Servis” fakulteti “metrologiya va standartlashtirish” fanidan laborotoriya ishlariga doir



Download 2,61 Mb.
bet3/11
Sana25.01.2022
Hajmi2,61 Mb.
#409065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish xisobot

3- LABORATORIYA ISHI

Oʻzgarmas tok koʻpriklari yordamida qarshilikni oʻlchash


  1. Ishning maqsadi

Qarshiliklarni ko‘priklar yordamida o‘lchash usulini o‘rganish. O‘zgarmas tokdagi yakka va qo‘shaloq ko‘priklarning tuzilishi va ular yordamida o‘lchash texnikasi bilan tanishish.



2. Ishning nazariy qismi

Yakka o‘zgarmas tok ko‘prigi.Ko‘prikli sxema yoki oddiygina qilib aytganda, ko‘prik yopiq zanjirni tashkil qiluvchi to‘rtta qarshilikdan, nol` ko‘rsatkich vazifasini bajaruvchi magnitoelektrik gal`vanometrdan iboratdir (5.1- rasm).



3.1-rasm. Yakka o‘zgarmas tok ko‘prigi prinsipial sxemasi.
O‘zgarmas tok ko‘priklari o‘zgarmas tok manbaidan ta`minlanadi. R1, R2, R3, R4 qarshiliklar ko‘prikning yelka qarshiliklari, manba va nol ko‘rsatkich zanjirlari esa, ko‘prikning diagonallari deb yuritiladi.

Ko‘prik sxemasi shunday tuzilganki, bunda bitta yoki ikkita yelka qarshiliklarini o‘zgartirib, ko‘prikning diagonalidan o‘tayotgan tokni nolga tenglashtirish mumkin.

Bu holat ko‘prikning muvozanati deb yuritiladi. Ko‘prik muvozanat holatiga keltirilganda IG = 0 bo‘ladi, ya`ni c va d nuqtalarning potensiallari bir-biriga teng bo‘ladi (Uc = Ud).

Shunga asoslanib, quyidagi ifodalarni yozish mumkin:



I1R1 = I2R2 (3.1)
I1R3 = I2R4 (3.2)

(.1) t3englamani hadlab (3.2) tenglamaga bo‘lib quyidagini olamiz:



R1/R2 = R2/R4 , (3.3)

yoki


R1R4 = R2R3 , (3.4)

(3.3) va (5.4 ) ifodalar ko‘prikning muvozanat shartini belgilaydi.

Ko‘prik yordamida noma`lum qarshilikni (elektr qarshilikni) o‘lchash uchun bu qarshilik istagan yelka qarshiligi o‘rniga ulanadi va bitta yoki ikkita yelka qarshiliklarini o‘zgartirib, gal`vanometrdan o‘tayotgan tok nolga tenglashtiriladi.

(3.4) ifodaga asoslanib, noma`lum qarshilik Rx ni qo‘yidagicha topamiz (Rx birinchi elka qarshiligi R1 o‘rniga ulangan);



Rx = (R3/ R4)R2, (3.5)

bu yerda R2 – solishtirma yelka qarshiligi deb yuritiladi.

Yakka o‘zgarmas tok ko‘priklari qarshiliklarni o‘lchashda ancha qulay asbob hisoblanadi.

Noma`lum qarshilik tenglamasi (3.5) ga uchta qarshilik kiradi, ya`ni ko‘prikning o‘lchash aniqligi asosan uchta qarshiliklarni tayyorlashdagi aniqlikka bog‘liq. Bu qarshilik yuqori aniqlik bilan tayyorlanadi va xatoliklar 0,02 dan oshmasligi mumkin. Hamma qarshilik xatoliklari o‘zaro qo‘shilgan taqdirda ko‘prik xatoligi 0,050,1 ni tashkil qilishi mumkin.

Bundan tashqari ko‘prik aniqligiga ulash uchun xizmat qiladigan simlarning qarshiligi ham ta`sir etadi. Shu sababli, yakka o‘zgarmas tok ko‘priklari 10 Ω va undan katta qarshiliklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Kichkina qarshiliklarni o‘lchayotganda ulash uchun xizmat qiluvchi simlar qarshiligining o‘lchash aniqligiga ta`sirini bilish uchun qo‘yidagi misolni ko‘ramiz. Faraz qilaylik, o‘lchanishi kerak bo‘lgan qarshilikning qiymati 1 Ω: ulash uchun xizmat qiluvchi har bir simning qarshiligi R=0,01 Ω bo‘lsin. Bu holda ko‘prik bilan o‘lchangan qarshilik Rx+2r bo‘ladi. Ulash simlarining qarshiligi tufayli vujudga kelgan nisbiy xatolik qo‘yidagicha topiladi

.

O‘zgarmas tok ko‘priklarining asosiy xarakteristikala-ridan biri ularning sezgirligi hisoblanadi. Amalda ko‘priklarning sezgirligini baholash uchun nisbiy sezgirlik ifodasidan foydalaniladi:



, (3.6)

bu yerda  – galvanometr ko‘rsatkichining og‘ish burchagi (shkala bo‘laklarida olinadi); – yelka qarshiligining nisbiy o‘zgarishi.




Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish