Aslida biz yashayotganimizni
ham his qilmay qo`ygan ekanmiz. Ota-onamizni, turmush
o`rtog`imizni, farzandlarimizni va hattoki o`z tanamizni
ham his qilmay qo`yganmiz.
Chanqaganimizda, yoki qornimiz
ochqaganida, yoki biror joyimiz og`riganidagina tanamizni eslab
qolamiz. Mijozlarimning aksariyati hech kimni sog`inmay
qo`yganini ham aytib, maslahat so`rashadi. Hamma asl o`ziga
qaytishni istaydi. Lekin u qayerda?
Qayerda o`zi o`sha asl o`zlik?
Biz kimmiz o`zi?
Aynan hozirda surayotgan xayollarimiz o`zimiznikimi?
Bizni hozirda qiynayotgan kasallik o`zimiznikimi?
Moddiy yetishmovchilik, muttasil pulsizlik, hissizlik,
xiyonat, janjal, g`iybatga moyillik – bular bizga tegishlimi?
Bizning tashqi ko`rinishimiz, olamni qanday qabul
qilishimiz, fikrlarimiz, xatti-harakatlarimiz, taqdirimiz
o`zimizniki emasligiga ishona olasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |