Ш. А. Маннонов номли “ёш бухгалтерлар клуби”


AGRAR SOHA KORXONALARINI KREDITLASH



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/80
Sana24.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#241512
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
2015 05 30

AGRAR SOHA KORXONALARINI KREDITLASH
Vafoev A.U. – ToshDAU, assistent 
Jo‟raqulov Sh.Sh.-ToshDAU talabasi 
Kredit – bu biron – bir sohani rivojlantirish, kengaytirish, investitsiya 
kiritish va hokazolar qatorida ishlab chiqarish jarayonini oxirga yetkazish 
maqsadida ma‘lum bir davr oralig‘ida, belgilangan foizlar ko‘rinishidagi 
qo‘shimcha pul mablag‘lari bilan qaytarib berish sharti bilan olinadigan pul 
mablag‘lari tushuniladi. Demak kredit aniq bir maqsad uchun, ma‘lum bir 
muddatga, tavar moddiy boyliklari bilan ta‘minlangan holda va qytarib berish 
sharti bilan olinadigan pul mablag‘lari yoki tavar moddiy boyliklari hisoblanadi. 
Agrar sohada yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratish, mavjud bo‘lgan 
tarmoqlarga ko‘maklashadigan yoki shu tarmoqni kengaytirish uchun kredit 
olinadi. Undan tashqari agrar sohada ishlab chiqarish jarayoni yiliga bir marta 
bo‘lib, ular shu ishlab chiqarish jarayonini oxiriga yetkazish uchun ko‘plab 
mablag‘ sarflanadi. Fermer xo‘jaliklarining eng katta muammolaridan biri shu 
bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini oxirgacha yetkazishlari uchun ularda yetarli 
mablag‘ning mavjud emasligidir. Bu muammoni hal etishning asosiy yo‘llaridan 
biri kredit olish hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha tijorat banklari va bir qator 
jamg‘armalar fermer xo‘jaliklariga kredit berish bilan shug‘ullanadilar. Dehqon 
va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab – quvatlash jamg‘armasi, Mehnat va aholini 
ijtimoiy himoya qilish vazirligining Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi 
Jamg‘armasi ana shular qatoriga kiradi. 
Bular kreditlarni shartli ravishda ikki shaklidan, ya‘ni tijorat va imtiyozli 
kreditlar berishadi.
Davlat buyurtmasi asosida paxta va g‘alla yetishtiradigan fermer 
xo‘jaliklariga paxta va g‘alla yetishtirish uchun qisqa muddatga imtiyozli kredit 
beriladi. Bu hususida O‘zbekiston respublikasi Moliya Vazirligi, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan ―Qishloq xo‘jaligi 
korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla 
yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi 
Nizomi‖ ishlab chiqarilgan. Bu nizomga ko‘ra kreditlar davlat ehtiyojlari uchun 
xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va g‘alla qiymatining 60 foizigacha 
(tayorlov korxonasi tomonidan bo‘nak tariqasida yetkazib berilgan urug‘lik 
qiymatlarini inobatga olgan xolda) miqdorida beriladi. 
So‘ngi yillarda davlat buyurtmasi asosida paxta va g‘alla yetishtirish 
maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar yil sayin oshib bormoqda. Masalan, 
2012-yilda jami 1808680, 5 mln.so‘m shundan paxta yetishtirish uchun 
1355849,5 mln.so‘m; g‘alla uchun 452831, 0 mln.so‘m; 2013-yilda jami 
2111183, 9 mln.so‘m shundan paxta yetishtirishga 1578590,7 mln.so‘m; g‘lla 


93 
uchun 532593, 2 mln.so‘m va 2014-yilda jami 2447106,9 mln.so‘m shundan 
paxta uchun 1871907, 3 mln.so‘m va g‘alla uchun 575199, 6 mln.so‘m imtiyozli 
kreditlar ajratilgan. Qishloq xo‘jaligi imtiyozli kreditlar va boshqa 
moliyalashtirish manbalaridan mablag‘lar ajratilishini ko‘payishi bilan birga 
ulardan samarali foydalanish mexanizimlarini ham rivojlantirish ham zarur. 
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirkar muddatidan kelib chiqqan holda 
quyidagi tartibda ajratiladi:
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil 
yetishtirilayotgan yilning 1-apreliga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 25 
foizigacha, 1-iyulga qadar 50 foizigacha, 1-sentyabrga qadar 60 foizgacha; 
g‘alla 
yetishtirish 
xarajatlarini 
moliyalashtirish 
uchun 
xosil 
yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar g‘alla qiymatining 30 foizigacha, 1-
aprelga qadar 50 foizigacha va 1-iyunga qadar 60 foizgacha. 
Tijorat kreditlarinina esa yillik foiz stavkasi yuqori bo‘lib, agar zarur 
bo‘lmasa fermer xo‘jaliklari bundan foydalanmaganliklari maqul. Chunki ishlab 
chiqarish jarayoni bir marta bo‘lganligi sababli olingan kredit bir marotaba 
aylanadi. Bu esa fermerlar uchun kreditning qaytarilishiga qiyinchilik tug‘diradi. 
Pul mablag‘laridan tashqari agrar korxonalar ishlab chiqarish jarayonlari 
uchun kerakli bo‘lgan asbob – uskunalar, transport vositalarini, urug‘likni, 
ozuqa moddalarni va kimyoviy ozuqalarni ham olishlari mumkin. 
Bizning mamlakatimiz agrar – industrial davlat bo‘lganligi sababli 
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri agrar soha bo‘lib hisoblanadi. Agrar 
sohani rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotiga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning 
uchun davlat iqtisodiy axvoli nochor agrar korxonalarga ham imtiyozli kreditlar 
ajratadi yoki boshqa korxona tasarufiga o‘tkazadi. Hozirgi kunga kelib 
ishbilarmon tadbirkorlar tashabusi bilan, kredit yordamida parrandachilik, 
chorvachilik, baliqchilik, uzumzorlar va intensive bog‘lar soni yildan yilga 
oshmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki kredit agrar korxonalarni inqirozga yuz 
tutmasligi, boshlagan ishlab chiqarish jarayonini oxirigacha yetkazishi va 
rivojlanishi uchun sharoit yaratib berar ekan. Bu esa davlat iqtisodiyoti va 
siyosatining bir maromda rivojlanib borishiga o‘z hissasini qo‘shadi. 
Shunday qilib, agrar sohani kreditlash mexanizimini rivijlantirish agrar 
korxonalar moliyaviy barqarorligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish