Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

Birinchi usulda 
hukumat yoki Markaziy bank talab va taklif 
darajasidan qat’iy nazar milliy valutaning kursini belgilaydi. Bunday 
valuta kursi boshqa valuta yoki bir qancha valutalar (valuta savati)ga 
nisbatan belgilanadi. 
Ikkinchi usul 
Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya 
kabi davlatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy 
valuta kursini birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy 
valuta kursiga nisbatan o‘zgarish chegarasini belgilab beradi. Valuta 
kursining shu o‘zgarish chegarasini belgilab berish bank ishida 
valuta 
koridori 
deb yuritiladi. 
Amaliyotda valutaning birjadagi kursining rasmiy kursga nisbatan 
o‘zgarish xavfi kuzatilsa, Markaziy bank 
valuta intervensiyasini
amalga oshiradi, ya’ni xorijiy valutani sotadi va sotib oladi. 
Valutaviy cheklashlar yo‘q yoki sezilmas darajada bo‘lgan 
davlatlarda Markaziy bank talab va taklif (milliy valutaning erkin suzib 
yurishida) hamda valuta intervensiyasi (boshqariluvchi suzishda)dan 
kelib chiqqan holda valuta kursini belgilaydi. Valuta birjalari faoliyat 
ko‘rsatuvchi davlatlarda valuta kursi qariyb har kuni birja makleri va 
Markaziy bank tomonidan valutani sotish va sotib olishga berilgan 
arizalar, Markaziy bank intervensiyasi siyosati bo‘yicha faoliyatini 
inobatga olgan holda o‘rnatiladi. 
Valuta cheklashlari deyarli yo‘q (sezilarsiz) yoki yo‘q mamlakat-
larda bozor kursini bir-biri bilan doimiy aloqada bo‘lgan yirik tijorat 
banklari o‘rnatadi. Bu banklarni 
market-meykerlar 
deb ataydilar. 
Boshqa banklar kotirovka yuzasidan ularga murojaat qilishadi. 
Banklararo valuta kotirovkalari market-meykerlar tomonidan har bir 
valuta bo‘yicha mavjud bo‘lgan yoki kutilayotgan talab va taklifni 
taqqoslash (bu operatsiya amaliyotda 
fiksing
deb ataladi) asosida 
belgilanadi. 
Valuta birjasi yo‘q davlatlarda valuta bozori qatnashchilari bank-
lararo kurslardan foydalanishadi. Banklararo bozordagi o‘rtacha kurs 
bank mijozlari uchun valuta kursini o‘rnatishning asosi bo‘lib xizmat 
qiladi. Valuta birjalari mavjud davlatlarda banklararo kotirovkalar bank-
larning to‘lov aylanishi, to‘lovga layoqatliligini hisobga olgan holda, 
rasmiy birja kotirovkalari atrofida o‘zgarib turishi mumkin. Bunday 


277
banklarda rasmiy birja kotirovkasi ularning mijozlari uchun valuta 
kurslarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin valuta bozorida uning har 
bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta’sir etadi 
va ulardagi valuta kotirovkalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Valuta bozorida valutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud: 
to‘g‘ri va egri. Ko‘pchilik davlatlarda to‘g‘ri kurs qo‘llaniladi. Bu 
usulning mohiyati shundaki, xorijiy valuta birligining kursi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri milliy valutada ifodalanadi. Egri kotirovkada milliy valuta birligi 
ma’lum miqdordagi xorijiy valutada ifodalanadi. Bu usul (egri koti-
rovka) Buyuk Britaniyada, 1987-yildan esa qisman AQShda qo‘lla-
niladi. Banklararo valuta bozorlarida valuta kursining kotirovkasi ko‘p-
roq AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro 
to‘lovlarda ko‘p qo‘llanishi va rezerv vositasi sifatida saqlanishi bilan 
bog‘liq. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish