Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARLARNI O‘RGATISHNING AMALIY
AHAMIYATI
Toshtemirova Dilraboxon Muzaffarovna
Andijon viloyati Buloqboshi tumani
1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya.
ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish darsligida berilgan
badiiy asarlarni hamda mustaqil mutolaaga oid asarlarni o‘qitishning nazariy va amaliy ahamiyati
ko‘rsatib o‘tilgan. o‘quvchilarni boshlang‘ich sinflardanoq kitobxonlikka yo‘naltirishning amaliy
natijalari haqida tavsiyalar berib o‘tilgan. o‘quvchi shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda badiiy
asarlarning o‘rni katta ekanligi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, mustaqil mutolaa, badiiy asar, badiiy tahlil.
o‘quvchilarni ma’nan yuksak, barkamol hamda ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalashda
adabiyotning xususan, badiiy asarlarning o‘rni benihoya kattadir. Bola olamni idrok etishdagi
ilk tasavvurlarini tashqi muhitdan, tabiatdan o‘rganadi. uning ongida ijodiy tasavvurlarni
rivojlantirishda ertaklar, xalq maqollari, she’rlar, qo‘shiqlar birlamchi vazifani bajaradi.
Shuning uchun ham bola maktabga ilk qadam qo‘yganidan uning idokini, xayoliy tassavurini
rivojlantirishga alohida urg‘u berish muhim hisoblanadi. Bu birinchi navbatda, bolani to‘g‘ri
o‘qishga o‘rgatishda namoyon bo‘ladi.
ma’lumki, boshlang‘ich ta’limda o‘qishning uch turidan foydalaniladi. Bular:
1. ovozli o‘qish;
2. ichda o‘qish;
3. Shivirlab o‘qish [1, -b.79].
Bu o‘qish turlari boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sinfiga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi. misol
uchun 2-sinflarda ovozli o‘qish tavsiya qilinadi, negaki, bu sinf o‘quvchilari ichda o‘qiganda
kam so‘z o‘qiyi va so‘zining ma’nolarini tushunmay qoladi. Shuningdek, 3-4-sinflarda esa ovozli
o‘qish bilan birga ichda o‘qish ham muhim hisoblanadi. Biz aynan o‘qish turlari haqida fikr
yuritayotganimizning sababi ham aynan o‘qishni puxta egallay olgan o‘quvchi darslikdagi badiiy
asarni idrok etishi oson bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish o‘quvchilar yosh psixologik xususiyatlari
hisobga olinadi. asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy
tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda
cheklangan bo‘ladi[1, -b.81]. demak, asarlarni tahlil etishda o‘quvchiga bevosita o‘qituvchi
ko‘makchi bo‘ladi. aksar holatlarda o‘qituvchi frontal (ommaviy) tahlil jarayonida badiiy
unsurlarga yetarli darajada e’tibor qaratmasligi oqibatida badiiy-estetik ma’no ochilmasdan qolib
ketishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi individual tahlildan erinmasligi muhimdir. Fikrimizni
mavjud darsliklarda keltirilgan hikoyalar tahlili orqali davom ettirsak. 4-sinf “o‘qish” darsligida
yozuvchi To‘lqin hayitning “qodir boboning orzusi” hikoyasi keltirilgan.[2, -b.5] hikoya
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda, kelajakda qaysi sohada mehnat qilishga yo‘naltiruvchi,
motivatsion kuch bera oladigan hikoya hisoblanadi. hikoyada qodir boboning nabirasi bilan
suhbati orqali mustaqil vatanda erkin va farovon tinchlikda yashab kelayotganimizga shukronalik
hissi yaqqol sezilib turadi. hikoya tahliliga kirishishdan oldin o‘quvchilarda o‘zbekistonda
mashina ishlab chiqarishga ixtisoslashgan asaka avtomobil zavodi haqida tushuncha mavjud
bo‘lishi kerak. o‘qituvchi bu zavod haqida o‘quvchilarga tushuncha berishi muhim. hikoya
tahlilini frontal va individual tarzda quyidagi savollar bilan davom ettirish mumkin:
1. qobil bobo yoshligida nega nabirasi chizgandek rasmlar chizalolmagan? Buning sababi
nimada deb o‘ylaysiz?
2. Sizning ota-onangiz qanday kasbda faoliyat yuritadi hamda siz ularning kasbini davom
etirmoqchimisiz?
3. o‘zingiz tanlamoqchi bo‘lgan kasbingizning rasmini chizib bering? Bizningcha shu va
shu kabi savollar o‘quvchilarni yanada kengroq mushohada qilishga undaydi. ularning fikr va
dunyoqarashini kengaytiradi, og‘zaki ifoda nutqini ravon rivojlanishiga yordam beradi.
umuman olganda, boshlang‘ich sinflarda beriladigan har bir she’r, hikoya yoki hikmatli so‘z,
66
Do'stlaringiz bilan baham: |