Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

50-jadval. 
Shartnoma turlari
 

 
Shartnoma 
turlari 
Tushunchalar 
1 2 

1. 
Oldi-sotdi 
shartnomasi
Bu shartnoma bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni 
boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish 
majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish 
va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni 
to‘lash majburiyatini oladi (FK, 386-modda). 
Chakana oldi-
sotdi shartno-masi 
Bu shartnomaga muvofiq tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga 
shaxsiy maqsadlarda, ro‘zg‘orda yoki tadbirkorlik 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda 
foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini 
oladi. 
Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisob-
lanadi (FK, 425-modda). 
Bu degan so‘z, sotuvchi sotish uchun taklif etgan 
tovarni buning uchun tegishli haqni to‘lashga rozi 
bo‘lgan har qanday shaxs sotib olishga haqli (agarda 
qonunga zid bo‘lmasa, masalan, spirtli ichimliklar 
yosh bolalarga sotilishi mumkin emas). 
Mahsulot yetka-
zib berish shart-
nomasi 
Bunga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-
lanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi – sotuvchi shart-
lashilgan muddatda yoki muddatlarda o‘zi ishlab chiqa-
radigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga 
tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, 
oilaviy maqsadlarda, ro‘zg‘orda va shunga o‘xshash 
boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lma-
gan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, 
sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning 
haqini to‘lash majburiyatlarini oladi (FK, 437-modda). 


385
Kontraktatsiya 
shartnomasi 
Unga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta 
ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid 
qiladigan shaxsga – tayyorlovchiga shartlashilgan 
muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini 
oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish 
(qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan 
muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) 
majburiyatini oladi. (FK, 465-modda). 
Energiya ta’-
minoti shartno-
masi 
Unga muvofiq, energiya bilan ta’minlovchi 
tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga 
(iste’molchiga) energiya berib turish majburiyatini 
oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini 
to‘lash, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan 
energiya iste’mol qilish tartibiga rioya etish, 
tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish 
xavfsizligini hamda o‘zi foydalanadigan energiya 
iste’mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini 
ta’minlash majburiyatini oladi (FK, 465-modda). 
Ko‘chmas 
mulkni sotish 
shartnomasi 
Bunga binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, in-
shoot, kvartira yoki boshqa ko‘chmas mulkni sotib 
oluvchiga mulk qilib topshirishni o‘z zimmasiga oladi. 
Sotib oluvchi esa buning uchun tegishli haqni to‘lashi 
lozim. FKning 83-moddasiga binoan ko‘chmas mulk 
yerosti boyliklari, ko‘p yillik dov-daraxtlar, 
shuningdek, binolar va inshootlardan iborat. 
Korxonani so-
tish shartnomasi 
Unga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun 
korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish 
majburiyatini oladi sotib oluvchi esa buning uchun 
tegishli haqni to‘lashi lozim. Korxonani sotib oluvchi 
shaxs tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
bo‘lishi shart emas. 
2. 
Ayirboshlash 
shartnomasi 
Unga ko‘ra shartnomada qatnashuvchi har bir taraf 
boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish 
yo‘li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi 
(FK, 497-modda). Uning mohiyati shundaki, 
shartnoma predmeti bo‘lgan biron bir tovar ikkinchi 
tarafga, odatdagidek, mazkur tovar qiymatini umumiy 
ekvivalent bo‘lgan yoki unga deyarli teng keladigan 
boshqa bir tovarga ayirboshlanadi. 
Shu sabab ayirboshlash 
barter
deb ham yuritiladi. 
3. 
Hadya, 
xayr-ehson 
shartnomasi 
Unga ko‘ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf 
(hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi 
yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga 
yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni 


386
beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o‘zi 
yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan 
ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi (FK, 
502-modda). 
Uning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin 
topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida 
bo‘lgan ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib 
o‘tkaziladi. 
4. 
Renta 
shartnomasi 
Unga muvofiq, bir taraf (renta oluvchi) ko‘chmas 
yoki ko‘char mol-mulkni boshqa tarafga (renta 
to‘lovchiga) beradi, renta to‘lovchi esa olingan mol-
mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqt-vaqti bilan 
belgilangan pul summasiga yoki uni ta’minlash uchun 
boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash 
majburiyatini oladi. 
Renta shartnomasi real xarakterga ega, chunki unga 
muvofiq renta to‘lovchiga mulk o‘tkaziladi. Mulk 
o‘tkazilgandan so‘ng renta oluvchiga shartnoma 
bo‘yicha hech qanday majburiyat yuklanmaydi, oddiy 
qarz shartnomasi kabi faqat haq-huquq qoladi. Demak, 
renta bir tomonlama shartnomadir. 
5. 
Mulk ijarasi 
shartnomasi 
Bunga binoan bir taraf ijaraga beruvchi, ma’lum 
bir mulkni ikkinchi tarafga - ijaraga oluvchi haq 
baravariga vaqtincha foydalanish uchun topshirish 
majburiyatini oladi. Ijarachi shartnoma muddati 
tugashi bilan ijara mulkini qaytarishga majbur bo‘ladi. 
Mulk ijarasi shartnomasi arenda yoki prokat deb ham 
ataladi. 
6. 
Lizing 
shartnomasi 
Unga binoan lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir 
taraf, lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi 
tarafning topshirig‘iga binoan, ishlab chiqaruvchi 
(sotuvchi) uchinchi taraf bilan undan o‘z mablag‘i 
hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish 
haqida kelishish majburiyatini oladi. Lizing oluvchi 
esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini 
to‘lash majburiyatini oladi (FK 587-modda). 
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing 
subyektlaridir. 
7. 
Uy-joy ijarasi 
shartnomasi 
Unga asosan bir taraf - ijaraga beruvchi ikkinchi 
tarafga - ijaraga oluvchiga turar joyni yashash uchun 
haq baravariga topshirish majburiyatini oladi.
8. 
Pudrat 
shartnomasi 
Unga binoan bir taraf (pudrat) ikkinchi taraf 
(buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir 
ishni bajarish va uning natijasida buyurtmachiga 


387
belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, 
buyurtmachi esa ish natijasida qabul qilib olish va 
buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi (FK, 
631-modda). 
9. 
Topshiriq 
shartnomasi 
Bunga asosan bir taraf vakil, ikkinchi taraf 
topshiriq beruvchining nomidan va uning hisobidan 
muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini 
oladi. Vakil tuzgan bitim bo‘yicha huquq va 
majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga 
keladi. Agar topshiriqni bajarganlik uchun, qonun 
hujjatlarida yoki topshiriq shartnomasida nazarda 
tutilgan bo‘lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga 
haq to‘lashi shart (FK, 818-modda). 
10. 
Vositachilik 
shartnomasi 
Bunga asosan bir taraf (vositachi) ikkinchi 
tarafning (komitent) topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, 
biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni 
haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. U yozma 
ravishda tuziladi. Misol uchun, fuqarolar o‘zlariga 
tegishli bo‘lgan hamda fuqarolik muomalasida bo‘lgan 
iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan 
buyumlar bilan vositachilik shartnomasi tuzish orqali 
operatsiyalarni amalga oshiradi.
11. 
Xo‘jalik 
shartnomasi 
Agar shartnoma tuzayotgan tomonlardan biri 
ishlab chiqaruvchi bo‘lsa, bunday hujjat 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish