Birinchi yordam. Sinil kislota bilan zaharlanishda birinchi
yordam zahar ta’sirini bartaraf qilish, gazniqob kiydirish, imkon
darajasida ziddi-zahar yuborish, zararli hududdan olib chiqish, zarur
hollarda sun’iy nafas berishdan iborat bo‘ladi.
Qo‘llanilishi. Sinil kislota akrilonitril, metilmetakrilat adiponitril
va boshqa moddalar olishda xomashyo vazifasini o‘taydi. Rudadan
qimmatbaho metallarni ajratib olishda, metallarga oltin va kumush
suvi yuritishda, aromatik moddalar, kimyoviy tola, plastmassa,
kauchuk olishda, organik oyna, zararkunandalarga qarshi dorilar,
o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi vositalar ishlab chiqarishda
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |