Qo‘shimcha savollar:
1. Aksiyadorning majburiyatlari nimadan iborat
2. Aksiyadorlar umumiy yig„ilishi o„tkazish tartibini hamda yig„ilish haqida
aksiyadorlarni xabardor qilish mohiyati va zaruriyatini tushuntiring.
3. Aksiyador o„z da‟vo talabini qanoatlantirish uchun nimalarni va qanday
dalillar bilan isbotlashi lozim?
4. Jamiyatni qayta tashkil etish mohiyatini tushuntiring va nega qayta tashkil
etishda umumiy yig„ilishda uzrli sabab bilan ishtirok etmagan yoki qarshi ovoz
bergan aksiyador o„z aksiyalarini sotib olishni jamiyatdan talab qilish huquqiga ega?
5. Umumiy yig„ilish o„tkazish tartibiga rioya qilinganmi?
6. Yuqoridagi vaziyatning har bir ahamiyatga molik holatini o„rganib, aniq
asoslar bilan o„z vajlaringizni keltiring. Masalaga adolatli va asosli fikr (echimi
bo„yicha) taklif eting.
Biz ushbu kazusni yuqoridagi savollarga javob berish orqali tahlil qilib
chiqamiz. Ya‟ni birinchi bo‟lib aksiyador majburiyatlari nimalardan iborat ekanligini
aniqlash orqali kazusdagi AJ aksiyador bajarishi lozim deb hisoblayotgan
majburiyatlari, ya‟ni, o„z ma‟lumotlari haqidagi o„zgarishlarni taqdim etish aksiyador
majburiyatlari sirasiga kirish yoki aksincha ekanligini aniqlab olamiz. Aksiyador
majburiyatlari haqida O‟zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to„g„risida”gi qonunida aksiyador
majburiyatlariga alohida to‟xtalib o‟tilmagan. Ushbu qonunga ko‟ra aksiyador ta‟sis
hujjatlariga rioya qilish, jamiyat qarorlarini bajarish, ta‟sis hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda, summalarda, usullarda va muddatlarda hissalarni kiritish hamda
jamiyat faoliyati to‟g‟risidagi maxfiy ma‟lumotlarni ya‟ni, tijorat siri va boshqa
ma‟lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatlariga ega. Bundan tashqari
aksiyadorlarning jamiyat ustavida belgilangan qo‟shimcha majburiyatlari ham ko‟zda
tutilgan bo‟lishi mumkin.
Taniqli rus olimi Shitkinaning fikricha korparativ huquqning boshqa huquq
tarmoqlaridan farqi undagi normalar dispozitiv xarakterda ekanligidir. Ya‟ni
korparatsiyalarning asosiy hujjati uning ta‟sis hujjatlari, ustavi bo‟lishi kerak.
Korparatsiyalarda normalarni imperativ bo‟lishi korparatsiya subyektlarini erkinligini
cheklab
qo‟yadi.
Ya‟ni,
Shitkinaning
fikricha
korparatsiyalarda
ular
ishtirokchilarining majburiyatlarini qat‟iy belgilash ularni erkin harakat qilishini
cheklaydi. Shuning uchun korparatsiyalar ishtirokchilarining majburiyatlari ularning
kelishuviga ko‟ra jamiyatning ta‟sis hujjatlarida va ustavida aks etishi kerak.
1
Rossiya Fuqarolik kodeksining 62.7 moddasida ham aksiyadorning ma‟lum bir
majburiyatlari sanab o‟tilgan. Unga ko‟ra aksiyador ta‟sis hujjatlariga rioya qilish,
jamiyat qarorlarini bajarish, ta‟sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, summalarda,
usullarda va muddatlarda hissalarni kiritish va jamiyat faoliyati to‟g‟risidagi maxfiy
ma‟lumotlarni oshkor qilmasligi belgilab qo‟yilgan.
2
Amerika qonunchiligida Rossiya
qonunchiligidan farqli qo‟shimcha aksiyadorlarga majburiyatlar yuklatilgan. Unga
ko‟ra aksiyadorlar kompaniyani muhim ulushlar haqida xabardor qilib turish
majburiyati ham ko‟zda tutilgan.
3
Ya‟ni kompaniya o‟zining katta ulushga ega
aksiyadorlarining o‟z aksiyalarini sotgani, yoki sotib olgani va shunga o‟xshash
xabarlarni kompaniyaga berib borish majburiyatini ham kiritgan.
4
Yuqorida keltirilgan qonun normalari, olimlarning fikrlari va xalqaro tajribadan
kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin: kazusda AJ aksiyador majburiyati deya
1
Ответственный редактор доктор юридических наук, профессор И.С. ШИТКИНА
2
ГК РФ - Гражданский кодекс Российской Федерации, часть первая
3
Comperative company law
4
Text and Cases on the Laws Governing Corporations in Germany, the UK and the USA
ko‟rsatayotgan, ya‟ni, o‟z ma‟lumotlarini o‟zgartirganlik haqidagi ma‟lumotni
jamiyatga taqdim etish majburiyati jamiyat ustavida belgilangan bo‟lsa aksiyador o‟z
majburiyatini bajarmagan hisoblanadi.
Ikkinchi savolga keladigan bo‟lsak, aksiyadorlar umumiy yig„ilishi o„tkazish
tartibini hamda yig„ilish haqida aksiyadorlarni xabardor qilish mohiyati va
zaruriyatini tahlil qilamiz. O‟zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to„g„risida”gi qonunga ko‟ra
aksiyadorlarning umumiy yig‟ilishi aksiyadorlik jamiyatining oliy organi bo‟lib
hisoblanadi. Chunki bu organ aksiyadorlar bevosita korparatsiyani boshqarishi va
o‟zlarining manfaatlarini amalga oshirishi mumkn bo‟lgan organ. Faqat umumiy
majlisgina jamiyatni boshqarish tartibini belgilaydi, ustavga o‟zgartirish va
qo‟shimchalar kiritish, korparatsiyaning mol-mulki va umuman jamiyatning taqdirini
hal qilish vakolatlariga ega bo‟ladi. Umumiy majlisda aksiyador uchun muhimi
aksiyadorlik jamiyatining muhim masalalari, masalan, jamiyatni tugatish yoki qayta
tashkil etish bo‟yicha ovoz berish huquqiga ega bo‟lish hisoblanadi. Qonunda
umumiy majlislarning ikki turi belgilab qo‟yilgan. Bular aksiyadorlarning umumiy
hisobot yig‟ilishi va navbatdan tashqari umumiy yig‟ilish. Navbatdan tashqari
yig‟ilish jamiyatda ovoz beruvchi aksiyalarning 5 foiziga ega bo‟lgan
aksiyadorlarning yozma talabiga binoan chaqirilishi mumkin. Yillik umumiy
yig‟ilish esa qonunda ko‟rsatilgan muddatlarda o‟tkaziladi.
Umumiy yig‟ilishni o‟tkazish tartibini uch bosqichga bo‟lish mumkin. Ya‟ni
tayyorgarlik ko‟rish, unda ishtirok etish, ovozlarni hisoblash va majlis bayonnomasini
tuzish bosqichlari.
Agar aksiyadorlarning umumiy yig„ilishida ishtirok etish uchun ro„yxatdan
o„tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining
jami ellik foizidan ko„proq ovoziga ega bo„lgan aksiyadorlar ro„yxatdan o„tgan
bo„lsa, aksiyadorlarning umumiy yig„ilishi vakolatli kvorumga ega bo„ladi. Ya‟ni
umumiy yig‟ilish o‟tkazish uchun yetarli aksiyadorlar yig‟ilgan bo‟ladi. Agarda
aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini o„tkazish uchun yetarli kvorum bo„lmasa,
aksiyadorlarning takroriy umumiy yig„ilishini o„tkazish sanasi e‟lon qilinadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini o„tkazish to„g„risidagi xabar
aksiyadorlarning umumiy yig„ilishi o„tkaziladigan sanadan kamida yigirma bir
kundan kechiktirmay, lekin uzog„i bilan o„ttiz kun oldin Korporativ axborotning
yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida
e‟lon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.
5
5
O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
qonuni
Aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini o„tkazish to„g„risidagi xabar yuborilishi muxim
omil xisoblanadi. Chunki umumiy majlis o‟tkaziladigan joydan ancha uzoqda
yashovchi aksiyadorlar majlis haqida habar berish kechiktirilgani sababli ishtirok eta
olmasalar va sud ham buni uzurli sabab deb topsa aksiyadorning o„ziga qarashli
aksiyalarni qaytarib sotib olish to„g„risidagi talabi qanotlantirilishi mumkin. Bundan
tashqari “Iqtisodiy sudlar tomonidan korparativ nizolarni hal etishning ayrim
masalalari to‟g‟risida”gi Plenum qaroriga ko‟ra aksiyadorlar umumiy yig„ilishining
qarori u qonun hujjatlariga zid bo„lgan va umumiy yig„ilish qonun hujjatlari va
jamiyat ustavida belgilangan tartibni buzgan holda o„tkazilgan hollarda umumiy
yig‟ilish qarori bekor qilinishi mumkin.
Uchinchi savolga keladigan bo‟lsak, aksiyador o„z da‟vo talabini
qanoatlantirish uchun nimalarni va qanday dalillar bilan isbotlashi lozimligini tahlil
qilamiz. Kazusda Muhitdinov AJ uni yig„ilish haqida xabardor qilmaganini, aynan
uning yashash manziliga ham, elektron pochtasiga ham umumiy yig„ilish haqida
xabar kelmaganini aytgan. U sudga AJga o„z aksiyalarini sotib olish majburiyatini
yuklashni so„rab murojaat qilgan. Ushbu holatda Muhitdinov da‟vo talabini
qanotlantirish uchun umumiy yig„ilishda ishtirok etmagani uzrli ekanini, sababi AJ
uni elektron pochta orqali xabardor qilmaganini, AJ qonuning 62-moddasida xabardor
qilish shartligi ko„rsatilganini keltirishi mumkin. Hamda AJ ning Muhitdinov pochta
ma‟lumotlarini berishi uning majburiyati ekanligi haidagi talabini, bunday majburiyat
qonun hujjatida ham jamiyat ustavida ham keltirilmaganini takidlab rad qilishi
mumkin. Yuqoridagi holat yuzasidan Muhitdinov aynan uning yashash manziliga na
yangi va na eskisiga xabarnoma yuborilmaganini dalil sifatida keltira olishi
mumkinmi? Umumiy yig‟ilish o‟tkazish to‟g‟risida axborot berish tartibi O‟zbekiston
Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to„g„risida”gi qonunning 62-moddasida belgilab qo‟yilgan. Unda
aksiyadorlarni yashash uyiga xabarnoma yuborish ko‟zda tutilmagan. Lekin ushbu
norma dispozitiv norma hisoblanadi. Ya‟ni ushbu qonunning 58-modda 6-qismida
Aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini o„tkazish sanasi va tartibi, yig„ilish o„tkazilishi
haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig„ilishini
o„tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning
(axborotning) ro„yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanishi aytilgan.
Ya‟ni kuzatuv kengashi tomonidan tayinlangan aksiyadorlarga xabar berish tartibida
aksiyadorlar yashash manziliga ham xabarnoma yuborish ko‟zda tutilgan bo‟lsa,
Muhitdinov buni ham dalil sifatida keltirishi mumkin bo‟ladi.
To‟rtinchi savol: Jamiyatni qayta tashkil etish mohiyatini tushuntiring va nega
qayta tashkil etishda umumiy yig„ilishda uzrli sabab bilan ishtirok etmagan yoki
qarshi ovoz bergan aksiyador o„z aksiyalarini sotib olishni jamiyatdan talab qilish
huquqiga ega?
Aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishning asosiy huquqlaridan biri bu
qonunda ularga o‟zlari qo‟shgan ulushni qaytarish orqali jamiyatda ishtirok etishini
bekor qilish imkoniyatining berilganidir. Ma‟lumki aksiyador aksiyadorlik
jamiyatidagi ishtirokini tugatishning maqbul yo‟li bu o‟ziga tegishli aksiyalarni
bozorda sotish hisoblanadi. Lekin, bu holat aksiyadorga bog‟liq holatlarga ko‟ra kelib
chiqadi. Jamiyatning ma‟lum qarorlar qabul qilganda keyinchalik aksiyador uchun
jamiyatda ishtirok etishi foydali bo‟lmagan holatlar ham kelib chiqadi. Masalan
jamiyat umumiy yig‟ilishda ma‟lum bir qaror qabul qilganda ma‟lum bir aksiyadorlar
huquqlarini cheklashi mumkin. Bunda aksiyador ushbu qarorga qarshi ovoz bergan
taqdirda ham aksiyalar soni kamligi sababli qaror qabul qilinishi mumkin. Ushbu
holatlarda aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qonunchilikga
aksiyador o‟ziga tegishli aksiyalarni bir qismini yoki to‟liqligicha jamiyatdan sotib
olishini talab qilish huquqi belgilab qo‟yilgan. Ushbu holatda aksiyador jamiyat qayta
tashkil etilayotganda yoki umumiy yig‟ilish tomonidan yirik bitimlarni tuzishda uzrli
sabablarga ko‟ra umumiy yig‟ilishda ishtirok etmagan yoki unga qarshi ovoz bergan
taqdirda o‟z aksiyalarini jamiyatga sotish huquqi vujudga keladi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, aksiyadorlarning umumiy yig‟ilishda ishtirok etish
huquqi aksiyadorlarning muhim huquqlaridan biri bo‟lib, bu huquq yordamida
aksiyador o‟zining aksiyadorlik jamiyatida ishtirok etish huquqi bilan bog‟liq mulkiy
huquqlarini himoya qilishi mumkin. Umumiy yig‟ilishda uzrli sababga ko‟ra ishtirok
etmagan aksiyadorda yuqoridagi huquq vujudga keladi va aksiyador ushbu huquqini
sud orqali himoya qilishi mumkin.
Beshinchi savol: Umumiy yig„ilish o„tkazish tartibiga rioya qilinganmi?
O‟zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to„g„risida”gi qonunga ko‟ra aksiyadorlarning umumiy
yig‟ilishi aksiyadorlik jamiyatining oliy organi bo‟lib hisoblanadi. Uni o‟tkazish
tartibi yuqoridagi qonunda batafsil ko‟rsatib o‟tilgan. Kazusda AJ aksiyador
Muhitdinovni umumiy yig‟ilish o‟tkazish to‟g‟risida xabardor qilmagan. Bunga sabab
qilib uning elektron pochtasi yo‟qligini va aksiyador tomonidan ushbu ma‟lumot
taqdim qilinmaganini bildirgan. Yuqoridagilardan elektron pochta manzilini berish
aksiyador majburiyati emasligi kelib chiqyabdi. Shunday ekan AJ umumiy yig‟ilish
o‟tkazish qoidalarini buzgan hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yig‟ilishini o‟tkazish
bilan bog‟liq juda keng tarqalgan huquqbuzarliklardan biri bu umumiy yig‟ilish
to‟g‟risida aksiyadorga xabar bermaslik bo‟lib, bunda odatda xabar qilinmagan
aksiyadorning huquqlarini buzuvchi qarorlar qabul qilinadi. “Iqtisodiy sudlar
tomonidan korparativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‟g‟risida”gi plenum
qarorining 14.1 bandida aksiyadorlar umumiy yig„ilishining qarori u qonun
hujjatlariga zid bo„lgan va umumiy yig„ilish qonun hujjatlari va jamiyat ustavida
belgilangan tartibni buzgan holda o„tkazilgan hollardagina, haqiqiy emas deb topilishi
mumkin deb belgilab qo‟yilgan. Yuqoridagi holatga ko‟ra aksiyadorga umumiy
yig‟ilish o‟tkazish haqida xabar bermaslik qonun hujjatlariga zid hisoblanadi.
Rossiya fuqarolik kodeksining 181.4-moddasiga asosan ham jamiyatning
umumiy yig‟ilishda qabul qilgan qarori qonun talablarini buzgan holda qabul qilingan
bo‟lsa sud tomonidan bekor qilinishi belgilab qo‟yilgan.
6
Yuqoridgi qonunlar, xalqaro normalar va doktrinalardan kelib chiqgan holda
quyidagicha umumiy xulosa qilish mumkin. Kazusda aksiyadorlik jamiyati aksiyador
Muhitdinovga umumiy yig‟ilish haqida xabar bermay korparativ qonunchilikga zid
qaror qabul qilgan. Ushbu holat bo‟yicha Muhitdinov sudga jamiyatga o‟z
aksiyalarini sotib olish majburiyatini qo‟yish bilan emas, balki umumiy yig‟ilishda
qabul qilingan qarorni haqiqiy emas deb topish to‟g‟risidagi da‟vo talabi bilan
murojaat qilishga haqli.
6
НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЙ КОММЕНТАРИЙ К ФЕДЕРАЛЬНОМУ ЗАКОНУ"ОБ ОБЩЕСТВАХ С ОГРАНИЧЕННОЙ
ОТВЕТСТВЕННОСТЬЮ"ТОМ 2 Под редакцией И.С. Шиткиной
Do'stlaringiz bilan baham: |