Sh. Abdullayeva I f. d., prof


-bob. BANK FOIZI VA FOIZ STAVKALARI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

9-bob. BANK FOIZI VA FOIZ STAVKALARI 
 
9.1. Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi 
[279]. Ssuda foizi 
vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan 
foydalanganligi uchun to‘lanadigan o‘ziga xos to‘lovdir. Uning 
to‘lovchisi ham, ta’minot manbayi ham mijoz va uning foydasi 
hisoblanadi. 
Ssuda foizi turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularni bir qator belgilar 
bo‘yicha tasniflash mumkin (60-jadval). 
60-jadval. 
Ssuda foizining turkumlanishi 
 

 
Tasniflash
belgilari 
Ssuda foizi turlari 
1. 

Kredit shakllari 
bo‘yicha 
Tijorat krediti bo‘yicha foiz 
Bank foizi
Iste’mol krediti bo‘yicha foiz 
Lizing shartnomalari bo‘yicha foiz 
Davlat krediti bo‘yicha foiz 
2. Kredit 
tashkilotlari 
bo‘yicha 
Markaziy bank hisobiga foiz 
Lombard krediti bo‘yicha foiz 
Bank foizi 
3. Investitsiyalar 
turi 
bo‘yicha 
Aylanma mablag‘lar uchun berilgan kredit 
bo‘yicha foiz
Asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo‘yicha 
foiz 
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun 
berilgan kredit bo‘yicha foiz 
4. Kreditlash 
muddatlari 
bo‘yicha 
Qisqa muddatli ssuda foizi
Uzoq muddatli ssuda foizi 
o‘rta muddatli ssuda foizi 
5. Kredit 
tashkilotlarining 
operatsiyalari turlari 
bo‘yicha 
Depozit foizi 
Ssuda foizi 
Banklararo kredit foizi va boshq. 
Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subyektning 
bittasi bank bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin. 
Shuni ta’kidlash lozimki, kredit tashkiloti ssudani asosan o‘zining 
emas, balki jalb etilgan mablag‘lar hisobidan beradi. Vaqtincha bo‘sh 
bo‘lgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati 
uchun bankning olgan daromadi kompensatsiya rolini bajaradi. Bank 


446
aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar 
passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga 
olib keladi. Shunday qilib bank ssudalar bo‘yicha to‘lay olmaslik riskini 
o‘z zimmasiga oladi. 
Foiz siyosati nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, 
shuningdek, kredit munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy 
vosita vazifasini bajaradi. 
[280]. 
Bank foizidan foydalanish mexanizmi deganda ssuda foizi 
siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo‘llaniladigan 
vositalar, choralar to‘plami tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar 
hisoblanadi: 
foiz darajasini shakllantirish usullari; 
foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari; 
Markaziy bank tomonidan foiz me’yorlarini muvofiqlashtirish 
usullari; 
foizlar bo‘yicha o‘zaro to‘lovlar va undirishlar tartibi; 
foizni to‘lash manbalari;
qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz 
o‘rtasidagi bog‘lanish;
kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda 
foizning o‘rni.
Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy 
kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini 
olib borish maqsadiga bog‘liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda 
aksariyat hollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subyektiv 
ustuvorlik namoyon bo‘ladi. Bozor munosabatlarigacha, ya’ni xo‘jalik 
mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan 
davlatning xo‘jalik yuritish siyosatiga bo‘ysungan holda amalga oshgan. 
Bu siyosat o‘zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham 
o‘zgargan. 
Bugungi kunda bank foizining quyidagi mexanizmlaridan 
foydalanilmoqda: 
foiz darajasi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifdan kelib 
chiqqan holda subyektlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida 
o‘rnatiladi; 
ssudalar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘rnatishi kredit kelishuvlari 
amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya’ni: 
– ssuda summasi va uni uzish muddati; 


447
– ssuda ta’minotining mavjudligi; 
– mablag‘larni jalb qilish sarflari; 
– kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari; 
– bankni rentabelli bo‘lishini ta’minlash zaruriyati; 
– mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda 
bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi. 
bankning passiv operatsiyalariga nisbatan foizning ahamiyati 
oshib borishi kuchayadi, bo‘sh pul mablag‘larini omonatga qo‘yish 
rag‘batlantirilib boriladi; 
foizlarni o‘rnatish va undirish o‘zaro kelishuv bitimi asosida 
amalga oshirilib, odatda har oy foiz o‘tkazib (to‘lab) turiladi; 
kredit jamg‘armalarining yo‘nalishiga qarab foizlarni to‘lash 
(o‘tkazish) turlicha bo‘lishi mumkin:
– aylanma mablag‘lari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar 
mahsulot tannarxiga qo‘shiladi; 
– asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag‘lari 
bo‘lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha 
xarajatlar korxona foydasiga qo‘shiladi.
Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to‘langan foiz xarajatlari 
MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida 
soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o‘tgan 
kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi.
Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo‘yicha daromad va 
xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita 
bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
[281]. 
Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan 
biri - bu ssuda foizi darajasini shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor 
munosabatlarining rivojlanish sharoitida, kredit to‘lovlarining 
erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun o‘rtacha foyda 
me’yoriga erishish ustuvor vazifa hisoblanadi. Foizning o‘rtacha foyda 
me’yoridan u yoki bu tomonga og‘ishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. 
Ularni ikki guruhga, ya’ni umumiy va xususiy omillarga bo‘lish 
mumkin.

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish