Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. O’zbekiston Respublikasidapul tizimi va uning rivojlanish tarixi



Download 497,53 Kb.
bet28/57
Sana24.02.2021
Hajmi497,53 Kb.
#59735
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
bank ishi1

§. O’zbekiston Respublikasidapul tizimi va uning rivojlanish tarixi

O’zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo’yicha o’z mustaqil tizimiga ega bo’lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning tarixi to’g’risida to’xtalmoqchimiz.

Ba’zi manbalarda keltirilishiga qaraganda O’rta Osiyoda birinchi pullar Iskandar Zulqarnay davrida miloddan avval 250 - 261 yillarda chiqarila boshlangan.

Yoozirgi Markaziy Osiyoning ko’pgina maydoni oldingi Buxoro davlatiga mansub bo’lgan va shu kungi MDYo davlatlari ichida O’zbekiston Respublikasi zaminida ya’ni, Buxoro davlatida birinchi metall pullar zarb qilgan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug’doy va qog’oz material ishlatilgan.

Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700-yillarda zarb qilingan. Bu pullar kumush tangalar bo’lib, Buxoro davlati shohi Kana-Buxoro-Xudot tomonidan chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo’lgan toza kumushdan zarb qilingan. Tanga o’rtasida shohning tasviri va uning atrofiga qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu kumush pullar «dirham» deb atalgan. Buxar-Xuddat 40 yil davlatni boshqargandan keyin, taxtga xalifa Abu-Bakr-Siddiq o’tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Xorun-ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo’lib, savdo ko’proq dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o’zining kumush tangalarini muomalaga kiritgan. Lekin aholi ko’proq dirhamlar bilan savdo olib borishni afzal ko’rgan. Dirhamlarga bo’lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining ko’pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirhamlarning juda yuqori proba va sifatga ega bo’lishi asta sekinlik bilan ularning muomaladan yo’qolishiga olib kelgan.

801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida «gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past va kumushga temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo’lgan. Bu pullar aholi orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga nisbatan yangi kumush gidrafining majburiy kursini belgilab qo’ygan, ya’ni 6 gidrifi 1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to’lovlarni faqat gidrifida olishning joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to’lovlarni faqat gidrifida to’lashni joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Maxak Qasrida zarb qilingan.

Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo’lgan metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo’laklarga bo’linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko’rsatganki, rus davlatida IX-X asrda savdoda qo’llanilgan dirhamlar 40 bo’lakka bo’linib, har bir kumush bo’lakchasi pul birligi sifatida ishlatilagan. Keyinchalik rus davlatiga, Evropa davlatlari metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiev knyazi Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan.



  1. asrning o’rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida Buxoro davlati maydoni kengayib hozirgi O’rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha maydonini o’z ichiga olgan va u 3 va undan ortiq Evropa mamlakati maydoniga teng kelgan.

Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga yana sifatli kumush tangalar - dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar muomalada donalab va og’irligi o’lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush tangalar Evropa va rus davlatiga oqib o’tgan va biz yuqorida ta’qidlaganimizdek, rus davlati bu dirhamlarni bo’laklarga bo’lib, pul birligi sifatida muomalada ishlatgan.

  1. asrda Somoniylar davlatidan turklarning o’rin olishi pul muomalasini ham o’zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida saqlanib qoldi.

XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshoh davrida, keyinchalik Temuriylar davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko’plab zarb qilingan. Shayboniyxon davrida 1507 yilda pul islohoti o’tkazilib, cheklagan miqdorda muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar chiqarilgan. Oltin tangalar «tillo», kumush tanga «tanga», mis tanga «dinor» deb nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo’lib «pul» deb nomlangan.

Temuriylar davrida «amiri» dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo’lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan.

O’zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda Buxoroda o’tkazilgan pul islohotidir. Bu islohat shoh Ubaydulloxon tomonidan o’tkazilgan bo’lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo’lgan va ular davlatning urush bilan bog’liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush tanganing og’irligi 1 misqolga teng bo’lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 4ga bo’linib, endi to’rt kumush tanga zarb qilingan va ularning har birining vazni 1 misqolga teng bo’lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi pullar «yaxshi» va «yomon» pullarga bo’lingan. 1 misqol 24 nuxudga tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng bo’lgan.

Ubaydullaxon o’tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va undan keyin amaliyotda qo’llanilagan emas. Bu to’g’rida qo’yidagi jadval ma’lumotlariga murojat qilishimiz mumkin.

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan Ubaydulla Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati tushib borgan.




Yillar

Tangadagi kumush miqdori - %

1.

1608-1610

90

2.

1615-1623

80

3.

1617-1678

70

4.

1699-1700

35

5.

Ubaydulloxon davrida

22,5





Qariyib 100 yillardan keyin, XVIII asr o’rtalarida Muxammad Rahimxon davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX asrni boshlariga kelib Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo’lgan.

Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Tashkent ruslar qo’liga o’tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O’ra-Tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut kabi shaharlari Rossiya qaramog’iga o’tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo’lib o’zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan, hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O’sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekga, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, pul 1/4 kopeekga tenglashtirilgan. Muomalada ko’proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90-yillarida Rossiya, Toshkent, Quqonda keyinchalik Buxoroda o’z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko’ra kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklari amirga to’laydigan soliq va boshqa to’lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko’ra, kredit biletlarda olib kelishi ularga arzon va oson bo’lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklariga shu yo’l bilan va boshqa yo’llar bilan tushgan kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi bo’lib muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli

probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tangasidan ancha sifatli bo’lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirilgan. Yoisob-kitoblarni olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar bo’lgani uchun Rossiya davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish to’g’risidagi masalani qo’ygan. Rossiya Moliya Vazirligi tomonidan Buxoro davlati pulining loyihasi ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopeekkacha teng bo’lib, uning bir tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida Buxoro davlati belgisi tasviri bo’lishi kerak edi. Lekin, Buxoro amirning hizmati tufayli bu ish amalga oshirmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o’zining pul birligining saqlab qolgan. Turkistonning Rossiyaga qoshilishi natijasida, XX asrning

boshlarida Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik sovznaklar, «Turkbon»lar, chervonetslar muomalada bo’lgan. 20 yillarning o’rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl pul birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikgacha pul muomalasi shu pul birligida olib borilgan.



  1. Download 497,53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish