sikli mavjud. Bunda mexanizmlar ishining ketma-ketligi va ishlov berish 


104 
sifati ishchiga bog’liq emas, barchasi dastur bo’yicha uning dastgoh ishchi 
organlari, ish bajarish aniqligi, sozlash aniqligi va boshqa faktorlar bilan 
aniqlanadi. 
Avtomat ish sikli tarkibini, oddiy mayda ishlov berish sikllarini ketma-
ketligi va davomiyligini tasvirlovchi shartli grafik tasvir, ya’ni siklogrammadan 
ko’rishimiz mumkin. Amaliyotda ikki turdagi siklogramma: aylanma (polyar 
koordinatalarda) va to’g’ri burchaqli (to’g’ri burchaqli koordinatalarda) 
foydalaniladi. Aylanma faqat taqsimlash vali mavjud bo’lgan avtomatda 
foydalaniladi. To’g’ri burchaqli esa universal bo’lib, uning ishtirokida har qanday 
avtomat, avtomatik tizim ishini yo’lga qo’yish mumkin. 
To’g’ri burchaqli siklogrammalarda asosiy maydonda (o’ngda) gorizontal 
o’q bo’yicha sekundlarda vaqt joylashgan. Ushbu maydon shkalasi uzunligi 
operatsiya’ni bajarish sikli davomiyligiga mos keladi. Siklogramma vertikal 
bo’yicha oddiy sikllar soniga to’g’ri keluvchi bir qator bo’limlarga ajratiladi. Har 
bir bo’lim chap tomonida ishchi organ nomi yoziladi, o’ng tomonida esa ushbu 
organ oddiy sikli ifoda etiladi. Oddiy siklni tasvir etish uchun shartli belgilardan 
foydalanish mumkin, yoki grafikdan. Keyingisida vertikal bo’yicha ma’lum 
masshtabda ishchi organ siljishi qo’yiladi. 
Rotorli mashinaning unumdorligi texnologik tezlik 
v
tex
ga, ya’ni 
operatsiya’ni bajarilish davomiyligiga bog’liq emas, faqat shakl beruvchi asboblar 
orasidagi masofa h, rotorlar o’lchami bilan aniqlanad igan transportlovchi tezlik va 
uning aylanish chastotasiga bog’liq. Rotorli mashinaning ushbu ahamiyatiga molik 
xossasi turli davomiylikka ega bo’lgan operatsiyalarni uzluksiz avtomatik tizimga 
biriktirishga imkon beradi. 
Rotorli mashinalar asosida avtomatik rotorli tizimni hosil qilish nisbatan 
avtomatlashtirishga nisbatan kompleks texnologik jarayonlarni, ya’ni detallarga 
mexaniq va termik ishlov berish, nazorat va yig’ishni o’z ichiga olgan va tashkil 
etish oson amalga oshiriladi. 
Unumdorlik nazariyasi asosini mashinani unumdorlik ko’rsatgichlari va 
dastgohhni konstruktiv, texnologik, strukturaviy, qiymati va boshqa ko’rsatgichlari 


105 
orasidagi bog’lanishni aniqlovchi tenglama tashkil qiladi. Shu sababli unumdorlik 
nazariyasi uslublari nafaqat mashinani unumdorligi miqdorini aniqlash va uni 
qo’llashdan olingan samarani hisoblash bilan bog’liq, balki avtomatlashtirilgan 
dastgohlarni bo’lishi mumkin bo’lgan har xil variantlarini taxlil qilish hamda eng 
ko’p unumdorlik va iqtisodiy samarani aniqlashga imkoniyatini beradigan, maqvul 
variantni parametrlarini aniqlash uchun hizmat qiladi. 
Umuman olganda mashinalar sinfini uchta asosiy sinnfga: bir turdagi 
energiya’ni boshqa turga aylantiruvchi mashina dvigatellari (elektrodvigatellar, 
generatorlar, trubinalar, ichki yonish dvigatellari va boshqalar); ma’lumotlarni 
aylantirishga hizmat qiluvchi hisoblash mashinalari (sonli va analogli hisoblash 
mashinalari), va energiya’ni konkret ishga aylantiruvchi ishchi mashinalarga 
ajratish mumkin. Ishchi mashinalar yordamida detallarni formasi, hususiyati, holati 
va ishlov berish ob’ektining ko’rinishlari ishlab chiqariladi. Har qanday ishchi 
mashinasi dvigatel’, uzatish va ish bajaruvchi mexanizmlardan iborat bo’ladi. Har 
qanday mashinani asosini ish bajaruvchi mexanizmlar tashkil etadi. Ularning 
tarkibi mashinalar nomlarini (tokarlik dastgohi, har xil qurilmalar yordamida 
texnologik jarayonlarni bajarish, pechatlovchi mashina va boshqalar), texnologik 
sharoit va universallik darajasini aniqlash imkonini beradi. Har qanday mashinada 
ishlov berish jarayoni insonni ishtirokisiz amalga oshiriladi, ammo ishlov berish 
jaryonidagi ish qurolini mashinani o’zi boshqaradi.

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish