Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

aktivlarning sifati
. Ma’lumki, aktivlarning sifati bank likvid-
ligiga ta’sir qiladi. Muammoli kreditlar, ya’ni muddati o‘tgan, foyda 
keltirmayotgan kreditlar va pul mablag‘lari harakatining kamligi bank 
likvidligiga ta’sir ko‘rsatadi; 
resurslarning jamlanganligi
. Masalan, bankning davlat va yirik 
korxonalarning depozitlaridan haddan ortiq qaramligi bankning likvidlik 
tavakkalchiligining oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki ushbu depozitlar har 
xil budjet to‘lovlari yoki ish haqini to‘lash uchun har qanday vaqtda 
qaytarib olinishi mumkin; 
bank kapitali va foydaliligini hisobga olgan holda bankning 
umumiy moliyaviy holati
. Bankning moliyaviy holati yomon bo‘lsa, 
talab qilinayotgan vositalarni yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan yuqori narxlarda 
oshishi yoki banklararo bozorga kira olmasligi mumkin. Vositalardan 
foydalanish imkoni bo‘lsa-da, qarz beruvchi DQO yoki depozit singari 
yuqori likvidli yoki oson sotiluvchan ta’minot berilishini talab qiladi. 
Bank esa bunga yo‘l qo‘ya olmaydi. 
balansdan tashqari majburiyatlar va shartnomalar
, jumladan, 
ishlatilmayotgan kredit liniyalari, akkreditivlar, qimmatli qog‘ozlar va 
valutani sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlar. 
[102]
. Mablag‘larni joylashtirish haqidagi qarorlarga juda ko‘p, 
ba’zan bir-biriga zid omillar ta’sir etadi. Masalan, agar rahbariyat naqd 
pul kabi yuqori likvidli yirik aktivlarga ega bo‘lishni istasa, u joriy 
daromaddan voz kechadi. Banklararo bozorda ancha arzon resurslarni 
olish imkoniyati mavjud bo‘la turib, likvidlikka bo‘lgan talabni 
qondirish maqsadida yuqori likvidli DQOlarni sotish ham daromadning 
pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Banklar ko‘p usullar bilan resurslarni ko‘paytirishi mumkin: 
doimiy ravishda depozitlarni jalb qilish; 
banklararo yoki Markaziy bank kreditlarini olish kabi usullar 
bilan. 
Jalb qilingan mablag‘lar narxlarining raqobatliligi va majburiyat-


159
larni qaytarish muddati aktivlarni qaytarish muddatiga mos kelishi ke-
rak. 
Aktivlar va majburiyatlarni qaytarish muddatlarining mos 
kelmasligi likvidlik xatarining asosiy manbayi hisoblanadi.
Bankning likvidlilik pozitsiyasi birinchi navbatda, uning resurslar 
bazasining barqarorligiga bog‘liq. 
Turli vositalar orqali resurslarni jalb qilishning barqarorligini 
aniqlashda birinchi galda resurslarning manbalarini ko‘rib chiqish kerak. 
Turli passiv toifalar darajalarining barqarorligiga bog‘liq holda ba’zi 
umumlashtirishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligiga qaramasdan (har qan-
day vaqtda ancha yuqori stavkalarga intilib, bankdan chiqib ketishi 
mumkin bo‘lgan yirik depozit sertifikatlariga nisbatan jamg‘arma hisob-
varaqlari ancha ishonchlidir, joriy depozitlarga nisbatan uzoq muddatli 
depozitlar ancha barqarordir) resurs manbayi turi muhim ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Masalan, uzoq muddatli kredit olgan bank aksiyadorlari yoki 
qarz oluvchilariga tegishli bo‘lgan yirik depozitlar odatda raqiblarning 
biroz yuqori foiz stavkalari bo‘yicha takliflardan so‘ng bankdan chiqib 
ketish tendensiyasiga ega bo‘lmaydi. 
Aktivlarni sotish bilan bir qatorda naqd pulning tezda ortishiga 
ehtiyoj sezgan bank kreditlar uchun banklararo bozorga murojaat qilishi 
mumkin. Bankning ushbu bozordan kredit olish imkoniyatlari bir nechta 
omillar bilan birgalikda bankning moliyaviy holatiga, kapitalning 
yetarliligiga, bozorning fikrini bilgan holda yuqori likvidli garovning 
mavjudligiga, bozorning likvidligiga va umumiy makroiqtisodiy ahvolga 
bog‘liqdir. 
Banklararo kreditlar bozori resurslarning muhim va yirik manbayi 
hisoblanadi. Ushbu bozorda operatsiyalar quyidagi muammolarni hal 
etishi uchun xizmat qilishi mumkin: 
tijorat banklari vakillik hisobvaraqlaridagi zaxiralarning taqchil-
ligini qoplash va uni talab darajasiga yetkazish; 
mo‘ljallanayotgan uzoq muddatli kreditlash ehtiyoji vujudga 
kelguncha yoki yirik depozitni qaytarish talabi bildirilguncha resurslarni 
samarali joylashtirish (shu jumladan kamida bir kunlik muddatga) uchun 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish