Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Klinik manzarasi. Metil spirti bilan zaharlanishning klinikasida 

bir  necha  davrlar  farqlanadi:  boshlang‘ich  yoki  mastlik  davri, 

yashirin  (1–2  soatdan  bir  kungacha),  intoksikatsiya  davri,  tuzalish 

davri.  Og‘irlik  darajasiga  qarab  esa  yengil,  o‘rtacha  yoki  oftalmik 

va og‘ir ko‘rinishlari farqlanadi. 

Yengil zaharlanish o‘tkir gastrit (ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda 

og‘riq)  hamda  miya  faoliyati  bilan  bog‘liq  (lanjlik,  bosh  og‘rig‘i, 

bosh  aylanishi,  fikrlashdagi  sustkashlik)  ko‘rinishda  o‘tadi.  Bunda 

oshqozon-ichak  tizimidagi  o‘zgarishlar,  jumladan,  qorinda  og‘riq 

turishi  va  gastrit  belgilari  metil  spirti  bilan  zaharlanishga  xos 

bo‘lgan belgi hisoblanadi. Bu o‘zgarishlarga, ko‘pincha, ko‘rishdagi 

buzilishlar (ko‘z oldida «tuman»«donachalar» «qorong‘ulik» paydo 

bo‘lishi)  qo‘shimcha  bo‘ladi.  Ko‘z  qorachig‘i  kengayib  ketadi, 

qorachiqning  yorug‘likka  reaksiyasi  kamayadi.  Ko‘z  qorachig‘i 

bilan  bog‘liq  belgilar  metil  spirti  bilan  zaharlanishga  xos  belgilar 

hisoblanib,  bu  belgilar  ko‘rishda  o‘zgarishlar  paydo  bo‘lishidan 

oldin – yashirin davrda paydo bo‘ladi. 

Yengil  zaharlanishning  davomiyligi  3–5  kunni  tashkil  qiladi. 

Biroq behollik ancha muddat saqlanib turadi. 

O‘rta  darajada  zaharlanishda  yuqoridagi  belgilarning  barchasi 

paydo bo‘ladi. Biroq eng asosiy belgi ko‘rishdagi o‘zgarishlar bilan 

bog‘liq bo‘ladi. Ko‘zdagi o‘zgarishlar ko‘rlikka ham sabab bo‘lishi 

mumkin.

Ba’zi hollarda metil spirti ichib qo‘ygan odam bu kuniga ko‘zi 

ko‘rmaydigan  holatda  uyg‘onadi.  Oradan  3–4  kun  o‘tib  ko‘rish 

tiklana  boshlaydi.  Ba’zi  hollarda,  hatto  to‘liq  tiklanadi.  Biroq  bu 

tuzalish  jarayoni  barqaror  bo‘lmay  biroz  muddatdan  so‘ng  ko‘rish 

yana yomonlashishi mumkin.

Og‘ir  darajada  zaharlanganda  zaharlanish  belgilari  juda  tez 

rivojlanadi.  Bunda  qisqa  muddatli  yashirin  davrdan  so‘ng  kuchli 

holsizlik,  ko‘ngil  aynishi,  qusish,  qorin,  bel  va  boldir  sohalarida 

kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Keyin uyqu bosib jabrlanuvchi hushidan 

ketadi.  Nafas  olish  buziladi.  Ko‘karish  paydo  bo‘lib,  yurak-tomir 



77

tizimi  faoliyati  buziladi.  Natijada  toksik  shok  rivojlanadi.  Ba’zi 

hollarda mushaklar tortishishi mumkin. 

Jabrlanuvchi  ko‘zdan  kechirilganda  qorachiqning  kengayib 

ketganligi,  yorug‘likka  reaksiyasi  sustligi,  teri  qizarib  yoki 

ko‘karib  ketganligi,  nafas  yetishmasligi,  tomirning  tez  urishi,  qon 

bosimining tushib ketganligi aniqlanadi. Intoksikatsiya og‘ir kechsa 

1–2-kunning  o‘zidayoq  nafas  va  qon  aylanishidagi  buzilishlar 

hisobiga  o‘lim  sodir  bo‘ladi.  Intoksikatsiya  kuchli  rivojlanmagan 

hollarda faoliyatning asta-sekin tiklanishi kuzatiladi. 




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish