www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
Oilani ijtimoiy- psixologik mustaxkamlashda Sharqona axloq tamoyillarining axamiyati
Mundarija
Kirish........................................................................................................................3
I-BOB. Sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlar to`g`risidagi qarashlari.................................................................................................................7
1.1. O`zbek oilalariga xos ijtimoiy - psixologik xususiyatlarining nazariy taxlili………………………………………………………………………………..7
1.2. Sharqona axloq ta’moyillari - oila barqarorligi omili sifatida.........................10
II-BOB. Oilani ijtimoiy psixologik mustahkamlashda sharqona axloq tamoyillarining amaliy ahamiyati........................................................................36
2.1. Oilani ijtimoiy – psixologik mustahkamlash omillari.................................36
2.2. Sharqona axloq tamoyillaridan foydalanish oilani ijtimoiy psixologik mustahkamlovchi vosita…………………………………………………………..47
Xulosa va tavsiyalar..............................................................................................50
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.....................................................................52
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Prezident I.A. Karimov, oilada hukmron bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’-naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr bildirib: “…Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir” deb ta’kidlaganlar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi, ayrim xolatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmov- chiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘ladi.
Oilaning ma’naviy-psixologik muhitini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda oilaviy baxt yoki kelishmovchiliklar to‘g‘risida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanganlik darajasi undagi ma’naviy muhit va oila a’zolarining sog‘lom fikrlashi darajasiga bog‘liq ekanligi isbotlangan. Biz tanlagan muammoning dolzarbligi yoshlik davrining noyobligi bilan bog‘liq bo‘lib, aynan shu davrda bola ongida shakllanadigan ijtimoiy tasavvurlar tizimida oilaviy o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladigan ziddiyatli, nizoli xolatlar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risidagi tasavvurlar alohida o‘rin tutadi. Bu tasavvurlar majmui shaxsni nafaqat oilaviy o‘zaro munosabatlarda o‘z o‘rnini topish va muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal yo‘lini belgilashga imkon beradi, balki, bu davrdan keyingi mustaqil taraqqiyot davrida jamiyat miqyosidagi ijtimoiy munosabatlarga, jumladan, istiqboldagi oilaviy hayotga ham tayyorlaydi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, oilaviy nizolarning ham konstruktiv (ijobiy oqibatli) ham destruktiv (salbiy oqibatli) asoratlari bo‘lib, ularni idrok etishdan hosil bo‘lgan obrazlar yoshlarning ijtimoiy xulqidagi salbiy va ijobiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Aynan shuning uchun ham oilaviy nizolarning namoyon bo‘lishi, shakllari, oqibatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish ijtimoiy psixologiya uchun amaliy ahamiyatga molikdir.
Olimlar tomonidan to‘plangan ilmiy dalil va xulosalarning barchasi mohiyatan o‘zbek muhitiga to‘g‘ri kelmasligi aniq. Negaki, bir millatning urf-odati, an’ana va milliy qadriyatlari boshqasinikiga mos kelmaydi. Muhimi, O‘zbekistonda oila va undagi o‘zaro munosabatlar alohida qadriyat sifatida qaralishi ham bu borada yurtimizgagina xos bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarning borligini dalillaydi. Shu bois ham, mavjud muammoni xududiy va etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘rganish zarur.
Tadqiqotning maqsadi. Oilani ijtimoiy- psixologik mustaxkamlashda sharqona axloq tamoyillarining axamiyatini tadqiq etish jarayonida oila mustaxkamligida shaxslararo munosabatlar ta’siri to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy-psixologik mavqei, oilaviy munosabatlarga tayyorligi xususiyatlarini o‘rganish ilmiy ishning maqsadi hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotning predmeti Oilani ijtimoiy- psixologik mustaxkamlashda sharqona axloq tamoyillarining axamiyatini o‘rganish.
Tadqiqotning obyekti sifatida Qarshi shahridagi va Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi oilalar.
Tadqiqot vazifalari. Bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruratini taqozo etadi:
Oilani ijtimoiy- psixologik mustaxkamlashda sharqona axloq tamoyillarining axamiyatini aniqlashga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish.
O‘zbek oilalariga xos ijtimoiy- psixologik xususiyatlarning nazariy taxlil etish.
Oilani ijtimoiy- psixologik mustaxkamlashda sharqona axloq tamoyillarining axamiyatini aniqlovchi ijtimoiy-psixologik usul va so‘rovnomalarni ishlab chiqish, mavjud test va metodikalarning maqsadga muvofiq modifikatsiyalarini tanlash, amaliyotda sinash, tadbiq etish.
Tadqiqotning metodologik asosi. Bosh metodologik asos bo‘lib mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimovning oilaviy tarbiya masalasiga bag‘ishlangan hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan qarorlari, S. Moscovisi, J. Jodelet, L.C. Kovar, P.S. Rosendlatt kabi olimlar tomonidan taklif etilgan ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi; M.G. Davletshin, G‘.B. Shoumarov, V.M. Karimova, E.G‘. G‘oziyev, Sh.R. Barotov, B.M. Umarov, S.A. Oxunjonova, N.A. Sog‘inov, X. Uzoqov, X.K. Karimov, M.X.Fayziyevalarning oilaviy munosabatlar sohasini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqqan nazariy yondoshuvlari xizmat qildi. Bundan tashqari, tadqiqotda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Oila konsepsiyasi” g‘oyalari o‘ziga xos metodologik manba sifatida foydalanildi.
Tadqiqotning qisman ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi quyidagilar bilan izohlanadi:
Bitiruv malakaviy ishida Oilani ijtimoiy- psixologik mustaxkamlashda sharqona axloq tamoyillarining axamiyatini tadqiqot predmeti sifatida tanlab olindi;
Ilk marotaba oilani ijtimoiy psixologik mustaxkamlanda sharqona axloq tamoyillarining amaliy axamiyati aniqlandi va tahlil etildi;
Oilani ijtimoiy psixologik mustaxkamlashda sharqona axloq tamoyillarining ahamiyati va o‘ziga xosligi aniqlandi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, unda qo‘lga kiritilgan ilmiy tahlillar va xulosalar “Psixologiya” fanining “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya”, “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi”, “Umumiy psixologiya” hamda “Oila psixologiyasi” kabi sohalariga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, to‘plangan nazariy ma’lumotlar joylardagi oilaviy maslahatlar bo‘lim-laridagi amaliy psixologlarga psixokorreksion - tuzatish dasturlarini ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan joylarda tashkil etilgan “Psixologik xizmat” bo‘limlaridagi amaliy psixologlar faoliyatida foydalanish mumkin. Shuningdek, nazariy xulosalardan “Oila psixologiyasi”, “Etnopsixologiya” kurslarini o‘qitishda, ota-ona va yoshlarga amaliy maslahat berishda, keng jamoatchilik, aholi o‘rtasida ijtimoiy-psixologik bilimlarni targ‘ib qilishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Bitiruv malakaviy ish natijalari ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish, oilalarni mustahkamlash amaliyotiga tadbiq etilishi mumkin. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan empirik natija va nazariy xulosalar “Psixologiya” fanining “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya”, “Shaxslararo munosa-batlar psixologiyasi”, “Umumiy psixologiya” hamda “Oila psixologiyasi” “Sotsial trening va amaliyot” kabi sohalariga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |