IDROKNINIG PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Idrok - sezgi a ’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalam ing kishi ongida butunligicha aks ettirilishi idrok deyiladi.
Idrokning sezgidan farqi, narsalami umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok psixologiya fanida “persepiya” (lotincha, qayd etish) m a’nosini bildirib, uning sodda turi persepsiya, tajribaga o‘tgan qismi, “appersepsiya” deyiladi.
Idrok tug‘mami yoki o‘zlashtirilganmi?” - degan savol ahamiyatlidir. Har ikkalasiga ham (tug‘ma hamda o ‘zlashtirilgan) deb javob bera olamiz. Idrok - his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar orqali boyitib boriladi. Shu sababli ham bizga turli darajadagi tahlil natijalari zarur b o iad i. „Oddiy” tushunchalar bu inson miyasining yaratuvchilik mahsulidir. Idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o ‘ziga nisbatan soddaroq bo‘lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, hidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilaming oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutlaq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o ‘ynaydi. Masalan, buni isboti uchun ko‘pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, «Bu - vaza» deb atasa, boshqalar uni bir-biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan k o ‘rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko‘rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko‘rgach, m a’lum vaqtgacha boshqasini ko‘rmay turadi. Agar shu idrok darajasi qolsa, ya’ni yana nimanidir ko‘rishni xohlamasa, u ikkinchi figurani ko‘rmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok jarayonlarining faolligiga, obyektga munosabatimiz bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga ham bog ‘ liq. Tashvish bilan yo ‘ lakchadan o‘tib ketayotib, oyog‘ingiz tagidagi narsa tugul, ro‘paradagi odamni ham ko‘rmay qolishingiz mumkin. Yoki san’at muzeyida tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda tamoman har xil narsalami, elementlami ko‘rishi mumkin. Yaxshi kayfiyatda, yaxshi do‘stlar davrasida iste’mol qilgan taom sizga juda mazaliday tuyiladi. Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo‘lib qolsa, och qoringa yegan shirin taomi ham «tatimaydi», hatto nima yeganini ham unutib qo‘yadi. Yomon kayfiyat ko‘proq qora, nursiz ranglami idrok qilishga moyil bo‘lsa, yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda «ko‘radi». Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog‘liq bo‘lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi.
O‘qituvchi tomonidan biror maqsadni ko‘zlagan holda o‘quvchilar faoliyatiga rahbarlik qilish jarayonida o‘quvchilaming idroki rivojlanadi. Shuning uchun darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning to‘g‘ri uyushtirilishi katta ahamiyatga ega.
Ta’lim jarayonida kuzatishlami aktivlashtirish uchun o‘quvchining kuzatilgan va idrok qilingan narsalami keyin gapirib berishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirishning ahamiyati kattadir. Agar o‘quvchi nimani kuzatganligi va idrok qilganligi haqida keyinchalik hisob berishi lozimligini oldindan bilsa, u kuzatish va idrok qilish jarayonida ancha faol bo‘ladi.
Darsda o‘quvchilar bilimlami awalo o‘qituvchining og‘zaki tushuntirishlarini idrok qilish orqali o‘zlashtiradilar. So‘zlar yordamida tushuntirilgan materialning idrok qilinishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi nutqining xususiyatlariga bog‘liq. Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali qurollardan
foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |