III ШЎЪБА
АГРАР СОҲА КОРХОНАЛАРИДА МОЛИЯ-КРЕДИТ МЕХАНИЗМИ
ВА СОЛИҚҚА ТОРТИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
SOLIQ MADANIYATI – SOLIQQA TORTISH TIZIMINING
MUHIM ELEMENTI
Vafoev A.U. – ToshDAU, assistent
Xidirov J. Q – ToshDAU talabasi
Soliqlar – bu bizning taraqqiy etgan
jamiyatda yashash imkoniyatimiz bahosidir.
Oliver Uendell Xolms
Soliqlar – mamlakat xazinasini to‗ldirib, xalqimiz farovonligi va
xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladigan muhim manbadir. Bugungi kunda
ko‗pchilik fuqarolarimiz buning mohiyatini chuqur anglab yetishi, ushbu
jarayonning izchilligini ta‘minlashda soliq to‗lovchi nima uchun, qachon va
qancha miqdorda soliq to‗lashi lozimligini, to‘langan soliqlar nimalarga
sarflanishini bilishi muhim o‗rin tutadi.
Soliqlar mamlakat iqtisodiy salohiyatining asosi bo‗lgani uchun ularni o‗z
vaqtida to‗lash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchidir.
O‟zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
51-moddasida:
“Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‟imlarni
to‟lashga majburdirlar”, - deb belgilangan. Demak, soliq to‘lash bizning
konstitutsion burchimiz hisoblanar ekan. Qonun bilan belgilangan soliqlar va
mahalliy yig‘imlarni to‘lash borasidagi konstitutsiyaviy majburiyat jamiyatda
yashayotgan va davlat faoliyatining natijalaridan foydalanayotgan inson va
fuqaroga eng oddiy talabdir.
Soliq kodeksining 12-moddasida ―soliq‖ tushunchasiga quyidagicha ta‘rif
berilgan: ―Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega
bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi‖. Yoki
oddiy qilib tushuntiradigan bo‘lsak, yuridik va jismoniy shaxslar
daromadlarining ma‘lum bir qismini davlat budjetiga majburan undirish
hisoblanadi. Soliq to‘lovi majburiyat emas balki fuqorolik burch sifatida
shakllantirilish muhum vazifalardandir.
Shveysar iqtisodchisi J.Sismondi ta‘rifi bilan aytganda ―Soliq bu – bir
tomondan yo‘qotish va shu bilan birga ne‘mat hamdir, agarda shu yo‘qotish
orqali davlar bizga foyda keltirsa. Fuqarolar soliqqa mukofotdek qarashlari
kerak, ya‘ni davlat ularning shaxsi va mulkini himoyalashga berilgan mukofoti
sifatida qarashlari kerak ‖.
84
Ammo soliqlarning taqdiri haqida ko‘pgina soliq to‘lovchilar to‘liq
ma‘lumotga ega emaslar. Ularning nazarida soliqlar yo‘qotilgan to‘lovlar
sifatida, soliq organlariga esa tadbirkorlar va ishbilarmonlarning faoliyatiga
to‘sqinlik qiluvchi, shu to‘lovlarni ―urib‖ oluvchi subyektlar sifatida qaraydilar.
Bunday qarash bozor mexanizmi hamda huquqiy mexanizm to‘la rivojlanmagan
joylarda mavjud bo‘ladi. Boshqaruv organlari, ayniqsa joylardagi boshqaruv
organlari
soliq
to‘lovchilarga
ular
to‘layotgan
soliqlar
qayerga
sarflanayotganligi haqida axborot bermaydilar. Shu sababli soliq to‘lovchilar
nafaqat soliq to‘lashdan bosh tortadilar, balki bu organlarga ishonchsizlik
bildiradilar, ularning mablag‘lari to‘g‘ri taqsimlanmaganligiga shubha bilan
qaraydilar. Oxirgi vaqtlarda esa xatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham
soliq to‘lash hissi yo‘qolib borayotganligi, ya‘ni soliq xizmati organlarini
aldagan holda soliqlarni to‘lamaslik, daromadlarni yashirish kabi holatlar
namoyon bo‘lmoqda.
Soliq siyosatining kuchli fiskalligining yana bir sababi, soliqqa
tortiladigan yashirin daromadlarning ko‘pligi, yashirin iqtisodiyotning
mavjudligi va soliq to‘lash madaniyatining yaxshi shakllanmaganligidir. Bu esa
asosan soliq yukining halol soliq to‘lovchiga nisbatan yuklatilishiga olib keladi.
Natijada quyidagi paradoks hosil bo‘ladi: davlat soliqlar ko‘p yashirilganligi
uchun soliqlar fiskalligini oshirishga majbur bo‘ladi, soliq to‘lovchilar esa
soliqlar juda fiskalligi tufayli soliq obyektlarini yashirishga majbur bo‘ladi.
Bunday biri-biriga ishonchsizlik vaziyatida esa iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadining amalga oshishidagi qiyinchiliklar kelib chiqadi.
Ushbu muammoning hal qilinishi bizningcha, ko‘pgina iqtisodiy
muammolarning hal qilinishiga olib keladi. Shu o‘rinda shuni ta‘kidlash
lozimki, yashirin daromadlarni va yashirin iqtisodiyotni kamaytirish va soliq
madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi holatlar e‘tiborga olinishi lozim:
- mehnat qilish va daromadga ega bo‘lish uchun iqtisodiy imkoniyat va
mexanizmlarning yaratilishi;
- soliq to‘lash zaruratini anglatadigan yana bir muhim omil bu soliq
to‘lovchilar (inson) tomonidan to‘lanayotgan soliqlarning nimalarga
ishlatilayotganligi va bu xarajatlarning iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishi uchun
qanchalik ahamiyatli ekanligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi va buni
amalda ko‘rishidir.
Hozirgi
paytda
soliq
tizimining
va
soliq
siyosatining,
soliq
qonunchiligining shaffof bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida munozaralar ketmoqda.
Davlatning soliqqa tortish borasida tegishli siyosatini ishlab chiqish maqsadida
soliqlardan ommaviy qochish masalalarini kompleks o‘rganish va ilmiy
izlanishlar olib borish lozim.
Soliqlarni undirishni tashkil qilishda nafaqat nazorat va moliyaviy
jazolarni kuchaytirish orqali, balki adolatli darajada soliqqa tortishni tashkil
qilish orqali yuzaga keladigan soliq to‘lash madaniyatini shakllantirish, ya‘ni
85
soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshi tashkil
etish, korxonalarda soliq to‘lovlarini optimallashtirish kabi jihatlari o‘z rivojini
topmagan.
Ushbu vazifalarni bajarishda fuqarolarning soliq madaniyatini yanada
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq madaniyati fuqarolar va yuridik
shaxslarning sohadagi islohotlar, yangilik va o‗zgarishlardan vaqtida
xabardorligidan boshlanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan bu masalaga
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan yoshlarimizning soliq tizimi va
qonunchiligi bo'yicha savodxonligini oshirish, ularda tegishli ko'nikma hosil
qilish soliq targ'ibotidagi eng maqbul usuldir. Davlat soliq qo'mitasi ana shu
holatni inobatga olgan holda Oliy va o'rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi
vazirliklari bilan hamkorlikda maktablar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta`lim
muassasalarining noiqtisodiy yo'nalishlarida soliq savodxonligi bo'yicha maxsus
o'quv rejalari ishlab chiqib, ushbu rejaga muvofiq, maktab o'quvchilari uchun
qator darsliklar yaratildi. Jumladan ―Iqtisod va soliq alifbosi‖ boshlang‗ich sinf
o‗quvchilariga mo‗ljallangan bo‗lsa, ―Iqtisod va soliq saboqlari‖ni 5-7 sinf,
―Soliqqa tortish asoslari‖ni 8-9 sinf o‗quvchilarga, noiqtisodiy yo‗nalishdagi
oliy ta‘lim muassasalari talabalari uchun esa ―Soliq va soliqqa tortish‖ darsligi
yaratilganligi, mazkur yo‗nalishda tashkil etilgan oliy ta‘lim muaassasalari
o‘rtasida tashkil etilgan ―Soliq bilimdonlari‖ respublika ko‗rik-tanlovi yoshlarda
soliq madaniyatini yuksalishida eng samarali yo‘l deb hisoblayman.
Qo‗mita tizimida tashkil etilgan axborot xizmati va soliqqa oid nashrlar
nafaqat tadbirkorlik subyektlari, balki har bir xonadonga kirib borishga,
aholining soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan omillardan
biridir.
Soliqqa oid maqola, ko‗rsatuv va eshittirish tayyorlash alohida bilim,
ko‗nikma va yondashuv talab etilganligi uchun soha mutahasislarini jalb qilgan
holda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali soliqlarning
davlat budjetining shaklanishida hamda aholi farovonligiga qay darajada ta‘sir
etishini markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda mobil
telefonlarda ko‘rishga qulay tasirchan, hikoyali video roliklar orqali targ‘ib etish
samarali yo‘llardan yana biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining Soliq.uz sayti
ko‘plab me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, interaktiv hizmatlarni o‘zida mujassam
etadi. Lekin foydalanuvchilar soni juda kamligini inobatga olib, har bir ijtimoiy
tarmoqda ushbu saytning mavjud ko‘plab imkoniyatlarini targ‘ib etish lozim.
Moliya vazirligining hisobot ma‘lumotlariga qaraganda, davlat budjeti
daromadlarining asosiy qismini soliqlar va majburiy to‘lovlar tashkil etadi.
Bizning nazarimizda, soliqlarning qayta ekvivalentligi yaqqol ko‘rinmaydi,
lekin maorif, madaniyat, iqtisodiyot, ommaviy axborot vositalari, sog‘liqni
saqlash, sport, aholini ijtimoiy himoya qilish, markazlashtirilgan investitsiyalar,
86
davlat boshqaruvi organlari hamda sudlar, prokuratura organlari, Adliya
muassasalarini saqlashga va boshqa barcha xarajatlar davlat budjeti daromadlari
evaziga amalga oshiriladi. Misol uchun, 2014-yilda birgina ijtimoiy soha va
aholini ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash uchun sarflangan xarajatlar davlat
budjetining 58 foizini tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |