Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
o‘quvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi
uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish
salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va axborot texnolo-
giyalarining o‘rnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta
ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali
axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni o‘stirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiya larni talab etadi. Bugun har
qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. dars mashg‘ulotida
kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq? dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tad-
qiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. ular-
da «innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborot-
lar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassa salarida o‘rgatish samaradorligini
orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada
o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanish-
ning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari
bo‘yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim
jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab
etadi:
• o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;
• fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
• zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
• fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
• ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;
• o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul
bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir usulni
tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan
bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars mashg‘ulotini
loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli
bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. informatika fanini o‘qitishda
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning qu yidagi metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. o‘yinli
texnologiyalar; muammoli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyu terlashtirilgan o‘qitish;
modulli o‘qitish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Н. Х. Авлиякулов. Пeдагогичeская тeхнология. — Ташкeнт, 2009.
2. k. ismanova. amaliy dars mashg‘ulotlarini innovatsion usullar yordamida tashkil etish. —
Ta’lim muammolari jurnali. 2-son, 2012-yil.
3. О. С. Абдуллаeва. Повышeниe эффeктивности процeсса подготовки к пeдагогичeской
дeятeльности студeнтов вуза. — Журнал «Молодой учeный». №10, 2013 г.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |