Sh. Abdullayeva I f. d., prof


Jamg‘arma (depozit) sertifikati



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

Jamg‘arma (depozit) sertifikati
– bu bankka qo‘yilgan omonat 
summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har 
qanday bo‘limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat 
miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiq-
lovchi qimmatli qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikati taqdim etila-
digan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Jamg‘arma (depozit) ser-
tifikati muddatdan oldin taqdim etilgan hollarda, agar depozit shartlariga 
ko‘ra, foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bank 
sertifikati bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan 
omonat miqdorini va foizini to‘laydi. 
Ko‘pgina banklarda keyingi vaqtlarda mijozlar orasida muddatli 
depozitlarga bo‘lgan qiziqish juda ortdi va depozitlar umumiy qo‘yil-
malar hajmining 80 foizini tashkil qilmoqda. Muddatli depozitlarning 
turlari orasida yuqori daromadli jamg‘arma qo‘yilmalari, ayniqsa, bozor 
sharoitidagi o‘zgarishlar tufayli omonatchilar daromadlarining ortib 
borishiga qattiq ta’sir ko‘rsatuvchi pul bozoridagi depozitlar muhim 
ahamiyat kasb eta boshladi. Oddiy, talab qilib olinguncha depozitlar 
hajmi esa keskin qisqardi. 
Pulning qadrsizlanishi, pul muomalasining buzilishi, raqobatning 
kuchayishi hamda mijozlar bilimi va saviyasining ortishi banklar xizmat 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan depozitlar tarkibining anchagina o‘zgarib 
ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda jahon amaliyotida keng tarqalgan 
asosiy depozitlarning ikkinchi turi 
xorijiy davlatlar, u yerdagi biznes-
menlar va fuqarolar
depozitlaridir. Depozitlarning bunday turlari 
mamlakatimiz bank tizimi amaliyotida hali uncha keng qo‘llanilmaydi. 
Lekin bunday depozitlar haqida bilimga ega bo‘lish foydadan xoli emas. 
Bunday depozitlar hajmining tez o‘sib borishi, jahon savdosining 
rivojlanishi va xorijiy investitsiyalarning oshishi bilan bog‘liq. Lekin 


211
keyingi paytlarda bunday depozitlarning hajmi qisqarib bormoqda. 
Bunga sabab mamlakat ichidagi depozitlarga qo‘yiladigan foiz stavka-
larining omonatchilar uchun ancha qulay bo‘lib borayotganidir. 
Asosiy depozitlarning yana bir turi 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish