Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana08.07.2022
Hajmi22,32 Mb.
#757513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

P p ......................................................................................
317
d q ......................................................................................
328
R r ..................................................................................
340
S S ......................................................................................
354
T t ......................................................................................
393
U u ......................................................................................
428
V v ......................................................................................
436
X X .........................................................................................
446
Y y ......................................................................................
460
Z Z............................................................................................ 
477
O ' o‘ ...............................................................................
480
G ‘ g‘........................................................................................
486
Sh s h .....................................................................................
487
Ch c h .....................................................................................
492
»Hlfli 
....


ABANDON -
to'liq miqdordagi 
sug'urta 
summasini 
olish uchun
sug‘urtalanuvchi sug'urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining 
foydasiga voz kechishi (sug'urtalangan kema nobud bo'lganda, 
u xabarsiz yo'qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan 
bosib olinganda). Abandon to'g'risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y 
bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet 
mamlakatlar qonunchiligida abandon sug'urtalanuvchining bir 
tomonlama akti hisoblanadi. Faqat Angliya qonunchiligida abandon 
uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.
ABSOLYUT (MUTLAQ) AFZALLIK PRINSIPI - Adam Smit tomonidan
ilgari surilgan g'oya bo'lib, savdo munosabatlaridagi mutlaq 
afzallikni anglatadi (tovarlarni ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarning 
ustunligi hal qiluvchi hisoblanadi).
ABSOLYUT (MUTLAQ) USTUNLIK - bir mamlakatning boshqa mamlakatga
nisbatan o‘z mahsulotlarini samaraliroq qilib ishlab chiqara oladigan 
holat. Masalan, jo'g'rofiy joylashishi va ob-havo sharoitiga kora 
Marokashda mandarinni AQShdagiga nisbatan arzon yetishtirish 
mumkin. AQShda esa kompyuterlami arzon ishlab chiqarish 
imkoni bor. Demak, mandarin yetishtirishda Marokash, kompyuter 
ishlab chiqarishda AQSh mutlaq ustunlikka ega. Shu sababli AQSh 
mandarinni Marokashdan, Marokash esa kompyuterlami AQShdan 
sotib olishi mumkin. Natijada ular bu mahsulotlarni o'zlarida ishlab 
chiqarishga qaraganda ko'proq foyda ko'radilar.
ABSOLYUT RENTA - yerning sifati qanday bo'lishidan qat’i nazar, undan
foydalanganlik uchun to'lanadigan ijara haqi.
ABSTRAKSIYA - iqtisodiyot nazariyasining asosiy tadqiqot uslubi. U ko'pincha
soxta tasawur berib, yuzaga chiquvchi iqtisodiy hodisalarning 
tub mohiyati va yo'nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab 
hodisalar orasidan eng asosiysini sof holda ajratib oladi hamda 
tadqiqotni qiyinlashtiruvchi, ikkinchi darajalilarini yo‘q deb faraz 
qilishni anglatadi. Dmiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy 
hodisalarning mohiyatini tushunib olish hamda uni yanada 
chuqurroq ifoda etuvchi tushuncha va qonunlami shakllantirish 
mumkin. Chunki dalillarni tartiblab, bir xulosaga kelishda 
abstraksiya usuli asosiy usul hisoblanadi.
ABSTRAKT MEHNAT - shaklidan qat’i nazar, insonning aqliy, ruhiy, jismoniy
energiyalarining birgalikdagi sarfi.


ADAPTATSIYA - 1. Tashqi (ichki) muhitda obyektiv tarzda mavjud bo'lgan
shart-sharoitlarga kishi (yoki tashkilot)ning moslashib borishi.
2. Tizimning real jarayonlarga moslashishi.
ADAPTIV KUTISH NAZARIYASI - ushbu nazariya tarafdorlari insonlar
istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishdagi o'zgarishlarni kutishda 
o'zlarining awalgi va hozirgi tajribalariga tayanadilar hamda ushbu 
o'zgarishlarro'yberaboshlagandaginao'zkutishlarinio'zgartiradilar 
deb hisoblaydilar.
ADDENDUM - ilgari tuzilgan sug'urta va qayta sug'urtalash shartnomasiga
tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan qo'shimchalar kiritish.
ADJASTER - sug'urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug'urtalanuvchi
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug'urta 
kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki 
huquqiy shaxs. U sug'urtalanuvchi bilan unga to‘lanadigan sug'urta 
qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug'urta 
hodisasining ro'y berish sabablarini o'rganadi va tahlil etadi. 
Ushbu tahlil natijalari bo'yicha sug'urta kompaniyasiga ekspert 
xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi. 
Adjaster vazifasini sug'urta kompaniyasining tarkibiy bo'limi yoki 
ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
ADVALOR SOUQ, - mahsulot qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida
o'rnatilgan to'lov. Inflyatsiya sharoitida o'zining funksiyalarini 
avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliq tarkibiga savdo soliqlari, 
importga nisbatan ko'pgina bojlar va boshqalar kiritilishi mumkin.
AGENT - turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs
(yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat 
ko'rsatuvchi shaxs. Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish 
korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs kelishadi va kelishuv asosida 
ishonch qog'oziga tayanib, faoliyat yuritadi.
AGENTLIK OPERATSIYALARI - bir tomonning topshirig'i bilan kelishilgan
hududda ikkinchi (agent) tomon amalga oshiradigan oldi-sotdi 
bilan bog'liq bo'lgan amaliy va huquqiy harakatlar.
AGRAR ISLOHOTLAR - yerlardan foydalanish tizimida davlat tadbirlari.
Mamlakatlar va ulaming tumanlari iqtisodiy geografik sharoiti 
hamda tarixiy xususiyatlari islohotlarga katta ta’sir ko'rsatadi.
AGRAR MUNOSABATLAR - yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan
foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish jarayonida 
vujudga keladigan munosabadar.


AGRAR SIYOSAT - davlatning agrar munosabatlar (qishloq xo'jaligi) sohasidagi
faoliyatibo'lib, u agrar masalalar, qishloq xo'jaligi, yer mulkchiligi va 
hokazolarni rivojlantirish yo'llari haqidagi masalalami hal qilishga 
qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
AGRARSANOAT MAJMUASI - qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab
chiqarish (yetishtirish), taqsimlash, qayta ishlash va iste’mol qilish 
bo'yicha o'zaro iqtisodiy munosabatlar bilan bog'liq xalq xo'jaligi 
tarmoqlari yig'indisi. Qishloq xo'jaligi, sanoat va qayta ishlash 
sanoatini o'z ichiga oladi.
AGREGIRLASH - alohida birliklar yoki ma’lumotlarni bitta ko'rsatkichga
birlashtirish. Masalan, bozor iqtisodiyotida qog'oz va tanga pullar, 
chekli qo'yilmalar, kredit kartochkalari, muddatli yirik qo'yilmalar 
va shu kabilar mavjud. Agregirlash natijasida ular guruhlarga 
ajratilgan, ular pul agregatlari deyiladi (

Download 22,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish