Kalit so‘zlar:
mantiiqy fikrlash, mohis usta, pedogogik ta’lim, kasbiy mahorat.
o‘zbek xalq pedogogikasida topishmoqlar, maqolalar, hadis va rivoyatlar bolalarda zehn va
idroklilik, kuzatuvchanlik va farosatlilikni o‘stirish va ularni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilan
birga, mehnat va mehnat ahlini qadrlashga, kasb-hunarni egallashga qiziqish uyg‘otadi.
o‘quvchilarning kasblar olamiga olib kirishning har xil yo‘llari orasida texnologiya predmeti
alohida o‘rin tutadi. Texnologiya darslarida o‘quvchilar bilish faoliyati bilangina emas balki
yaratuvchilik faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish
orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini an’analarini tiklash va rivojlantirish, milliy
qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy me’rosini o‘rgatish va ulardan o‘z amaliy
faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
o‘zbek xalq pedogogikasida mehnat tarbiyasi va kasb-hunar egallash bola komolotining bosh
omili sifatida talqin qilinadi. Shubhasiz, topishmoqlar bolalarda zehn va idroklilik, kuzatuvchanlik
va farosatlilikni o‘stirish va ularni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilan birga, mehnat va mehnat
ahlini qadrlashga, kasb-hunarni egallashga qiziqish uyg‘otadi.
masalan: o‘zi jonsiz, ishga polvon (ketmon). Bekorchiga kerak emas, ishlaganga bilinmas
o‘zi qo‘lsiz – oyoqsiz, qarasangiz ko‘rinmas (vaqt). mehnat qilar tinmayin, charchash nima
bilmayin, inoq bo‘lib to‘q yashar qishda muhtoj bo‘lmayin (Chumoli)
Bunday mazmundagi topishmoqlar yoshlarni aqlini charxlaydi, dunyo qarashini nshakllanishida
,mehnat va kasb-hunar egallash hayotiy ehtiyoj ekanligini tushunib yetishlarida katta ahamiyatga
ega.
qadimgi xalq qo‘shiqlari ham bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ajoyib vosita
xisoblangan. Fol’klorshunos olim F Johongirov bunday qo‘shiqlarning tarbiyaviy ahamiyatiga
to‘htalib shunday deydi:”bolalar qishloqda dehqonchilik ,shaharda kosiblik,kulolchilik ,nonvoylik,
duradgorlik, temirchilik, qisqasi turmushdagi xilma-xil hunarlarning guvohi hunarmandlarning
dastyori va hamrohi bo‘ladilar”. ular otalari mehnat jarayonida yaratgan mehnat poeziyasining
ilk tinglovchilari. o‘zbek xalq ijodiyoti boyliklari ichida kattalardan bolalarga meros qoladigan
qo‘shiqlarning salmoqli turi mehnat qo‘shiqlaridir.
o‘rta osiyo xalqlari xayotida dexqonchilik bilan birga chorvachilik hamda hunarmandchilik
bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlari xam muhim o‘rin tutadi. o‘zbek xalq hunarmandchilik qo‘shiqlari
urchuq,charx,o‘rmak,kashta tikish, to‘n tikish,gilam to‘qish ,bo‘z to‘qish kabi mehnat turlariga
xos bo‘lib.bu qo‘shiqlar asosan ayollar tamonidan yaratilgan.Xalq qo‘shiqlari dastlabki mehnat
ko‘nikmasidan boshlab yoshlarning mehnatsevarlik va kasb-hunar egallashgacha bo‘lgan hamma
oliyjanob fazilatlarini qamrab olganligini ko‘ramiz. Shu bilan birga qo‘shiqlarda yoshlarni yaxshi
odob-axloq qoidalariga odatlantirishda qo‘llaniladigan tarbiya vositalari ichida mehnatsevarlik
qudrati vosita bo‘lganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Xalqimiz asrlar davomida yaratgan son-sanoqsiz durdonalar orasida mehnat sevarlik
va kasb-hunar o‘rganish mavzusiga oid maqollar salmoqli o‘rin tutadi. Bularda xalq turli
misollar, o‘xshatishlar vositasi bilan yoshlarni mehnatni sevishga chorlaydi. Buning boisi
shundaki,mehnat inson hayotining ma’naviy boyligi ,moddiy manbai va salomatlik garovidir.
masalan:”arg‘amchiga qil quvvat” maqolida qiynalib yordamga muhtoj bo‘lib turgan odamga
ozgina yordamlashib yuborsang xam, unga ancha kuch –quvvat baxsh etgan bo‘lsang,u sening
shu ozgina yordaming bilan o‘zini anglab olishi mumkum deyiladi.” Baxt tilakda emas
109
Do'stlaringiz bilan baham: |