Reja:
“Servis xizmati” fani haqida umumiy tushuncha
Fanning maqsadi va vazifalari
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi
Fanning ta'limdagi o‘rni
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ta'limda zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan foydalanish muammosini o'rganishning ilmiy-metodik asoslari
Ta'limda yangi texnologiyalardan foydalanish muammolari
Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish muammolari
O'quv jarayoni samaradorligini oshiradigan texnologiyalar
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini uyg‘unlashtirish orqali o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish
Ta’limga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish.
Pedagogik texnologiya - axborot texnologiyalarini joriy etishning ichki sabablari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Fanning maqsadi va vazifalari
Ushbu fanning maqsadi - boʼlajak mehnat taʼlimi oʼqituvchilarini oʼz kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan mahsulotlarning olinishini va ishlatilishini hamda tikuvchilik sanoatida qoʼllaniladigan mashina turlari, mexanizmlarini, gavdadan ulchov olish koidalari kiyimlarni loyixalash va madellashtirishni hamda ovqat tayyorlash bo’yicha chuqur ilmiy asoslangan bilim berish, qizlami turmushga tayyorlash, badiiy didini, ovqatlanish madaniyatini tarbiyalash, oʼzbek milliy urf-odatlariga hurmat eʼtiborni kuchaytirish, mustaqil Oʼzbekiston kelajagi boʼlgan har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ushbu fanning vazifasi-talabalarga tabiiy va kimyoviy tolalaming olinishini, tuzilishini, ishlatilishini, iplar, gazalamalar va tayyor mahsulotlaming xossalarini va asosiy vazifalarini hamda mashina turlari, mexanizmlarni sozlashni, texnik xavfsizligi, tikuv jihozlarining asosiy qismlarini, kiyimlarni tikish va bezatish usullarini o’rganish hamda oʼlkamizda yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari turlari, navlari, sifatiga bo’lgan talabalari, saqlash sharoiti va muddatlarini zamonaviy ilmiy, amaliy yutuqlar asosida oʼrgatish, shuningdek ana shu oziq-ovqat mahsulotlaridan oʼzbek milliy hamda qardosh xalqlar pazandalik sanʼatining eng yangi, salomatlik uchun foydali, yuqori sifatli, did bilan bezatilgan taom va mahsulotlami tayyorlashni oʼrgatish, rivojlanayotgan oʼzbekistonda oziq-ovqat sanoatining yutuqlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlami tejab - tergab, isrof qilmay, tarkibidagi qimmatli moddalami saqlab qolgan holda zamonaviy issiqlik ishlov berish usullari orqali taomlar tayyorlashni oʼrgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |