2.3. O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi chora – tadbirlar.
Narxlar barqarorligini ta’minlash va inflatsiyaning sezilarli darajada o‘sishi xavfining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki soliq-budjet va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasida birgalikdagi harakatlarni olib borishi zarur.
Soliq-budjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar: umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich qisqartirib borish;
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;
taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflatsiya xavfini tug‘dirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni qonun yo‘li bilan mustahkamlash;
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish;
soliq ma’muriyatchiligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
soliq intizomiga o‘z vaqtida rioya qilish bo‘yicha javobgarlikni oshirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash.
Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:
a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish:
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqilg‘i-energetika kompleksini, shu jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;
avtomobil yo‘llarini qurish va xizmat ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini qo‘llash;
temir yo‘l va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish;
ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari tarif va narxlarini asosiy tashqi savdo hamda sayyohlik yo‘nalishlari o‘tadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish;
logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish;
b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish:
mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash;
raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korxonalar ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish;
monopol korxonalarning narx belgilash bo‘yicha shaffofligini ta’minlash, inflatsiyaning maqsadlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narxlarni (tariflar) erkinlashtirish muddatlarini o‘rnatish;
individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;
davlat xaridlari sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi va hisobdorligini oshirish;
narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash bo‘yicha faol kommunikatsiya siyosatini yuritish;
v) xususiy investitsiyalar oqimining o‘sishi va moliya bozorining rivojlanishi:
qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;
mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish jarayonlarini faollashtirish;
aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish; elektr va gaz ta’minoti sohasiga xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;
g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga qaratilgan modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
unumdorlikni rag‘batlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer ajratish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;
mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lash orqali tarmoqlar tayyor mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish;
xalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish maqsadida ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish;
asbob-uskunalarning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan foydalanish muddatlari bo‘yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli
hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi.
Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak. Misol uchun:
Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |