OILAGA TEGISHLILIK
Hech kim yolg‘iz omon qololmaydi. Har bir insonga oila
yoki uning o‘rnini bosadigan odamlar guruhi kerak,
munosabatlar kerak. Inson o‘z oilasi bilan mustahkam
bog‘langan.
Oila tomonidan rad etilishdan, unga tegishli
bo‘lishni yo‘qotishdan ongsiz qo‘rquv o‘lim qo‘rquvidan
ham kuchliroqdir.
Oilada garchi janjallar, nizolar, da’volar,
shikoyatlar, ajralishlar va yaqinlarining yo‘qotilishi bo`lishiga
qaramay, oila va urug‘ning barcha a’zolari bir-biri bilan kuchli,
ko‘rinmas, ongsiz rishtalar bilan bog‘langan.
Har bir insonning ong ostida uning oilasi, ajdodlar tizimi,
o‘tmishda sodir bo‘lgan barcha voqealar haqida ma’lumot
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |