Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/103
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#749974
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Bog'liq
PUL KREDET VA BANKLAR

5. Kreditning maqsadliligi.
Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar 
aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi 
maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki 
biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga 
maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit 
shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit 
shartnomada ko’rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak .
Bunda 
kredit 
muayyan, aniq ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, 


247 
tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga 
beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud 
bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi. 
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida 
keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi 
tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat 
kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit 
yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha 
samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan 
kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Banklar 
loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani bajarish uchun 
yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz 
bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni 
moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona, 
tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo’yiladigan mablag’larning samaradorligi 
hisob-kitob qilib chiqiladi. Agarda loyihaga qo’yiladigan mablag’lar samara 
beradigan bo’lsagina, shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi.
Yoar bir korxona va tashkilot uchun kreditdan foydalanishda uning 
samaradorligiga alohida e’tibor berish foydadan xoli emas, chunki samaradorlik 
kreditning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Kreditning samaradorligi ishlab 
chiqarish va realizatsiya hajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Samaradorlik 
tamoyilining bo’lishi va unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining 
bajarilishi uchun asos hisoblanadi. Samaradorlik kreditdan aniq, maqsadli 
foydalanishni taqozo qiladi. Shunga asoslangan holda kreditning samaradorligini 
sodda qilib quyidagicha ifodalash mumkin:
Realizatsiya qilingan tovar
mahsuloti hajmi 
Samaradorlik = 
Kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i


248 
Bu ko’rsatkich kredit qo’yilmalar o’rtacha qoldig’ining 1 so’miga to’g’ri 
keladigan realizatsiya qilingan tovar mahsulotining hajmini ko’rsatadi. Kreditni jalb
qilish yordamida ishlab chiqarish suratlarining o’sishi, tovarlarni sotish hajmining 
oshishi kreditning samaradorligini belgilab beradi. Korxona kam kredit resurslar 
hisobiga ko’p mahsulot sotuviga erishadigan bo’lsa, kreditning samaradorligi 
shuncha yuqori bo’ladi. 
Kreditlashning 
yuqori 
samaradorligi 
minimal mehnat xarajatlari orqali 
maksimal foydacha erishadigan korxonalar uchun xarakterlidir. 
Agar kredit samaradorligiga tasir qiluvchi boshqa omillarni ham hisobga 
oladigan bo’lsak, kreditning samaradorligini kengroq olgan holda quyidagi formula 
orqali ifoda qilish mumkin. 
S
kr 
- kredit qo’yilmalarininrg samaradorligi; 
R - to’la tannarxida realizatsiya qilingan tovar mahsuloti; 
OF

- kreditor qarzdorlikni hisobga olgan, lekin qarz mablag’larini hisobga olmagan 
holdagi aylanma fondlarining o’rtacha qoldig’i;
K - qisqa muddatli kredit qo’yilmalarining o’rtacha qoldig’i; 
O
kr
- hisobot davridagi qisqa muddatli kreditning aylanish soni
O
of 
- hisobot davridagi aylanma fondlarining aylanish soni; 
Formuladan ko’rinib turibdiki, kredit resurslarning samaradorligi asosan ikki 
omil: realizatsiya qilingan mahsulotning hajmi va kredit resurslarining aylanish 
davriga bog’liq. Realizatsiya hajmi qanchalik katta bo’lsa va kredit resurslarining 
aylanish davri qanchalik qisqa bo’lsa, kredit qo’yilmalarining samaradorligi 
shunchalik yuqori bo’ladi. Bank tomonidan berilgan mablag’lar xo’jalik oborotida, 
ishlab chiqarishga tezroq joriy qilinsa va kredit mablag’lar ishlab chiqarish va
muomala jarayonini tezroq bosib o’tsa, ular keltiradigan samaradorlik shunchalik 
yuqori bo’ladi. Bank krediti mablag’lar doiraviy aylanishining biror bosqichida 
O
kr
OF
k
= K x O
of
R
-
OF
k
= K
S
kr

R


249 
ushlanib qoladigan bo’lsa, bu hol kreditni to’lash muddatining kechiktirilishiga olib 
keladi. Bu, albatta kreditning samaradorligi tushganligidan dalolat berishi mumkin.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g’arb mamlakatlari 
amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo’llaniladi. Bu qoida 
kreditlashda «5 «G»lar qoidasi» deb yuritiladi. 
«5 «S» lar qoidasi»ga asosan har bir «S» bo’yicha korxonaning faoliyati tahlil 
qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi. 
Qoidaga asosan «S» harflari korxonalarning xo’jalik faoliyatininrg quyidagi 
jihatlarini ifodalaydi. 
Gharakter - qarz oluvchining xarakterini baholash, uning avvalgi qarzlari; 
qarzni to’lay olish qobiliyati, hamda bozordagi obro’si; 
Gapfgity - bu qarz oluvchining boshlagan ishni oxiriga etkaza olish, tegishli 
daromad olish hamda bank kreditlarini qaytara bilish qobiliyati; 
Gapital - qarz oluvchining sarmoyasining etarliligi; 
Gonditions - shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biznesning 
rivojlanishi nazarda tutiladi;
Golateral - garov (kafolat, kafillik, sug’urta polisi, tovar-moddiy boyliklar) va 
boshqalar. 
Sotsialistik xo’jalik yuritish shakli davrida kreditlashning bu tamoyillaridan 
tashqari yana bir necha boshqa tamoyillar qo’shimcha ravishda amal qilar edi. 
Sotsialistik xo’jalik davrida yuqoridagi tamoyillar ikkinchi darajali hisoblanar edi. 
Quyidagi tamoyillar esa asosiy, birinchi darajali tamoyillar bo’lib, kreditlash 
jarayonida banklar ko’proq shu tamoyillarning bajarilishiga e’tibor berar edi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish