Sh. Abdullayeva I f. d., prof


-bob. KREDIT SHARTNOMALARI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

7-bob. KREDIT SHARTNOMALARI 
 7.1. Shartnoma to‘g‘risida tushuncha va uning turlari 
 
[236].
Qadimda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-
larni berilgan so‘zga ishonch, lafz, halollik singari insoniy fazilatlar 
tartibga solib turgan. Zamonlar o‘zgarishi, taraqqiyot tezlashuvi bilan 
mazkur munosabatlar ham takomillashib bordi. Fan va texnika asriga 
kelib, axborot almashuvining mislsiz sur’atda oshishi o‘zaro aloqalar-
ning yangi bosqichiga yo‘l ochdi. 
Ahdlashuvlarni o‘zaro tenglik va adolat me’yorlariga asoslangan 
yangi turi – shartnomalar vujudga keldi va mantiqiy ravishda jamiyat 
taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 
Bugungi kunda shartnoma mahsulot oluvchi bilan uni yetkazib 
beruvchi o‘rtasidagi ahdlashuv bo‘lib, unda bir tomon mahsulotni o‘z 
vaqtida yetkazib berish, ikkinchi tomon esa o‘z vaqtida pulini to‘lash 
majburiyatini oladi. Mazkur hujjatda tomonlarning huquq va majburi-
yatlari yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Eng muhimi, unda talab va 
taklif mutanosibligi, ya’ni o‘zaro manfaatlar o‘z aksini topadi. Yanada 
soddaroq qilib aytganda: 
Shartnoma
– bu tomonlar o‘rtasida o‘rnatilgan yoki to‘xtatilgan 
(bekor qilingan) huquq va majburiyatlar to‘g‘risidagi kelishuv, yo bitim. 
Tomonlar barcha muhim bandlar bo‘yicha kelishgan holdagina (qonun 
talab etgan tarzda) shartnoma qabul qilingan hisoblanadi. Xalqimizda: 
«Sochganda so‘zlashmasang, xirmonda bo‘zlashasan» degan maqol bor.
Dehqonlar hayotidan olingan ushbu hikmatning to‘g‘ri ma’nosi 
shuki, biror kishi bilan sheriklashib dehqonchilik qiladigan bo‘lsang, u 
bilan ekin ekilayotganidayoq kelishib ol, agar boshida shartlashmasang, 
hosil pishib, xirmon ko‘tarilgach, uni bo‘lib olishda sheriging bilan 
gaping bir joydan chiqmay qolishi mumkin. 
Maqolning majoziy ma’nosiga kelsak, har bir ishni, birov bilan biror 
narsa xususida kelishuv, bitishuv asosida puxta qilmoq kerak ekanligi 
anglashiladi. 
Bu esa har qanday shartnomaviy hujjatning birlamchi shartidir. 
Shartnomaviylik esa jahon iqtisodiy taraqqiyotida sinovdan o‘tgan, erkin 
bozor munosabatlari yo‘lini tanlagan mamlakatlarda rivojlanishning 
muhim omili, sharti va garovidir. Qolaversa, u iste’mol bozorini to‘l-
dirish, aholi farovonligi va dasturxon to‘kinligi kafolati. Shartnoma-
viylik o‘zining erkinligi va mustaqil belgilanishi bilan demokratik 


382
tamoyillarga mosdir. 
Shunday qilib, shartnoma xo‘jalik yurituvchi subyekt deb ataluvchi 
ikki yoki bir nechta jismoniy va yuridik shaxsning, barcha mulk 
shaklidagi korxona, tadbirkor, tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi, fer-
mer va dehqon xo‘jaliklari, pudratchi va xususiy tadbirkor, xullas bar-
chaning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini o‘rnatuvchi hujjat hisoblanadi. 
U taraflar o‘rtasida majburiyatlar kelib chiqishiga asos bo‘ladi, unga 
kirishuvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini rejalashtirishga xizmat 
qilib, inqirozga yuz tutishdan asraydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning 
sifati va iste’molchiga yetkazilishi ta’minlanishini kafolatlaydi. Tabiiyki, 
bu ish umumiqtisodiyotimizga muhim, samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
[237].
Bugungi kunda Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, xo‘jalik 
ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxona 
to‘g‘risidagi qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma 
munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi. 
Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29 – avgustdagi 
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy 
bazasi to‘g‘risida»gi Qonun ham kiradi. Ushbu qonunning 10-
moddasida shartnomada quyidagi bandlarning bo‘lishi shartligi 
ta’kidlanadi:
shartnoma predmeti; 
yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, 
sifati, assortimenti va bahosi; 
shartnomaning bajarilish muddatlari; 
hisob-kitob qilish tartibi; 
taraflarning majburiyatlari; 
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada 
bajarilmaganda taraflarning javobgarligi; 
nizolarni hal etish tartibi; 
shartnoma tuzilgan sana va joy. 
Bulardan tashqari, bunday turdagi shartnomalar uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko‘ra o‘zaro 
kelishuviga erishish zarur bo‘lgan boshqa muhim shartlar belgilanishi 
lozim. 
Ushbu shartlarning xo‘jalik shartnomalariga to‘liq kiritilmasligi 
shartnomalarni ijro etish jarayonida salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. 
[238].
Xo‘jalik yuritish sohasidagi shartnoma munosabatlarining 


383
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
xo‘jalik shartnomalari tuzishning erkinligi; 
taraflarning o‘zaro manfaatdorligi; 
shartnoma intizomiga rioya qilish; 
taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi. 
Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida 
taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilish) 
orqali tuziladi. Ya’ni, shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvlari aso-
sida tuziladi. Taraflar o‘zaro tenglik tamoyiliga bo‘ysunadilar. Shuning 
uchun shartnomani tuzishda fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat erkin 
harakat qilib fuqarolik huquqiy munosabatlarining ishtirokchilari 
bo‘ladilar.
Shartnomani bajarishda har ikkala taraf o‘zaro javobgar hisoblana-
dilar. Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim 
darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf: 
boshqa tarafga yetkazilgan zararni to‘laydi; 
yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) 
kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya to‘laydi, biroq 
bunda penyaning umumiy summasi tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki 
ko‘rsatilmagan xizmat bahosining 50 foizidan oshib ketmaydi. 
Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni 
yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib 
bermaslik yoki xizmatlarni ko‘rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni 
qoplashdan ozod etmaydi. 
To‘lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman 
rad etganlik, shuningdek, hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) haqini to‘lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga 
to‘lov shartnomasini taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi 
(buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o‘zi to‘lashni rad etgan 
yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to‘laydi. 
Yetkazib berilgan tovarlar haqini o‘z vaqtida to‘lanmaganlik uchun 
sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib yuborilgan har bir kun uchun 
kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi 
(qarang: «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma-
huquqiy bazasi to‘g‘risida» gi Qonunning 27-34 moddalari). 
Prezidentimiz I.Karimov: «Hech bir shartnomadan xo‘jalik zarar 
ko‘rmasligi, balki o‘zi uchun manfaat topishi, bundan buyog‘iga ishlab 
chiqaruvchilar bilan munosabatni qizitish, rag‘batlantirish, ularga 


384
erkinlik berish asosida qurish lozim», – deb juda o‘rinli ta’kidlaydi. 
[241].
Bugun biz markaziy rejalashtirish tizimidan voz kechib, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritmoqdamiz. Bu tizimda 
shartnomalar – turli mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek, tadbir-
korlar hamda boshqaruv organlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Hozir kontrakta-
tsiya, fyuchers, xizmat ko‘rsatish, oldi-sotdi kabi shartnoma turlari 
yetakchi o‘rin egallamoqda (50-jadval). 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish