IV BOB
.
DASTGOHLAR ASOSIY
UNSURLARINING TAVSIFLAM
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarining unsurlari ishlov be-
rish dastgohlarining qurilmalari va ularning bajaradigan ishiga
bog‘liq. Ba‘zi dastgohlar yog‘ochni arralash uchun, yana biri
-
randalash uchun, boshqalari —
parmalab teshish va hokazolar
uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan
farq qilgani bilan ularning qurilma unsurlari bir xil vazifani
bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza
bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash
va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun
xizmat qiladi. Dastgohlarning qurilmasini o‘zgartirish ularning
unsurlari qurilmasining o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab
bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra dastgohlarning qismlarini bilish
yangi qurilmadagi dastgohlar va avtomatik liniyalarni tez
o‘zlashtirishga imkon beradi.
Dastgohlarning unsurlari asosiy va yordamchi unsurlarga
ajratiladi. Asosiy unsurlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish
qismlari, surish qurilmalari, yuritmalar, boshqarish qismlari, ta-
yanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslama-
lari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, dastgohni
sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun
mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi unsurlar bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘pgina dastgohlar dastgoh yoniga o‘rnatiladigan qurilmalar
—
zagotovka bilan ta‘minlab turuvchi va taxlash qurilmalari
bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan unsurlar to‘pla-mi bilan
dastgohlarning hammasi ham jihozlanavermaydi.
Stanina dastgohning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar
staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim unsurlari
o‘rtasida ta‘sir kuchlarini, titrash kuchlanishlarini hamda ishlov
berilayotgan material yuklanishlarini qabul qiladi.
21
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘lishi
mumkin. Ularning ichi kovak qilib, kesimi, odatda, qutisimon,
shu bilan birga, zarur bo‘lgan turg‘unlikni ta‘minlab tayyorlanadi.
Stannalarning shakli va o‘lchamlari dastgohning vazifasiga
hamda qurilmasiga bog‘liq.
Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish qismlari
—
shpindellari, pichoqlar va arralar o‘rnatiladigan vallari
ana shu asboblami mahkamlash va aylantirish uchun xizmat
qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda
ish qismlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun yoki uni
mahkamlash va unga to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish,
yo bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun moijallangan.
G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismla-
ri —
shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi
yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat
qiladi.
Supportlarga dastgohning ish bajaradigan yoki boshqa
qismlari mahkamlanadi. Supportga mahkamlangan ish qismlari,
dastgohning qurilmasiga qarab, sozlash vaqtida bir (masalan,
vertikal) yo‘nalishda, ikki (vertikal va gorizontal) yoki uch
yo‘nalishda va burchak hosil qilib surilishi mumkin.
Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida supportlardan
tayanch unsurlar — stollarni mahkamlash maqsadida ham
foydalaniladi. Bunday dastgohlarda supportlar ba‘zida
zagotovkalarga surish harakatini uzatish uchun ham xizmat
qiladi.
O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari
zagotovkalarga uzluksiz bir tekis harakatni uzatib turadi; po-
zitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zago-
tovka yoki kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham
zagotovka, ham asbobga qaytma
-
ilgarilama harakat
— surish
harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi.
Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi
oraliq zvenolardan (masalan, tasmali uzatma yoki elektr dvigatel
22
valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan,
masalan, elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham
xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga hojat qolmaydi.
Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga so-
lish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy rusumdagi
dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda
boshqariladi; yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab
qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan holatida
ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish
tizimlarida buzilib qolgan yuritmaning avtomatik ravishda to‘x-
tashi ko‘zda tutilgan.
Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov
berish jarayonida zagotovkalarning turg‘unligini ta‘minlaydi va
surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi.
Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan
vaziyatda mahkamlaydi. Siqish moslamalari o‘tish operatsiyalari
bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib
turishini ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga
nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga yordam beradi.
Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni
uzatadi va ishlov berilgan zagotovka yoki detallarni dastgohdan
olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi.
Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda
charxlash va shaklini to‘g‘rilashga mo‘ljallangan.
Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘nal-
tiruvchi va tayanch unsurlarning kesish asbobiga nisbatan
vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qism-
larga nisbatan vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul
qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga ishlov berganda hosil
bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvur-
larga ulanadi.
23
Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |