63
Klinik ko‘rinishi. Sinil kislota bilan zaharlanish intoksikatsiya
belgilarining tez paydo bo‘lishi, kislorod yetishmovchilik holatining
tez rivojlanishi va asab tizimining izdan chiqishi bilan xarakterlanadi.
Zaharlanishning yashin tezligida kechuvchi turi mavjud bo‘lib,
bunda o‘lim shu zahoti sodir bo‘ladi – jabrlanuvchi shu zahoti
hushini yo‘qotib nafasi yuza va tez bo‘lib qoladi, yuragi tez va
notekis ura boshlaydi, mushaklar tortishadi. Mushaklar tortishishi
uzoq vaqt davom etmasdan nafas olish to‘xtaydi va o‘lim sodir
bo‘ladi. Jabrlanuvchi tibbiy yordamgacha yetib bormaydi.
Yengil darajadagi zaharlanishda og‘izda noxush ta’m va achchiq
sezgi paydo bo‘ladi. Keyinchalik og‘izning uyushib qolishi,
ko‘ngil aynishi, so‘lakning ko‘p ajralishi, ozgina harakat natijasida
ham mushaklarning toliqishi va tez charchab qolish, quloqning
shang‘illashi, duduqlanib gapirish kuzatiladi. Zahar ta’siri to‘xtagach
bu sezgilar ham o‘tib ketadi. Biroq 1–3 kun davomida bosh og‘rig‘i,
mushaklarning bo‘shashishi, ko‘ngil aynishi, umumiy lanjlik
holatlari saqlanib turishi mumkin. Yengil darajada zaharlangan
odam tez tuzalib ketadi.
O‘rta darajadagi zaharlanishda yuqorida keltirilgan belgilarga
bosh chekka tomirlarining lo‘qillashi, bosh og‘rig‘i, behalovatlik,
shilliq qavatlarning uyushib qolishi havo yetishmasligi, buning
oqibatida o‘limdan qo‘rqish hissi qo‘shiladi. Teri va shilliq qavatlar
och qizil rangga kiradi. Tomir zo‘riqqan holda sekin uradi. Qon
bosimi oshadi. Nafas yuza bo‘lib qoladi. Qisqa muddatli mushaklar
tortishishi kuzatilishi mumkin. O‘rta darajadagi zaharlanishda
jabrlanuvchi toza hududga olib chiqilishi bilan o‘ziga keladi.
Biroq keyingi 4–6 kun davomida o‘zini yomon his qilish, lanjlik,
charchoq, bosh og‘rig‘i, yurak sohasida noxush sezgi, yurakning
tez urishi, qon bosimining o‘zgarib turishi kabi belgilar saqlanib
turadi.
Og‘ir darajadagi zaharlanish tez kechib, yashirin davr bir
necha daqiqani tashkil qiladi. Shunga qaramay sxematik tarzda
og‘ir darajadagi zaharlanishning to‘rt davri ajratiladi: boshlang‘ich,
dispnoetik, tortishishlar va falajlik.
64
Boshlang‘ich davr yuqorida keltirilgan yengil subyektiv belgilar
bilan ifodalanadi. Bu davr ancha qisqa davr bo‘lib, tezda keyingi
davr boshlanadi.
Dispnoetik davrda to‘qimalarga xos bo‘lgan ba’zi belgilar
kuzatiladi: teri va shilliq qavatlarning och qizil rangga kirishi,
asta-sekin rivojlanadigan bezovtalik, charchoq, yurak sohasida
og‘riq. Bundan tashqari, jabrlanuvchida o‘limdan qo‘rqish hissi
paydo bo‘ladi, qorachiqlar kengayadi, tomir urishi sekinlashadi,
nafas olish tezlashib chuqurlashadi.
Mushaklar tortishish davrida jabrlanuvchining holati og‘irlashib
qoladi. Ko‘z soqqasi oldinga chiqib ketadi, nafas olish sekinlashib,
ravonligi yo‘qoladi, qon bosimi ko‘tarilib, tomir urishi sekinlashadi.
Ba’zida tilni tishlab olish holatlari ham kuzatiladi. Jabrlanuvchi
mushaklar tortishishi kuchayishi oqibatida hushini yo‘qotadi. Ko‘z
qorachig‘ining yorug‘likka reaksiyasi yo‘qoladi. Teri va shilliq
qavatlar och qizil rangdaligicha qoladi. Bu davrning davomiyligi
bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Bu
davrda mushaklarning tortishishi biroz muddat tinchlik davri bilan
almashishi mumkin.
Keyinchalik falajlik davri boshlanib, bu davrda mushaklarning
tortishishi o‘rnini chuqur komatoz holat egallaydi. Bu holatda
jabrlanuvchi hech narsani sezmaydi, reflekslar aniqlanmaydi,
mushaklar harakatsiz bo‘ladi. Siydik va axlatning o‘z-o‘zidan chiqib
ketishi ham kuzatilishi mumkin. Nafas olish sekinlashib, ravonligi
yo‘qoladi va nihoyat nafas olish to‘xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: