§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Zamonaviy pul tizimi qo’yidagi elementlami o’z ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir, nainki u nisbatan mustaqil bo’lsa ham.
Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar bahosini o’zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko’pincha pul birligi mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Ko’pchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish tizimi o’rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 tsentga 1 funt sterling - 100 pensga, 1indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k.)
Rasman baholar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Yoindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Markaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga asosan xazina muassasalari tomonidan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul emissiyasining asosiy kanali - depozit chek emissiyasidir. Mijoz schyotlaridagi depozitlarga muvofiq tarzda to’lov oborotini ta’minlaydigan chek massasini ko’paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari ishtirok etadi.
Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lgani uchun bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib turadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda 70-yillardan monetarlashtirish siyosati kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining o’sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo’ljallarni o’rnatishi lozim. 1975 yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o’sish yoki qisqarish su’ratlari to’g’risida kongressga hisobot beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi qo’yidagi xususiyatlarga
ega.
Pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta’minlash va unga almashishning bekor qilinishi;
oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish;
pulni muomalaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish;
pul muomalasida naqdsiz pul oboroti ustunligi;
pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga
kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va ularning operatsiyalari nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo’lgan pul tizimlari saqlanib qolishini ta’minlaganlar. Emissiya miqdori xo’jalik ehtiyojlari bilan emas, to’lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda urushgacha bo’lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qa’tiy kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegimon - davlat banklarida saqlash; zona ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib faoliyat olib boradi.
Quyidagi tayanch so’zlarni ta’riflang
valyuta masshtabi; baholar masshtabi; oltin; tangalar; xazina biletlari; emissiya tizimi; pul birligi.
metall pul;
qog’oz pul;
banknota;
bimetalizm;
monometalizm;
chek;
veksel;
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
Pul tizimi deganda nimani tushunasiz?
Bimetalizm pul tizimini o’ziga xos xususiyatlari?
Nima uchun monometalizm pul tizimiga o’tildi?
Metall pul tizimidan qog’oz va kredit pullar tizimiga o’tishning asosiy sabablari?
Kredit pullarning turlari va ularni izohlang?
Pul tizimining asosiy elementlariga nimalar kiradi?
1976-1978 yillarida Yamaykada o’tkazilagan davlatlararo kelishuvning maqsadi?
Oltinni demonetizatsiya qilish deganda nimani tushunasiz?
BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI
Do'stlaringiz bilan baham: |