17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
249
keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot
uyg‘otadi, asosiy chiroqlari
(faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki
chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi.
Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda muvaffaqiyatli moslashtirilgan:
«Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», go‘zal, SHarqda ishlangan, sharqona
mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib,
o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir
qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi
bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy
san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular
maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan
hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi
shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin
qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis
laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab
yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir
xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana
shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat
qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida
olib qaraydi va ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir
qo‘lning» mehnati. Dizaynda esa, ashyolar
«turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini
butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli, hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi
nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er
yuzida tobora ko‘payib borayotgan inson zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik
ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi
esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin
qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana
boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi
atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga
olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda
san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni
estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin.
Chunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan
voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri
emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning
«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.
Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab
turadi
56
. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda
tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi
– san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik
56
Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421.
Do'stlaringiz bilan baham: |