Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

BBK 65.262.1ya73
ISBN
 
978-9943-13-123-0 
 
 
 

©«IQTISOD-MOLIYA», 2018




3
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank
tizimi lokomotiv vazifasini bajarishi kerak.
KIRISH
Dastlab, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining ho-
zirgi bank tizimi mustaqillikka erishgunga qadar bo‘lgan davrdagi bank
tizimidan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, o‘sha davrda bank tizimining
o‘zagini:
Sobiq Ittifoq davlat banki;
Qurilish banki;
Davlat mehnat jamg‘arma kassalari tashkil etar edi.
Ittifoqdosh respublikalarda esa ushbu banklarning respublika,
viloyat kontoralari va tuman (tashqi iqtisodiy faoliyat bankidan tashqari)
bo‘limlari faoliyat ko‘rsatardi, xolos. Bu banklarning joylardagi bo‘-
limlari faqatgina ko‘chiruvchi operator rolini bajarar edi. Butun bank
tizimi markazdan boshqarilib, kreditlash limitlari ham, naqd pul chi-
qarish limitlari ham markazning ruxsati bilangina amalga oshirilar,
hamma masalalar yuqoridan hal qilinardi.
Qisqasi, joylarda mustaqil ijodiy ishlashning o‘zi yo‘q edi hisob.
Bozor munosabatlari xususida umuman gap bo‘lishi mumkin emas edi.
Respublika aholisiga faqat bir narsa ma’lum bo‘lib, u ham bo‘lsa, o‘z
qo‘lida bo‘sh pullarni Davlat mehnat jamg‘arma kassalarida qat’iy belgi-
langan foizlar olish sharti bilan saqlashlari mumkin edi. Boz ustiga, bank
tizimini ommaviy axborot vositalarida yoritishga ruxsat yo‘q, bino-
barin, bank faoliyati to‘g‘risida birorta ma’lumot matbuotda yoritil-
masdi.
Faqatgina 1987-yilning ikkinchi yarmidan boshlab, asosan Davlat
banki negizida «Agrosanoatbank», «Uyjoy ijtimoiybank», «Sanoat-qu-
rilishbank» va boshqa tarmoq banklari tashkil etila boshlandi. Biroq bu
o‘zgarishlar ham kutilgan natijalarni bermadi. Chunki markazlashgan
boshqaruv tizimi hali davom etar va o‘z izmini o‘tkazar edi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mus-
taqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil davlatimiz siyosatining
eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilish va uni tubdan
o‘zgartirishga qaratildi. Bank tizimini isloh qilish hukumatimizning bo-
zor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish dasturiga muvofiq amal-ga
oshirila boshlandi.


4
Bank tizimini isloh qilishning dastlabki bosqichida 1991-yilda qabul 
qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respub-
likasi qonuni bozor sharoitlariga mos banklar institutini vujudga kelti-
rishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq 
SSSR davlat bankining hududiy bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy bankiga aylantirildi va u bevosita davlat boshchiligida bank 
tizimini isloh qilishni boshladi.
Juda qisqa muddat ichida ikki pog‘onali bank tizimini vujudga kel-
tirish borasida birinchi qadamlar qo‘yildi. Markaziy bankning tashkiliy 
strukturasi va ish uslublari qayta qurilib, tijorat banklari aksiyalashtirildi 
va bugungi kunda ularning soni 29 taga yetdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, va tijo-
rat banklaridan tashqari yuzlab nobank kredit tashkilotlari ham faoliyat 
yuritmoqda. 2008-yilda yuzaga kelgan va barcha rivojlangan mamla-
katlar moliya-kredit tizimi hamda iqtisodiyotini larzaga keltirgan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz moliya-bank tizimida izchil islohotlar doi-
miy ravishda olib borilishi lozimligini yana bir bor isbotlamoqda. 
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Jahon moliyaviy 
inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning 
darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy 
va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning 
himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liqligini isbotlashga 
hojat yo‘q...”
1
 
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat-
ki, undan bank ishining nazariy asoslari naqt pulsiz hisob-kitoblar, xal-
qaro valuta-kredit munosabatlari va pul muomalasiga oid savollarga ham 
javob topasiz. 
Qo‘llanmaning oxirida keltirilgan masalalar to‘plamini tuzishda 
dots. X.K. Kashapovning “Bank ishi” fanidan tayyorlangan to‘plamidan 
foydalanildi. 
Mualliflar o‘quvchilarni bugungi kunda bank tizimida bo‘layotgan 
islohotlar ko‘lami, shuningdek, «Bank ishi» fani dasturiga binoan o‘z-
lashtirilishi lozim bo‘lgan nazariy va amaliy masalalar bilan tanishti-
rishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. O‘quv materiallari jamlan-
gan ushbu o‘quv qo‘llanma o‘quvchilar bilimini oshirishga xizmat qilsa
barcha sa’y-harakatlarimiz bekor ketmagan bo‘lardi.
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish 
yo‘llari va choralari. – T.: “O‘zbekiston”, 2009, 7-bet. 


5

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish