25
Pichoqlar vali
(2)
po‘latdan yasaladi (10-rasm,
a).
Valning
qurilmasi unga pichoqlar
(4)
ni o‘rnatish va ularni aylanma
harakatlantirish imkonini beradi. Valda pichoqlar joylashadigan
o‘yiqlar va ularni mahkamlaydigan qurilmalar bo‘ladi. Valning
chekka uchlarida bo‘yinlar bor, val shu bo‘yinlarga pod-
shipniklar
(3)
da o‘rnatiladi. Valning bir uchiga mahkamlangan
shkiv
(1)
valga aylanma harakat uzatadi. Ba‘zan shkiv o‘rnida
yarim mufta bo‘ladi; yarim mufta pichoqlar valini elektr dvigatel
valiga bevosita ulaydi. Bunda elektr dvigatel valining o‘qi bilan
pichoqlar valining o‘qi o‘qdosh bo‘lishi lozim.
SR6 - 8 tipidagi reysmusli dastgohlarda pichoqlar valiga
(10- rasm,
b)
o‘roqsimon yassi
pichoqlar o‘rnatiladi; bu pichoq-
larning tili valning silindrik sirtida vint chiziqlari bo‘ylab
o‘rnatiladi. O‘roqsimon pichoqlarning tillari yo‘niladigan
yog‘ochga deyarli hamma vaqt tegib turganligidan, bunday
pichoqlar vali boshqa vallardan ravon ishlashi bilan ajralib
turadi. Bunday pichoqlar bilan ishlov berilgan sirtlarda g‘adir-
budurlar kam bo‘ladi.
Pichoqlar vali bir daqiqada
6000 marta
va undan ham ko‘p
aylanadi, shunga ko‘ra val hamda pichoqlar shunday muvoza-
natlanadiki, valning qarama - qarshi tomonlariga
o‘
rnatilgan
ikki pichoqning og‘irlik markazlari aylanish
o‘qidan baravar
masofada joylashgan b
o‘
ladi. Aks holda, muvozanati buzilgan
markazdan qochuvchi kuchlar paydo b
o‘lib, kuchli titrash
paydo boiadi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda dastgoh
unsurlarining sinishiga olib keladi.
Pichoqlar vali bir, ikki va bundan ko‘p pichoqlar juftini
o‘rnatish
ga mo‘ljallangan. Pichoqlarni o‘rnatish usullari
11-rasmda ko‘rsatilgan. Pichoqlar
(3)
valdagi o‘yiqlarga
o‘rnatilgan. Har bir pichoq o‘yiqning devori bilan ponasimon
vkladish
(4)
orasiga boltlar
(5)
bilan siqib qo‘yilgan; boltlar
vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan o‘yiqning
qarama-qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda
26
siqib qo‘yish uc
hun valni uzunligi bo‘yicha bir necha bolt bilan
siqib qo‘yish ko‘zda tutilgan.
O‘tmaslashgan pichoqni almashtirish uchun hamma boltlar
bo‘shatilib, pichoq olinadi va o‘rniga o‘tkir pichoq qo‘yiladi,
so‘ngra valning o‘rtasidagi boltdan boshlab barcha boltlar bir
necha usulda buralib, pichoq qattiq siqib qo‘yiladi. Pichoq
tig‘ining vaziyatini o‘zgartirish uchun, shuningdek, pichoqni
valga o‘rnatishda vintlar
(2)
(11-rasm,
a)
yoki prujinalar
(6)
(11-
rasm,
b)
ishlatiladi.
3
3
1
2
4
4
5
6
a)
b)
5
Do'stlaringiz bilan baham: